Levilar 16:1-34

  • Gunohni yuvish kuni (1-34)

16  Horunning ikkita o‘g‘li noma’qul tarzda Yahovaning huzuriga yaqinlashgani uchun halok bo‘lganidan keyin+, Yahova Muso bilan gaplashdi.  Yahova Musoga shunday deb aytdi: «Akang Horunga ayt, nobud bo‘lmasligi uchun+ pardaning orqasidagi+ Eng muqaddas xonaga, ahd sandig‘ining qopqog‘i oldiga istagan paytda kiravermasin+. Chunki Men qopqoqning ustida bulut ichida zohir bo‘laman+.  Eng muqaddas xonaga kirganda, Horun gunoh qurbonligi sifatida+ yosh buqani, kuydiriladigan qurbonlik+ qilib esa qo‘chqorni keltirsin.  U zig‘ir matosidan tikilgan muqaddas uzun kiyimni+, uyatli joylarini yopib turishi uchun zig‘ir matosidan qilingan ishtonni+ kiysin, beliga zig‘ir matosidan tayyorlangan belbog‘ni+ bog‘lasin va boshiga zig‘ir matosidan qilingan sallani+ o‘rasin. Bular muqaddas liboslardir+. Horun cho‘milib olsin+ va bu kiyimlarni kiysin.  U Isroil o‘g‘illarining jamoasidan+ ikkita yosh takani gunoh qurbonligi, bitta qo‘chqorni kuydiriladigan qurbonlik qilish uchun olsin.  Horun o‘zining gunohlari uchun buqani keltirib, o‘zining hamda xonadonining gunohlarini yuvsin+.  So‘ng u ikkita takani uchrashuv chodirining kiraverishiga, Yahovaning oldiga keltirsin.  Horun ikkala taka uchun qur’a* tashlab, takalardan birini Yahova uchun, ikkinchisini azazel* uchun tanlasin.  Horun qur’a bo‘yicha Yahova uchun tanlangan takani olib+, uni gunoh qurbonligi qilib keltirsin. 10  Qur’a bo‘yicha azazel uchun tanlangan takani esa tiriklayin Yahovaning oldiga olib kelsin va gunohlarni yuvish marosimini o‘tkazsin. So‘ng azazel uchun tanlangan takani sahroga qo‘yib yuborsin+. 11  Horun o‘zi uchun buqani gunoh qurbonligi sifatida olib kelib, o‘zining hamda xonadonining gunohlarini yuvsin. U o‘zi uchun gunoh qurbonligi sifatida olib kelgan buqani so‘ysin+. 12  Keyin Yahovaning oldida turgan qurbongohdan+ olovkuragiga+ cho‘g‘ to‘ldirib olsin, shuningdek, a’lo sifatli xushbo‘y tutatqidan ikki hovuch olib+, pardaning orqasidagi Eng muqaddas xonaga kirsin+. 13  U tutatqini Yahovaning huzurida+ cho‘g‘ ustiga qo‘ysin. Shunda tutatqining tutuni shohidlik sandig‘ining+ qopqog‘ini qoplaydi+ va Horun o‘lmaydi. 14  U buqaning qonidan+ bir oz olib, barmog‘i bilan qopqoqning oldida, sharq tomonga sachratsin va ozgina qonni barmog‘i bilan qopqoqning oldida yerga yetti marta sachratsin+. 15  So‘ng xalqning gunohlari uchun keltirilgan takani so‘ysin+ va qonini pardaning orqasiga olib kirsin+. Buqaning qoni+ bilan nima qilgan bo‘lsa, takaning qoni bilan ham shunday yo‘l tutsin: qonni qopqoq tomonga va qopqoqning oldida yerga sachratsin. 16  U Eng muqaddas xonani Isroil o‘g‘illarining nopok ishlaridan, ularning qilmishlaridan va gunohlaridan poklasin+. Nopok Isroil o‘g‘illarining orasida joylashgan uchrashuv chodirini ham Horun xuddi shunday poklasin. 17  U Eng muqaddas xonaga gunohlarni yuvish uchun kirganidan boshlab to undan chiqquncha, uchrashuv chodirida hech kim bo‘lmasin. Horun o‘zining, xonadonining+ va butun Isroil jamoasining gunohlarini yuvsin+. 18  U yerdan chiqib, Horun Yahovaning huzurida turgan qurbongoh oldiga borsin+ va uni gunohdan forig‘ qilsin. U buqaning va takaning qonidan bir oz olib, qurbongohning har bir shohiga surtib chiqsin. 19  U ozgina qonni barmog‘i bilan yetti marta qurbongohga sachratib, uni Isroil o‘g‘illarining nopokliklaridan tozalab, muqaddas qilsin. 20  Eng muqaddas xonani, uchrashuv chodirini hamda qurbongohni+ gunohdan forig‘ qilib bo‘lgach+, u tirik takani ham olib kelsin+. 21  Horun ikkala qo‘lini tirik takaning boshi ustiga qo‘ysin va Isroil o‘g‘illarining barcha xatolari, qilmishlari va gunohlarini tan olib, ularni takaning boshiga yuklasin-da+, tayinlangan kishi orqali uni sahroga qo‘yib yuborsin. 22  Taka ularning hamma gunohlarini cho‘lga+ olib ketadi+. Shunday qilib, o‘sha kishi takani sahroga qo‘yib yuborsin+. 23  Horun esa uchrashuv chodiriga kirib, Eng muqaddas xonaga kirishdan oldin kiygan zig‘ir matosidan tikilgan liboslarini yechsin va ularni o‘sha yerda qoldirsin. 24  U muqaddas joyda cho‘milsin+ va odatda kiyib yuradigan kiyimlarini kiysin+. So‘ng chiqib, o‘zining+ va xalqning+ gunohlarini yuvish uchun, o‘zi va xalq olib kelgan gunoh qurbonliklarini keltirsin+. 25  U gunoh qurbonligining yog‘ini qurbongohda kuydirsin. 26  Azazel uchun tanlangan takani+ sahroga qo‘yib yuborgan kishi kiyimlarini yuvsin va cho‘milsin. Shundan keyingina u qarorgohga kirishi mumkin. 27  Gunoh yuvilishi uchun qoni Eng muqaddas xonaga olib kirilgan, gunoh qurbonligi sifatida keltirilgan buqa va taka qarorgoh tashqarisiga olib chiqilsin. Jonliqlarning terisi, go‘shti va go‘ngi olovda kuydirilsin+. 28  Ularni kuydirgan kishi kiyimlarini yuvib, cho‘milsin. Shundan keyingina u qarorgohga kirishi mumkin. 29  Quyidagilar asrlar osha sizlar uchun qoida bo‘lsin: yettinchi oyning o‘ninchi kuni qilgan gunohlaringizdan pushaymon ekaningizni ko‘rsatinglar*. O‘sha kuni isroillik ham, oralaringizda yashayotgan musofir ham hech qanday ish qilmasin+. 30  Pok deb e’lon qilinishingiz uchun, shu kuni gunohlaringiz yuviladi+. Yahovaning nazarida hamma gunohingizdan forig‘ bo‘lasizlar+. 31  Ushbu kun to‘liq dam olinadigan Shabbatdir. Bu kuni gunohlaringizdan pushaymon ekaningizni ko‘rsatinglar+. Bu, asrlar davomida amal qilinadigan qoidadir. 32  Moylanib+ otasining o‘rniga+ ruhoniy bo‘lib xizmat qilishga tayinlangan ruhoniy+ gunohlarni yuvsin va zig‘ir matosidan tikilgan muqaddas liboslarni kiysin+. 33  U Eng muqaddas xonani+, uchrashuv chodirini+ hamda qurbongohni+ gunohdan forig‘ qilsin. Shuningdek, ruhoniylarning va butun Isroil xalqining gunohlarini yuvsin+. 34  Yiliga bir marta Isroil o‘g‘illarining barcha gunohlari yuvilishiga tegishli qoida shudir+. Bu qoidaga asrlar osha rioya etilsin»+. Horun hammasini Yahova Musoga buyurgandek qildi.

Izohlar

Taxminiy ma’nosi «yo‘qolib ketadigan taka». Lug‘atga q.
Bu, ro‘za tutishni va shu kabi cheklovlarni o‘z ichiga olishi mumkin.