Ishayo 54:1-17

  • Bepusht Sionning o‘g‘illari ko‘p bo‘ladi (1-17)

    • Yahova Sionning eri (5)

    • Sionning o‘g‘illari Yahovadan ta’lim oladi (13)

    • Sionga qarshi yasalgan qurol g‘alaba qozonmaydi (17)

54  Yahova shunday demoqda: «Ey bepusht, tug‘magan ayol, quvonchdan hayqir!+ Ey, to‘lg‘oq azobini chekmagan ayol+, shodlikdan hayqir!+Zero, erli xotinning o‘g‘illaridan ko‘ra,Tashlab ketilganning o‘g‘illari ko‘proq+.   Chodiringni yanada kengaytir+, Ulug‘vor chodiring matosini kengroq yoy. Hech narsani ayama, chodir arqonlarini uzaytir,Qoziqlarini mahkam o‘rnat+.   Chegaralaring o‘ngga va chapga kengayadi. Avloding xalqlarga egalik qiladi,Bo‘sh qolgan shaharlarga joylashadi+.   Qo‘rqma+, negaki isnodga qolmaysan+,O‘zingni kamsitilganday sezma, umiding uzilmaydi. Yoshligingda sharmanda bo‘lganingni unutasan,Bevaligingda uyatga qolganingni aslo eslamaysan».   Allohing shunday demoqda: «Ulug‘ Yaratuvching+ ering*+ kabidir,Uning ismi Qo‘shinlar Sarvari Yahovadir.Isroilning Muqaddas Xudosi Xaloskoringdir+. U butun yerning Tangrisi deb ataladi+.   Yahova seni eri tashlab ketgan, azob chekkan+,Yoshligida turmush qurib, keyin rad etilgan xotinni chaqirganday chaqirib oldi».   «Men seni bir lahzaga tark etdim,Biroq cheksiz rahm-shafqat ila seni qaytaraman+.   Qahrim kelib turganda, yuzimni sendan bir zum yashirdim+.Ammo cheksiz mehr-sadoqatim ila senga rahm ko‘rsataman»+,— demoqda Xaloskoring+ Yahova.   «Bu Men uchun Nuh zamoniga o‘xshaydi+. Yerni to‘fon suvlari bosmaydi deb qasam ichganimday+,Senga boshqa g‘azablanmaslikka, seni jazolamaslikka qasam ichaman+. 10  Tog‘lar o‘rnidan qo‘zg‘alsa ham,Tepaliklar tebransa ham,Mehr-sadoqatim sendan tortib olinmaydi+.Tinchlik ahdim buzilmaydi+,— demoqda senga rahm ko‘rsatayotgan Yahova+. 11  — Ey, jabr chekkan+, bo‘ron tagida qolgan, tasalli topmagan ayol+,Toshlaringni qorishma bilan mustahkamlayman,Poydevoringni sapfirlardan solaman+. 12  Devorlaringni yoqutdan ko‘taraman,Darvozalaringni yaltiroq* toshlardan yasayman,Butun chegaralaringni qimmatbaho toshlardan o‘rnataman. 13  Barcha o‘g‘illaring Yahovadan ta’lim oladi+,Ularning tinchligi cheksiz bo‘ladi+. 14  Odilligingni barqaror qilasan+, Jabr-zulmdan yiroq bo‘lasan+,Hech narsadan qo‘rqmaysan, seni hech nima dahshatga solmaydi.Chunki bular senga yaqin yo‘lamaydi+. 15  Senga birortasi hujum qilsa,Bu Mening buyrug‘im bo‘yicha bo‘lmaydi. Senga hujum qilgan har kim mag‘lub bo‘ladi»+. 16  «Mana, cho‘g‘ni puflab,Qurol-yarog‘ yasaydiganHunarmandni O‘zim yaratdim. Vayron qiluvchi kishini ham O‘zim yaratdim+. 17  Senga qarshi yasalgan hech bir qurol g‘alaba qozonmaydi+.Mahkamada senga qarshi gapirgan tilni ayblaysan. Bu, Yahova xizmatchilarining merosidir,Men ularni odil deb bilaman»,— demoqda Yahova+.

Izohlar

Yoki «xo‘jayining».
Yoki «olovli».