Ishayo 51:1-23

  • Sion Adan bog‘i kabi bo‘ladi (1-8)

  • Qodir Yaratuvchi Sionga tasalli beradi (9-16)

  • Yahovaning g‘azab kosasi (17-23)

51  Ey, odillikka intiluvchilar,Ey, Yahovani izlovchilar, menga quloq soling! O‘zingiz yo‘nilib olingan qoyaga,O‘zingiz qazib olingan chuqurlikka qarang.   Otangiz Ibrohimga,Sizni dunyoga keltirgan Soraga+ qarang. Men Ibrohimni chaqirganda, u bir o‘zi edi+,Men unga barakalar yog‘dirib, ko‘paytirdim+.   Yahova Sionni yupatadi+, Butun xarobalariga tasalli beradi+.Uning sahrosini Adan+ kabi,Dasht-u biyobonlarini Yahovaning bog‘i kabi qiladi+. U yer shod-xurramlikka, quvonchga to‘ladi,Shukrona-yu qo‘shiqlar sadosi yangraydi+.   Ey xalqim, Menga diqqat qil.Ey millatim+, Menga quloq sol. Zero, Men qonun chiqaraman+,Adolatimni xalqlar uchun nur qilaman+.   Haqqoniyatimni o‘rnatish vaqti+, Najotim yaqinlashib kelmoqda+,Qo‘limni uzatib xalqlarni hukm qilaman+. Orollar Menga umid bog‘laydi+,Qudratimni ko‘rsatadigan paytni kutadi.   Boshingizni ko‘tarib osmonga qarang,Oyog‘ingiz ostidagi yerga nazar soling. Samolar tutunday tarqab ketadi,Yer kiyim-kechakday eskiradi.Aholisi chivinlarday o‘ladi. Biroq najotim abadiy bo‘ladi+,Odilligim hech ham tugamaydi+.   Ey, adolatni biluvchilar,Ey, qonunimni qalbida saqlaydigan xalq+, Meni tinglang! O‘tkinchi inson haqoratlaridan qo‘rqmang,Uning tahqirlari sizni dahshatga solmasin.   Ular kuya yegan kiyimday,Kuya kapalak* yegan junday yo‘q bo‘lib ketadi+. Ammo odilligim mangu bo‘ladi,Najotim nasllar osha ko‘rsatiladi»+.   Ey, Yahovaning qo‘li+, uyg‘on!Uyg‘on, kuchga to‘l! Azaldagiday, ilgarigi nasllar davridagiday uyg‘on. Axir Rahobni*+ parcha-parcha qilgan,Dengiz jonivorini sanchib tashlagan Sen emasmiding?!+ 10  Dengizni, ummonni quritgan Sen emasmiding?!+ To‘lov evaziga qutqarilganlar o‘tsin deya, dengiz tubidan yo‘l ochgan Sen emasmiding?!+ 11  Yahova tomonidan najot topganlar qaytadi+. Sevinch sadolari ila Sionga keladi+,Cheksiz quvonch boshlarida toj bo‘ladi+. Shodlig-u xursandchilikka to‘ladi,Qayg‘u-alam yo‘qga chiqadi+. 12  «Men O‘zim sizlarga tasalli beraman+. Nega o‘tkinchi insondan,O‘t-o‘landay qurib yo‘q bo‘ladigan odamzoddan qo‘rqasiz?+ 13  Osmonni yoygan+, yerning poydevorini solganYaratuvching Yahovani+ nega unutding? Go‘yo kelib seni yo‘q qilib yuboradiganday,Kun bo‘yi zulmkorning g‘azabidan qo‘rqding. Qani o‘sha zulmkorning g‘azabi? 14  Zanjirband kishi yaqinda ozod etiladi+,U o‘lmaydi, qabrga tushmaydi,Nonsiz ham qolmaydi. 15  Men — Tangringiz Yahova,Dengizni junbushga keltirib, to‘lqinlarini shovullataman+.Mening ismim Qo‘shinlar Sarvari Yahovadir+. 16  Samolarni o‘rnatib, yerning poydevorini solish+,Sionga: “Sen Mening xalqimsan”+,— deyish uchun,So‘zlarimni og‘zingga solaman,Seni qo‘lim bilan himoyalayman+. 17  Uyg‘on, ey Quddus, uyg‘on! O‘rningdan tur!+Sen Yahovaning qo‘lidan, Uning g‘azab kosasidan ichding. Sen qadahdan ichding,Mast qiladigan kosani bo‘shatding+. 18  Tug‘gan o‘g‘illarining hech biri uni yetaklamadi,Boqib katta qilgan o‘g‘illarining hech biri qo‘lidan tutmadi. 19  Ikkita narsaga yo‘liqding. Holingga kim achinadi? Halokat-u talonchilik, ochlig-u qilich!+ Kim senga tasalli beradi?+ 20  O‘g‘illaring hushidan ketdi+. Ular qopqonga tushgan qo‘y singariHar bir ko‘chaning burchagida* yotibdi. Ular Yahovaning g‘azabiga uchrab, Tangringning jazosini to‘laligicha oldi». 21  Shu bois, sharob ichmay mast bo‘lgan,Ey, bechora ayol, quloq sol! 22  Xalqingni himoya qiluvchi Allohing, Rabb Yahova shunday demoqda: «Mast qiladigan kosani,Qadahni, g‘azab kosamni qo‘lingdan olaman+.Undan boshqa ichmaysan+. 23  Men uni senga zulm o‘tkazganlar qo‘liga beraman+,Axir ular: “Egil, ustingdan o‘tib ketaylik!” — degan edi. Shunda sen, ular o‘tib ketishi uchunOrqangni yerday, xuddi ko‘chaday qilgan eding».

Izohlar

Boshqa variant «Qurt».
So‘zma-so‘z «Barcha ko‘chalarning boshida».