Ishayo 46:1-13

  • Bobil xudolari va Isroil Xudosi (1-13)

    • Yahova kelajakni bashorat qiladi (10)

    • Kunchiqar tomondan yirtqich qushni chaqiradi (11)

46  Bel bukilib+, Navo* bukchayib qoladi. Butlari hayvonlarga, yuk hayvonlariga ortiladi+.Ular charchagan hayvonlarga og‘ir yuk bo‘ladi.   Ikkovi birga bukchayib, egilib qoladi.Ular yuklarini* saqlab qola olmaydi,O‘zlari esa asir qilib olib ketiladi.   «Ey, Yoqub xonadoni, ey, Isroil xonadonining omon qolganlari+, Menga quloq soling!Men sizlarga ona qornidan g‘amxo‘rlik qilib, tug‘ilganingizdan buyon qo‘llab kelyapman+.   Keksaygan chog‘ingizda ham Men o‘zgarmayman+,Sochingiz oqarsa ham sizlarni qo‘limda olib yuraman. Ilgarigiday sizlarni ko‘tarib yuraman va qutqaraman+.   Meni kimga o‘xshatasiz? Kim bilan tenglashtirasiz?+O‘xshashligimiz ko‘rinishi uchun Meni kim bilan solishtirasiz?+   Hamyonidan tilla to‘kib,Kumushni tarozida o‘lchaydiganlar bor. Ular zargar yollab, unga xudo yasattiradi+. So‘ngra yergacha egilib, o‘sha xudoga sig‘inadi+.   Ular uni yelkalarida olib yuradi+.Ko‘tarib keladi-da, o‘rniga qo‘yadi, U faqat o‘sha yerda turadi+, Unga yolvorishadi, ammo u javob qaytarmaydi,Hech kimni qayg‘udan xalos eta olmaydi+.   Buni yodda tuting, jasoratli bo‘ling. Ey qonunbuzarlar, buni qalbingizda saqlang.   Qadimda bo‘lgan narsalarni esga oling,Men Xudoman, Mendan boshqasi yo‘q. Men Tangriman, Menga o‘xshagani yo‘q+. 10  Oxirida nima bo‘lishini boshidan,Hali yuz bermagan narsalarni oldindan aytaman+. Men: “Niyatim albatta bajo bo‘ladi+,Istaganimni amalga oshiraman”+,— deyman. 11  Kunchiqar tomondan bir yirtqich qushni+,Olis yurtdan irodamni bajaradigan bir kishini chaqiraman+. Aytganimni amalga oshiraman. Tilagimni bajo qilaman+. 12  Ey, qalbi o‘jarlar,Ey, odillikdan yiroq bo‘lganlar, Meni tinglang. 13  Men adolatimni yaqinlashtirdim,U uzoqda emas,Najotim aslo kechikmaydi+. Men Sionga najotni, Isroilga ulug‘vorligimni taqdim etaman»+.

Izohlar

Bel va Navo Bobilning xudolari bo‘lgan.
Ya’ni hayvonlarga yuklangan butlarni.