Ishayo 13:1-22

  • Bobilga qarshi xabar (1-22)

    • «Yahovaning kuni yaqindir!» (6)

    • Midiyaliklar Bobilni qulatadi (17)

    • Bobil kimsasiz qoladi (20)

13  Omiz o‘g‘li Ishayo+ vahiy ko‘rib, Bobilga qarshi+ quyidagicha xabar oldi:   «Tog‘da, yalang qoya ustida belgi o‘rnating+, Qo‘lingizni silkib, ularni da’vat eting,Toki ular asilzodalar eshiklaridan kirsin.   Men o‘zim tayinlagan kishilarga buyruq berdim+. Faxrlanib shodlanayotgan jangchilarimniQahrimni sochsin deya to‘pladim.   Tog‘lardagi olomonning shovqinini eshiting!U son-sanoqsiz xalqning tovushiga o‘xshaydi. Birgalikda yig‘ilgan xalqlarning+,Shohliklarning shovqin-suroniga quloq tuting! Qo‘shinlar Sarvari Yahova jang uchun qo‘shin to‘plamoqda+.   Ular olis yurtdan+,Yerning chetlaridan kelmoqda.Butun yer yuzini barbod qilish uchun,Yahova hamda Uning g‘azab qurollari kelmoqda+.   Fig‘on qiling! Zero, Yahovaning kuni yaqindir! Qodir Tangrining halokat kuni kelmoqda+.   Shu bois, barchaning qo‘li bo‘shashib,Qo‘rquvdan yuragi ado bo‘ladi+.   Odamlarni sarosima bosadi+. Ular to‘lg‘oq tutgan ayoldayTalvasaga tushib azob chekadi. Bir-biriga dahshat bilan qarab,Azobdan yuzlari lovullab yonadi.   Mana, Yahovaning shafqatsiz kuniShiddat va otashin g‘azab ila kelmoqda!Bu kuni yer qo‘rqinchli ahvolga tushadi+,Undagi gunohkorlar qirib tashlanadi. 10  Osmondagi yulduzlar ham,Yulduz turkumlari*+ ham nur sochmay qo‘yadi.Ko‘tarilayotgan quyosh qorong‘i bo‘lib qoladi,Oy ham nur taratmaydi. 11  Men yer aholisini yomonligi,Yovuzlarni qabihligi uchun javobgarlikka tortaman+. O‘zbilarmonlarning mag‘rurligiga chek qo‘yaman,Zolimlarning takabburligini tiyaman+. 12  O‘tkinchi insonni sof oltindan,Odamzodni Ofir oltinidan+ ham kamyob qilaman+. 13  Shu sababli, Men, Qo‘shinlar Sarvari Yahova,G‘azabim alanga olgan kuni osmonni titratib,Yerni o‘z joyidan qo‘zg‘ataman+. 14  Ular ovchidan qochgan g‘izolday, cho‘ponsiz suruvday bo‘ladi.Har kim o‘z xalqi yoniga qaytadi,Har kim o‘z yurtiga qochadi+. 15  Topilgan har kimga nayza sanchiladi,Qo‘lga tushgan esa qilichdan o‘tkaziladi+. 16  Ko‘z oldida bolalari tilka-pora qilinadi+,Uylari talon-toroj etiladi,Xotinlariga tajovuz qilinadi. 17  Kumushni nazarga ilmaydigan,Oltinni ham xush ko‘rmaydiganMidiyaliklarni ularga qarshi chiqaraman+. 18  Ularning kamonlari yigitlarni qulatadi+,Ular go‘dakka rahm qilmaydi,Bolalarni ham ayamaydi. 19  Shohliklar toji,Xaldeylar+ g‘ururi-yu ko‘rki bo‘lmish Bobil+Alloh yo‘q qilgan Sado‘m va G‘amo‘ra ko‘yiga tushadi+. 20  Hech qachon unda odam yashamaydi,Avlodlar osha hech kimsa maskan qurmaydi+. Arablar unda chodir tikmaydi,Cho‘ponlar ham suruvlarini boqmaydi. 21  U yerda dasht hayvonlari yotadigan bo‘ladi,Uylariga ukkilar in quradi. Tuyaqushlar u yerga joylashadi+,Yovvoyi echkilar* sakrab yuradi. 22  Minoralarida hayvonlar, Serhasham saroylarida chiyabo‘rilar uvullaydi. Uning vaqti yaqin qoldi, kunlari bitib bormoqda»+.

Izohlar

So‘zma-so‘z «Kesillari». Ehtimol, Orion va atrofidagi yulduz turkumlari nazarda tutilgan.
Boshqa variant «Takasifat jinlar».