Hizqiyo 23:1-49

  • Bevafo opa-singil (1-49)

    • Oxola Ossuriya bilan (5-10)

    • Oxolibo Bobil va Misr bilan (11-35)

    • Opa-singil uchun jazo (36-49)

23  Yahova so‘zini yana menga ayon qildi:  «Inson o‘g‘li, bir onadan tug‘ilgan ikki qiz bor edi+.  Ular Misrda fohisha bo‘lib ketishdi+. Yoshligidan ular fohishalik qilishdi. O‘sha yerda ularning ko‘kraklarini siqib, bokira emchaklarini silashdi.  Kattasining ismi Oxola*, kichigining ismi Oxolibo* edi. Ular Meniki bo‘lishdi va o‘g‘il-qizlar tug‘ishdi. Oxola Samariyani+, Oxolibo Quddusni bildiradi.  Oxola Menga tegishli bo‘la turib, fohishalik qila boshladi+. U ehtirosli o‘ynashlariga+, qo‘shnilari bo‘lmish ossuriyaliklarga hirs qo‘ydi+.  Ular moviy kiyim kiygan boshqaruvchilaru bosh nazoratchilar. Hammasi ot mingan ko‘rkam yigitlar.  U Ossuriyaning hamma sara o‘g‘illari bilan yotib fohishalik qilaverdi. Kimlarga hirs qo‘ygan bo‘lsa+, o‘shalarning jirkanch butlari* bilan o‘zini bulg‘adi.  Oxola Misrda qilgan fohishaligini tashlamadi, chunki yoshlik chog‘ida misrliklar u bilan yotib, bokira emchaklarini silashgandi, shahvoniy hirsga berilib, u bilan jinsiy aloqa qilishgandi+.  Shunda Men uni ehtirosli o‘ynashlari qo‘liga, u hirs qo‘ygan Ossuriya o‘g‘illariga topshirdim+. 10  Ular Oxolani yalang‘och qilib+, o‘g‘il-qizlarini tortib olishdi+, o‘zini esa qilich damidan o‘tkazishdi. Ayollar orasida u yomon obro‘ga ega bo‘ldi. Ular Oxolaga chiqarilgan hukmni ijro etishdi. 11  Singlisi Oxolibo buni ko‘rganida shahvati yanada kuchayib ketdi va opasidan ham battarroq fohishalik qildi+. 12  U o‘z qo‘shnilari bo‘lmish Ossuriya o‘g‘illariga+, bashang kiyingan, ot mingan boshqaruvchilaru bosh nazoratchilarga hirs qo‘ydi. Ularning hammasi ko‘rkam yigitlar. 13  Oxolibo o‘zini bulg‘aganida, ikkalasi ham bitta yo‘ldan ketganini ko‘rdim+. 14  Lekin u ko‘proq fohishalik qildi. U devorda o‘yilgan erkaklar suratlarini, qizil rangga bo‘yalgan xaldeylarning o‘yma tasvirlarini ko‘rdi. 15  Bellarida kamar bog‘langan, boshlariga bir uchi osilib turgan salla o‘ragan, ko‘rinishi jangchilarga o‘xshaydigan, hammasi xaldeylar yurtida tug‘ilgan bobilliklarning tasviri edi. 16  Ularni ko‘rishi bilanoq Oxolibo ularga hirs qo‘ydi va xaldeylar yurtiga choparlar jo‘natdi+. 17  Bobil o‘g‘illari kelib uning ishq yotog‘iga kirishdi va o‘zlarining shahvati bilan uni bulg‘ashdi. Bulg‘angach, u jirkanib ulardan yuz o‘girdi. 18  Oxolibo ochiqdan-ochiq fohishalik qilib, yalang‘och badanini ko‘rsatishni boshlaganida+, opasidan jirkanib yuz o‘girganimday, undan ham hazar qilib yuz o‘girdim+. 19  U yoshlik chog‘ini, Misrda fohishalik qilganini eslab+, fahshga battar berildi+. 20  Jinsiy a’zosi eshak va otnikiday bo‘lgan o‘ynashlariga hirs qo‘ygan ayollarday bo‘ldi. 21  Yoshligingda Misrda qilgan buzuqliklaringni qo‘msab qolding+. O‘shanda misrliklar ko‘kraklaringni, bokira emchaklaringni silashgan edi+. 22  Shuning uchun, ey Oxolibo, Oliy Hukmdor Yahova demoqda: “Sen o‘ynashlaringdan jirkanib yuz o‘girgan eding, Men ularni senga qarshi qo‘zg‘ataman+, ularni har yoqdan senga qarshi yig‘ib kelaman+. 23  Bobil o‘g‘illarini+ va xaldeylarning+ barchasini, Paxo‘d+, Sho‘va va Qo‘va odamlari bilan birga Ossuriya o‘g‘illarini yig‘ib kelaman. Ularning hammasi ko‘rkam yigitlar, boshqaruvchiyu bosh nazoratchilar, jangchilaru sara maslahatchilar, hammasi ot mingan kishilar. 24  Ular jang aravalari hamda g‘ildiraklarining shovqini, kattayu kichik* qalqonlar va dubulg‘a bilan qurollangan ulkan qo‘shin tortib senga hujum qilishadi, seni qurshovga olishadi. Men ularga seni hukm qilish huquqini beraman. Ular seni o‘z qonunlari bo‘yicha hukm qilishadi+. 25  Ustingga qahrimni to‘kaman va ular senga rahm qilishmaydi. Burning va quloqlaringni kesib tashlashadi, omon qolgan odamlaring qilichdan o‘tkaziladi. Ular o‘g‘il-qizlaringni tortib olishadi, tirik qolgan odamlaringni esa olov nobud qiladi+. 26  Kiyimlaringni yechib olib+, zeb-ziynatlaringni tortib olishadi+. 27  Misrda boshlagan+ buzuqliging va fohishaligingga chek qo‘yaman+. Ularga qaramaydigan bo‘lasan va Misrni boshqa yodga olmaysan”. 28  Oliy Hukmdor Yahova shunday demoqda: “Kimdan nafratlangan bo‘lsang, kimdan jirkanib yuz o‘girgan bo‘lsang, seni o‘shalar qo‘liga topshirmoqchiman+. 29  Ular nafrat bilan senga muomala qilishadi, zahmat chekib topgan hamma narsangni tortib olishadi+, seni yalang‘och holda qoldirishadi. Yalang‘ochligingni, buzuqligingni va fohishaligingni hamma ko‘radi+. 30  Fohishaday xalqlar ortidan yurganing+ va jirkanch butlar bilan o‘zingni bulg‘aganing uchun+, bu ko‘rgiliklar boshingga tushadi. 31  Sen opangning yo‘lidan ketding+. Uning kosasini qo‘lingga tutqazaman”+. 32  Oliy Hukmdor Yahova shunday demoqda: “Sen opangning chuqur va katta kosasidan ichasan+.Kosaga ko‘p narsa sig‘gani uchun, sen kulgiga aylanib, mazax qilinasan+. 33  Opang Samariyaning kosasidan to‘yguncha ichasan.Mast bo‘lib, qayg‘uga botasan,Dahshatli ahvolga tushib, vayron bo‘lasan. 34  Kosadagini oxirigacha ichasan+ va sopol kosaning parchalarini kemirasan.Keyin esa qayg‘udan ko‘kraklaringni yulasan. “Buni Men aytdim”,— demoqda Oliy Hukmdor Yahova”. 35  Shuning uchun Oliy Hukmdor Yahova aytmoqda: “Meni unutib, umuman nazarga ilmaganing uchun+, buzuqliging va fohishaliging azobini tortasan”». 36  Keyin Yahova menga dedi: «Inson o‘g‘li, Oxola bilan Oxoliboga+ chiqarilgan hukmni e’lon qilib, jirkanch ishlarini fosh etasanmi? 37  Ular zino qilishdi+, qo‘llari esa qonga belandi. Jirkanch butlari bilan zino qilibgina qolmay, Menga tug‘ib bergan o‘g‘illarini butlariga yemish qilib olovda kuydirishdi+. 38  Buning ustiga, Menga qarshi quyidagilarni qilishdi: o‘sha kuniyoq muqaddas maskanimni harom qilishdi, Shabbatlarimni bulg‘ashdi. 39  So‘ng jirkanch butlariga qurbonliklar keltirish uchun o‘g‘illarini bo‘g‘izlashdi+, o‘sha kuni muqaddas maskanimni bulg‘agani kelishdi+. Mening uyimda mana shu ishlarni qilishdi. 40  Olisdagi erkaklar kelishi uchun ular hatto choparlar jo‘natishdi+. Erkaklar kelganda sen yuvinib, ko‘zlaringni bo‘yab, taqinchoqlar bilan o‘zingni bezading+. 41  Oldida dasturxon tuzalgan+ serhasham o‘rindiqga o‘tirding+. Dasturxon ustiga Mening tutatqim+ va moyimni qo‘yding+. 42  U yerdan mayxo‘rlik qilayotgan ko‘pgina erkaklar ovozi eshitilib turardi. Ular orasida sahrodan kelgan piyonistalar bor edi. Ular ayollar qo‘liga bilaguzuklar taqib, boshlariga chiroyli tojlar kiydirdilar. 43  Shunda zino qilishdan charchagan ayol haqida: “U baribir fohishalik qilishni davom ettiradi”,— dedim. 44  Ular fohishanikiga qatnaganday uning oldiga kelib turishdi. Buzuq ayollar Oxola bilan Oxolibo oldiga mana shunday kelib turishardi. 45  Zinokor+ va qon to‘kkan odam+ qanday jazoga loyiq bo‘lsa, odil insonlar unga shunday jazo berishadi. Chunki opa-singillar zinokor va qo‘llari qonga belangan+. 46  Oliy Hukmdor Yahova shunday demoqda: “Ularni dahshatli ahvolga solib, talon-toroj qilish maqsadida, ustlariga qo‘shin tortiladi+. 47  Qo‘shin ularni toshbo‘ron qilib+, qilich damidan o‘tkazadi. Ularning o‘g‘il-qizlarini o‘ldirib+, uylariga o‘t qo‘yadi+. 48  Shu tariqa Men yurtdagi buzuqlikka chek qo‘yaman. Barcha ayollar bundan saboq olib, buzuqligingizga taqlid qilishmaydi+. 49  Buzuqligingiz va jirkanch butlaringiz bilan qilgan gunohlaringiz oqibatini ular boshingizga solishadi. Shunda Men Oliy Hukmdor Yahova ekanimni bilib olasizlar”»+.

Izohlar

Ma’nosi «chodirim uning ichida».
Ma’nosi «uning chodiri».
Ibroniycha bu atama ehtimol, «go‘ng» so‘ziga yaqin bo‘lib, hazar qilishni ifodalash maqsadida qo‘llaniladi.
Kichik qalqonni odatda kamonchilar ko‘tarib yurgan.