Hizqiyo 10:1-22

  • G‘ildiraklar orasidan olingan olov (1-8)

  • Karublar va g‘ildiraklar tasvirlab beriladi (9-17)

  • Tangrining ulug‘vorligi ma’badni tark etadi (18-22)

10  Men qarab turganimda, karublarning boshlari tepasidagi sahn ustida ko‘rinishi sapfir toshi kabi, taxtga o‘xshash bir narsani ko‘rdim+.  So‘ng Tangri zig‘ir matodan kiyim kiygan kishiga+ shunday dedi: «Karublar ostidagi aylanib turgan g‘ildiraklar orasiga kir+, karublar orasidan ikkala qo‘lingga ham yonayotgan ko‘mirdan+ to‘ldirib ol-da, shahar ustidan sochib yubor»+. Men kuzatib turganimda u aylanayotgan g‘ildiraklar orasiga kirdi.  O‘sha kishi g‘ildiraklar orasiga kirganda, karublar ma’badning o‘ng tomonida turishgandi, ichki hovlini esa bulut qoplagan edi.  Yahovaning ulug‘vorligi+ karublar ustidan ko‘tarilib, ma’bad ostonasiga ko‘chdi. Ma’badni asta-sekin bulut qopladi+, hovli esa Yahovaning ulug‘vorligidan yorishib ketdi.  Karublar qanotining tovushi tashqi hovlida ham eshitilar edi. Bu tovush Qodir Allohning ovoziga o‘xshardi+.  Keyin Xudo zig‘ir matodan kiyim kiygan kishiga: «Aylanayotgan g‘ildiraklar orasidan, karublar orasidan olov olgin»,— deb buyurdi. O‘sha kishi kirib, g‘ildirak oldida turdi.  Karublardan biri qo‘lini karublar orasidagi olov tomon uzatdi+. U olovdan olib, zig‘ir matodan kiyim kiygan kishining ikki qo‘liga tutqazdi+. O‘sha kishi esa olovni olib chiqib ketdi.  Karublarning qanotlari ostida odamlarnikiday qo‘llari bor edi+.  Men qarab turganimda, karublar oldida to‘rtta g‘ildirakni ko‘rdim. Har bir karub oldida bittadan g‘ildirak bor edi. G‘ildiraklar yarqirayotgan xrizolitday ko‘rinishga ega edi+. 10  G‘ildiraklarning ko‘rinishiga kelsak, to‘rtalasi ham bir-biriga o‘xshardi. Ularning ko‘rinishi bittasi ikkinchisining ichida joylashgan g‘ildirakday edi. 11  Yurganda ular burilmasdan to‘rt tomonga qarab harakat qila olardi, chunki karubning boshi qaysi tomonga qaragan bo‘lsa, ular o‘sha tomonga burilmasdan harakat qilardi. 12  Karublarning butun badani, orqalari, qo‘llari, qanotlari ko‘zlar bilan qoplangan edi. To‘rtalasining oldida g‘ildiraklari bor bo‘lib, ular ham gir aylanasiga ko‘zlar bilan qoplangan edi+. 13  G‘ildiraklarni kimdir: «Aylanadigan g‘ildiraklar!» — deb chaqirganini eshitdim. 14  Har bir karubning to‘rtta yuzi bor edi. Birinchi yuz karubniki, ikkinchi yuz insonniki, uchinchi yuz sherniki, to‘rtinchi yuz burgutniki+. 15  Karublar ko‘tarilardi (men Kavor daryosi bo‘yida ko‘rgan tirik mavjudotlar shular edi)+. 16  Karublar harakatlanganda g‘ildiraklar ham ularning yonida harakatlanardi. Yerdan ko‘tarilish uchun karublar qanotlarini yozganda, g‘ildiraklar burilmasdi ham, ularning yonidan uzoqlashmasdi ham+. 17  Karublar to‘xtaganda, g‘ildiraklar ham to‘xtardi, ular yerdan ko‘tarilganda, g‘ildiraklar ham ular bilan birga ko‘tarilardi. Chunki tirik mavjudotlarda amal qilayotgan ruh g‘ildiraklarda ham amal qilar edi. 18  So‘ng Yahovaning ulug‘vorligi+ ma’bad ostonasidan ko‘chib, karublar ustiga borib turdi+. 19  Karublar ko‘z oldimda qanotlarini yozib yerdan ko‘tarilishdi. Ular harakatlanganida g‘ildiraklar ularning yonida edi. Ular Yahova ma’badining sharqiy darvozasi yonida to‘xtashdi. Isroil Tangrisining ulug‘vorligi ularning tepasida edi+. 20  Bular men Kavor daryosi+ bo‘yida, Isroil Xudosining taxti ostida ko‘rgan tirik mavjudotlar edi. Shunda men ular karublar ekanini tushunib yetdim. 21  To‘rtalasining ham to‘rtta yuzi, to‘rtta qanoti va qanotlari ostida odamlarnikiday qo‘llari bor edi+. 22  Ularning yuz tuzilishi men Kavor daryosi bo‘yida ko‘rgan yuzlarga o‘xshardi+. Ularning har biri to‘g‘ri oldinga yurardi+.

Izohlar