Hikmatlar 18:1-24

  • Boshqalardan ajralgan nodon (1)

  • Yahovaning ismi mustahkam qal’a (10)

  • Mol-davlat xayoliy himoyadir (11)

  • Ikkala tarafni tinglagan donodir (17)

  • Do‘st tug‘ishgandan ham yaqinroq (24)

18  Boshqalardan ajralgan xudbin istaklarini ko‘zlaydi,U donolikni rad etadi.   Nodon fahm-farosatni yoqtirmaydi,U nuqul yuragidagini oshkor qiladi+.   Yovuz kishi bilan birga nafrat keladi,Uyatli ish ortidan sharmandalik keladi+.   Insonning so‘zlari chuqur suv kabidir+,Donolik chashmasi qaynar buloqdir.   Yovuz kishining tarafini olish+,Odil insonga esa adolatsizlik qilish yaxshi emas+.   Nodonning gapi janjal chiqaradi+,Tili dastidan kaltak yeydi+.   O‘z og‘zi ahmoqni halok qiladi+,Tili ham joniga* tuzoq bo‘ladi.   Tuhmatchining so‘zlari mazali ovqatdaydir+,Ular yutilib to‘g‘ri qoringa tushadi+.   Ish qilishga eringanBuzg‘unchiga sherikdir+. 10  Yahovaning ismi mustahkam qal’adir+.Odil kishi u yerga qochib borib, omon qoladi+. 11  Boyning mol-davlati mustahkam shahridir,O‘z tasavvurida himoya devori kabidir+. 12  Qalbi mag‘rur halokatga yo‘liqadi+,Kamtarinlik esa shon-sharafga yetaklaydi+. 13  Tinglamasdan javob berish,Ahmoqlik va sharmandalikdir+. 14  Ruhi tetik dardga bardosh bera oladi+,Ammo ezilgan ruhni kim ham ko‘tara olardi?!+ 15  Zakovatli qalb egasi ilmga ega bo‘ladi+,Dononing qulog‘i bilim izlaydi. 16  Hadya insonga imkon beradi+,Katta odamlarning huzuriga yo‘l ochadi. 17  Qarshi tomon kelib, so‘roq-savol qilmaguncha+,Mahkamada birinchi gapirganning da’vosi to‘g‘ri ko‘rinadi+. 18  Qur’a bahs-munozaraga chek qo‘yadi+,Kuchli raqiblar masalasini hal qiladi. 19  Ranjigan do‘stga yo‘liqish, mustahkam shaharni zabt etishdan qiyinroqdir+.Shunday tortishuvlar borki, ular qo‘rg‘on surma zulfinlari kabidir+. 20  Ezgu so‘zlari tufayli odamning qorni to‘yadi+,So‘zlarining samarasidan zavq oladi. 21  O‘lim va hayot tilning izmidadir+,Tiliga erk bergan uning mevasini yeydi+. 22  Yaxshi xotin topgan — baxtga erishadi+,U Yahovaning iltifotiga sazovor bo‘ladi+. 23  Kambag‘al yalinib gapiradi,Boy esa qo‘rs javob qaytaradi. 24  Bir-birini yakson qilishga tayyor sheriklar bor+.Ammo tug‘ishgandan ham yaqinroq do‘st bor+.

Izohlar

Yoki «hayotiga».