Hikmatlar 16:1-33
16 Odam qalbida reja tuzadi,To‘g‘ri javob esa Yahovadandir+.
2 Insonning barcha yo‘llari o‘z nazarida to‘g‘ri ko‘rinadi+,Ammo Yahova niyatlarni tekshiradi+.
3 Hamma ishlaringni Yahovaga ishonib topshir+,Shunda rejalaring muvaffaqiyat qozonadi.
4 Yahova barcha narsani niyatini bajo keltirmoq uchun qiladi,Yovuzlarni ham kulfat kunida qirib tashlaydi+.
5 Kekkaygan har kimsa Yahova uchun jirkanchdir+,
Amin bo‘lginki, bundaylar jazosiz qolmaydi.
6 Vafo va mehr-sadoqat orqali gunoh yuviladi+,Yahovadan qo‘rqqan yomonlikdan yuz o‘giradi+.
7 Insonning tutgan yo‘lidan Yahova mamnun bo‘lsa,Uni hatto dushmanlari bilan ham yarashtiradi+.
8 Adolatsiz yo‘l bilan topilgan katta daromaddan+,Halol mehnat qilib topilgan oz narsa yaxshiroq+.
9 Inson o‘z ko‘nglida yurar yo‘lini reja qiladi,Ammo uning qadamlarini Yahova yo‘naltiradi+.
10 Shohning tilidan Allohning hukmlari chiqsin+,U adolatni aslo buzmasin+.
11 To‘g‘ri tarozi pallalari Yahovadandir,To‘rvadagi tarozi toshlari ham Undandir+.
12 Yovuz ishlar podshohlar uchun jirkanchdir+,Zero, taxt odillik ila barqaror bo‘ladi+.
13 To‘g‘ri so‘z shohlarni xushnud etadi,Ular rostgo‘ylarni yaxshi ko‘radi+.
14 Shohning qahri — o‘lim darakchisi+,Dono esa shohning qahrini bosadi+.
15 Shoh yuzidagi nur hayotdir,Uning marhamati yomg‘irli bahor bulutidaydir+.
16 Donolikka ega bo‘lish oltindan,
Fahm-farosatga erishish sof kumushdan yaxshiroqdir!+
17 To‘g‘rining yo‘li yomonlikdan olisdir.
O‘z yo‘lini qo‘riqlagan jonini* asraydi+.
18 Mag‘rurlik — halokatga,Takabburlik — qulashga olib keladi+.
19 Beozorlar orasida kamtarin bo‘lish+,Manmanlar bilan o‘ljani baham ko‘rishdan yaxshiroq.
20 Aql bilan ishga yondashgan muvaffaqiyat qozonadi,Yahovaga tayangan baxt-saodatga erishadi.
21 Dono qalb sohibini fahm-farosatli deb atashadi+,Shirin so‘zli inson ishontirishga qodir+.
22 Fahm-farosat o‘z egasining hayot bulog‘idir,Ahmoqlar esa ahmoqligi tufayli jazolanadi.
23 Dono qalb sohibi zakovat ila so‘zlaydi+,U boshqalarni ishontira oladi.
24 Yoqimli so‘zlar asal kabidir,Jonga rohat, suyaklarga shifodir+.
25 Shunday yo‘l borki, u odamga to‘g‘ri bo‘lib ko‘rinadi,Ammo oxiri o‘limga olib boradi+.
26 Mehnatkash o‘z joni uchun zahmat chekadi,Chunki ochlik uni bunga undaydi+.
27 Yaramas kovlab yomonlikni yuzaga chiqaradi+,Uning so‘zlari otashin olovdaydir+.
28 Tinchlikbuzar nifoq soladi+,Tuhmatchi yaqin do‘stlarni ayirib yuboradi+.
29 Yovuz kimsa yaqinini yo‘ldan uradi,Uni noto‘g‘ri yo‘lga boshlaydi.
30 U fitna uyushtirib, ko‘z qisadi,Ayyorona kulib yovuzligini amalga oshiradi.
31 Odillik yo‘lida oqargan sochlar+Go‘zallik* tojidir+.
32 G‘azabini tiygan*+ qudratli kishidan yaxshiroq,O‘zini tuta bilgan esa shaharni zabt etgandan a’loroq+.
33 Qur’a tashlanadi+,Ammo har bir qaror Yahovadandir+.