Hakamlar 3:1-31

  • Yahova Isroilni sinaydi (1-6)

  • O‘tniyol — birinchi hakam (7-11)

  • Ehud shoh Eglonni o‘ldiradi (12-30)

  • Hakam Shamgar (31)

3  Kan’onliklar bilan bo‘lgan janglarda ishtirok etmagan isroilliklarni sinash uchun+, Yahova shu yurtda qolishga yo‘l qo‘ygan xalqlar quyidagilardir  (bu, Isroilning ilgari urushda qatnashmagan avlodlari jang qilishda tajriba orttirishi uchun qilindi):  filistimliklarning beshta begi+, barcha kan’onliklar, sidonliklar+ va Livan*+ tog‘larida, Baal-Xermon tog‘idan Levo-Xomatgacha*+ bo‘lgan yerlarda yashovchi xiviylar+.  Yahova bu xalqlar orqali isroilliklarni sinab, Muso vositasida ota-bobolariga bergan amrlarni ular bajarishadimi yoki yo‘qmi ko‘rmoqchi bo‘ldi+.  Shunday qilib, Isroil xalqi kan’onliklar, xetiylar, amoriylar, pariziylar, xiviylar va yobusiylar orasida yashab yurdi+.  Isroilliklar ularning qizlarini xotinlikka olib, o‘z qizlarini ularning o‘g‘illariga berishdi va ularning xudolariga xizmat qila boshlashdi+.  Isroilliklar Yahovaning nazarida yomon ishlar qilishdi. Ular o‘z Xudosi Yahovani unutib, Baallarga+ va muqaddas ustunlarga* sig‘inishdi+.  Shunda Isroil xalqiga qarshi Yahovaning g‘azabi alanga olib, ularni Mesopotamiya* podshohi Kushanrishatayim qo‘liga topshirdi*. Ular Kushanrishatayimga sakkiz yil xizmat qilishdi.  Ammo Isroil xalqi yordam so‘rab Yahovaga yolvorganida+, Yahova isroilliklarni qutqarish uchun Xolibning ukasi Xanazning o‘g‘li O‘tniyolni+ najotkor qilib yubordi+. 10  Yahovaning ruhi O‘tniyolning ustiga tushdi+ va u Isroilga hakam bo‘ldi. U jang qilgani borganida, Yahova Mesopotamiya shohi Kushanrishatayimni uning qo‘liga topshirdi. Shu bois, u Kushanrishatayimni mag‘lub qildi. 11  Bundan keyin yurtda 40 yil tinchlik hukm surdi. So‘ng Xanaz o‘g‘li O‘tniyol hayotdan ko‘z yumdi. 12  Isroilliklar Yahovaning nazarida yana yomon ishlar qila boshlashdi+. Ular Yahova nazarida yomon ishlar qilishgani uchun, Yahova Mo‘ab+ shohi Eglonning Isroil xalqidan kuchli bo‘lib ketishiga yo‘l qo‘ydi. 13  Bundan tashqari, Xudo ommonliklarni+ va omoleklarni+ ularga qarshi chiqardi va ular Isroilga hujum qilib, palma daraxtlari shahrini+ bosib olishdi. 14  Isroilliklar Mo‘ab shohi Eglonga 18 yil xizmat qilishdi+. 15  Lekin isroilliklar yordam so‘rab Yahovaga yolvorishganida+, Yahova ularni qutqarish uchun Benyamin+ qabilasidan bo‘lgan Geraning o‘g‘li Ehudni+ najotkor qilib yubordi+. Ehud chapaqay edi+. Bir kuni isroilliklar Mo‘ab shohi Eglonga u orqali o‘lpon berib yuborishdi. 16  Bu orada, Ehud uzunligi bir tirsak* keladigan xanjar yasadi-da, uni o‘ng tomoniga, kiyimining ostidan kamariga mahkamlab qo‘ydi. 17  Keyin u o‘lponni Mo‘ab shohi Eglonga olib bordi. Eglon juda semiz kishi edi. 18  Ehud o‘lponni berib bo‘lgach, o‘lponni olib kelgan odamlarni jo‘natib yubordi. 19  Lekin o‘zi Gilgaldagi+ o‘yma butlar turgan joygacha* borib, ortiga qaytdi va shohga: «Shoh hazratlari, sizga aytadigan bir maxfiy xabarim bor»,— dedi. Shoh bo‘lsa: «Bizni xoli qoldiringlar!*» — deb aytdi va uning barcha xizmatkorlari chiqib ketdi. 20  Shoh salqin boloxonasida yolg‘iz o‘tirganida, Ehud uning oldiga kirib: «Sizga Xudodan bir xabar keltirdim»,— dedi. Shoh taxtidan turdi. 21  Ehud chap qo‘li bilan o‘ng tomonidagi xanjarini sug‘urib, shohning qorniga suqqan edi, 22  xanjar sopi bilan shohning qorniga kirib ketdi. Ehud uning qornidan xanjarini qayta sug‘urib olmagani uchun, xanjarni yog‘ qoplab oldi va najas tashqariga chiqa boshladi. 23  Ehud orqasidan boloxona eshiklarini yopib qulfladi va ayvon* orqali chiqib ketdi. 24  Ehud ketgach, xizmatkorlar kelib, boloxonaning eshiklari yopiqligini ko‘rishdi-da: «Shohimiz ichkaridagi salqin xonada hojatlarini chiqarayotgan bo‘lsalar kerak»,— deb qo‘yishdi. 25  Ular kuta-kuta, oxiri bezovtalana boshlashdi. Shoh boloxonaning eshiklarini ochavermagach, ular kalitni olib, eshiklarni ochib qarashsa, xo‘jayinlari yerda o‘lib yotgan ekan. 26  Shohning xizmatkorlari imillab o‘tirgan paytda, Ehud o‘yma butlar turgan joyni* ortda qoldirib+, eson-omon Saviroga yetib oldi. 27  O‘sha yerga yetib kelishi bilan, u Efrayim tog‘li hududida+ burg‘u chaldi+. Shunda isroilliklar uning boshchiligida tog‘li hududdan pastga tusha boshlashdi. 28  Ehud ularga: «Ortimdan yuringlar, chunki Yahova dushmanlaringizni, mo‘abliklarni sizlarning qo‘lingizga topshirdi»,— dedi. Ular Ehudning orqasidan ergashib, mo‘abliklarning qarshisidagi Iordanning kechuv joylarini bosib olishdi va hech kimning kechib o‘tishiga yo‘l qo‘yishmadi. 29  Ular mo‘abliklarning 10 000 ta odamini o‘ldirishdi+. Ularning har biri baquvvat va dovyurak edi, ammo hech bittasi qutulib qolmadi+. 30  O‘sha kuni mo‘abliklar Isroil xalqiga tobe bo‘ldi va yurt bo‘ylab 80 yil tinchlik hukm surdi+. 31  Ehuddan keyin Onot o‘g‘li Shamgar+ hakam bo‘ldi. U filistimliklarning+ 600 ta odamini govron* bilan o‘ldirib+, Isroil xalqini qutqardi.

Izohlar

Yoki «Lubnon».
Yoki «Xomatning ostonasigacha».
So‘zma-so‘z «Orom-Naxrayim».
So‘zma-so‘z «sotdi».
Ehtimol, qisqa tirsak, taxminan 38 sm. Ilovaning B14 mavzusiga q.
Boshqa variant «tosh konlarigacha».
So‘zma-so‘z «Jim!»
Boshqa variant «havo almashtirish tuynugi».
Boshqa variant «tosh konlarini».