Hakamlar 10:1-18

  • Hakamlar To‘lo va Yovir (1-5)

  • Isroilning isyoni va tavbasi (6-16)

  • Ommonliklar tomonidan tahdid (17, 18)

10  Abumalekning o‘limidan so‘ng, Isroil xalqini qutqarish uchun Issaxor qabilasidan To‘lo chiqdi+. U Efrayimning tog‘li hududidagi Shomirda yashardi. To‘lo Do‘do‘ning nevarasi, Puvaxning o‘g‘li edi.  U Isroilda 23 yil hakamlik qildi. So‘ngra vafot etib, Shomirda dafn qilindi.  To‘lodan keyin giladlik Yovir Isroilda 22 yil hakamlik qildi.  Uning 30 ta o‘g‘li bo‘lib, ular 30 ta eshakka minib yurishardi va ularning Gilad yurtida joylashgan 30 ta shahri bor edi. Bu shaharlar bugungacha Xavot-Yovir+ deb ataladi.  Keyin Yovir hayotdan ko‘z yumdi va u Kamonda dafn etildi.  Isroil xalqi Yahovaning nazarida yana yomon ishlar qila boshladi+. Ular Baallarga+, Ashtaretning* tasvirlariga, oromiylar*, sidonliklar, mo‘abliklar, ommonliklar va filistimliklarning xudolariga xizmat qila boshlashdi+. Ular Yahovani tark etib, Unga xizmat qilmay qo‘yishdi.  Isroil xalqiga qarshi Yahovaning g‘azabi alanga olib, ularni filistimliklar bilan ommonliklar qo‘liga topshirdi*+.  Ular o‘sha yili, Iordanning sharq tomonida, Giladdagi amoriylarning yurtida yashovchi isroilliklarga jabr-zulm o‘tkazishdi. Ular 18 yil davomida shunday qilishdi.  Ommonliklar Yahudo, Benyamin va Efrayim qabilalariga qarshi jang qilish uchun Iordanni kechib o‘tishdi. Ularning dastidan Isroil xalqi qattiq azob chekdi. 10  Isroilliklar Yahovadan yordam so‘rab yolvorishdi+: «Ey Xudoyimiz, biz Senga qarshi gunoh qildik. Seni tark etib, Baallarga xizmat qildik»+. 11  Biroq Yahova isroilliklarga dedi: «Men sizlarni misrliklar+, amoriylar+, ommonliklar, filistimliklar+, 12  sidonliklar, omoleklar va midiyonliklarning jabr-zulmidan xalos etmadimmi?! Axir Menga faryod qilganingizda, sizlarni ularning qo‘lidan qutqargan edim-ku! 13  Ammo sizlar Meni tashlab, boshqa xudolarga xizmat qildingiz+. Shu bois, sizlarni boshqa qutqarmayman+. 14  O‘zingiz tanlagan xudolarning oldiga borib, ulardan yordam so‘ranglar+. Boshingizga kulfat tushganda, ular sizlarni qutqarsin»+. 15  Lekin isroilliklar Yahovaga: «Biz gunoh qildik. Biz bilan istaganingni qil. Faqat bugun bizni qutqar, Sendan o‘tinib so‘raymiz»,— deyishdi. 16  Isroilliklar oralaridan soxta xudolarni yo‘q qilib, Yahovaga xizmat qila boshlashdi+. Shunda U isroilliklarning azob chekishiga ortiq chiday olmadi+. 17  Bir muncha vaqt o‘tib, ommonliklar+ birgalikda to‘planib, Giladda qarorgoh qurishdi. Shunda isroilliklar ham yig‘ilib, Mispaxda qarorgoh qurishdi. 18  Gilad aholisi va beklari bir-biriga: «Ommonliklarga qarshi jangda kim boshchilik qiladi?+ O‘sha kishi butun Gilad aholisi ustidan yo‘lboshchi bo‘lsin»,— deb aytishdi.

Izohlar

Yoki «Astarta, Ishtar».
Yoki «suriyaliklar».
So‘zma-so‘z «sotdi».