Filippiliklarga 3:1-21
3 Xullas, birodarlarim, Rabbimizga xizmat qilib, hamisha quvoninglar+. O‘sha-o‘sha narsalarni sizlarga yozish menga qiyin emas, bu sizning xavfsizligingiz uchundir.
2 Iflos odamlardan* ehtiyot bo‘linglar, zarar keltiruvchilardan ehtiyot bo‘linglar, tana kesuvchilardan ehtiyot bo‘linglar+.
3 Chinakamiga sunnat qilinib+, Xudoning ruhi bilan muqaddas xizmatni bajarayotganlar — bizlarmiz. Biz Iso Masihning ishlari bilan faxrlanib+, tanaga umid bog‘lamaymiz.
4 Agar kimdadir tanaga umid bog‘lash uchun asoslari bor bo‘lsa ham, u menman.
Bordi-yu, kimdir tanaga umid bog‘lash uchun asoslarim bor deb o‘ylasa, menda undan ham ko‘proq sabablar bor:
5 sakkiz kunligimda sunnat qilinganman+, Isroil xalqidanman, Benyamin qabilasidan bo‘lib, ibroniylardan tug‘ilgan ibroniyman+. Tavrotga rioya qilgan farziyman*+.
6 G‘ayratni olsak — jamoatni ta’qib qilganman+, qonun negizida bo‘lgan odillikni olsak — benuqsonman.
7 Shunday bo‘lsa ham, erishgan narsalarimdan men Masih haqqi jon deb voz kechganman+.
8 Ha, Hazratim Iso Masih haqidagi qimmatbaho bilim uchun men barcha narsadan yuz o‘girdim. Uni deb men hamma narsadan voz kechib, Masih bilan yaqin munosabatga ega bo‘lish niyatida bularni axlat deb hisoblayman.
9 Buning natijasida u bilan birlikda bo‘laman. Bunga Tavrotga rioya qilib erishgan odilligim orqali emas, balki Masihga+ bo‘lgan imon orqali+ — ishonchga asoslangan, Allohdan bo‘lgan odillik orqali erishaman+.
10 Maqsadim — Masih kabi o‘zimni o‘limga topshirish+, uning azoblarida qatnashish+ va uning o‘zini-yu tirilish qudratini bilib olish+.
11 Shuningdek, qaniydi imkon bo‘lsa birinchi tirilishni+ ko‘ra olsam.
12 Mukofot olganman yoki komil bo‘lganman, demoqchi emasman. Ammo Iso Masih meni qay maqsadda tanlagan bo‘lsa, men ham o‘sha maqsadga ega bo‘lamanmi+, deya ko‘rishga harakat qilyapman+.
13 Birodarlar, men o‘zimni hali tanlab olinganman deb hisoblamayapman. Faqat bitta narsani aniq ayta olaman: ortda qolgan narsalarni esdan chiqarib+, oldinga qarab zo‘r berib chopyapman+.
14 Men shu maqsadga, ya’ni Tangrining bizga Iso Masih orqali bergan samoviy da’vatiga+, mukofotiga intilyapman+.
15 Kelinglar, barcha yetuk bo‘lganlar+ shunday fikr yuritaylik. Bordi-yu, sizlar biron narsada boshqacha fikr yuritsangizlar, Alloh sizlarga to‘g‘ri fikrlash tarzini ochib beradi.
16 Xullas, nimaga erishgan bo‘lsak, kelinglar, bundan buyon ham odat tusiga kirgan shu tartibga binoan yo‘l tutaylik.
17 Birodarlar, hammalaringiz menga taqlid qilinglar+, biz ko‘rsatgan namuna bo‘yicha yo‘l tutayotganlarga ko‘z tikinglar.
18 Chunki Masih azob ustunining* dushmanlari kabi ish tutayotganlar ko‘p. Ular haqida men sizlarga ilgari tez-tez gapirib turardim, hozir esa ko‘z yoshlar bilan gapiryapman.
19 Ularning oxiri — halokat, ularning xudosi — qorin. Ular uyalishi kerak bo‘lgan narsalardan faxrlanib, yerdagi narsalar haqida o‘ylashadi+.
20 Biz esa osmon+ fuqarolarimiz+. U yerdan biz sabrsizlik bilan najotkorni, Hazrati Iso Masihni kutyapmiz+.
21 U zaif badanimizni o‘zining ulug‘vor tanasiga o‘xshatib o‘zgartiradi+. Zero u hamma narsani o‘ziga bo‘ysundirish kuchiga ega+.