Ezra 7:1-28

  • Ezra Quddusga keladi (1-10)

  • Artakserksning Ezraga yozgan maktubi (11-26)

  • Ezra Yahovani ulug‘laydi (27-28)

7  Bu voqealardan keyin, Fors shohi Artakserks+ hukmronligi davrida, Ezra*+ Bobildan yo‘lga chiqdi. U Sarayoning o‘g‘li edi. Sarayo+ Ozariyoning, Ozariyo Xilqiyoning+,  Xilqiyo Shallumning, Shallum Zodo‘xning, Zodo‘x Oxitobning o‘g‘li edi.  Oxitob Emoriyoning, Emoriyo Ozariyoning+, Ozariyo Maroyo‘tning o‘g‘li edi.  Maroyo‘t Zaraxiyoning, Zaraxiyo Uzzining, Uzzi Bukkining o‘g‘li edi.  Bukki Abushuvaning, Abushuva Finxazning+, Finxaz Elazarning+, Elazar bosh ruhoniy Horunning+ o‘g‘li edi.  O‘sha Ezra Bobildan keldi. U, Isroilning Tangrisi Yahova bergan Musoning Tavrot kitobini yaxshi biladigan* kotib* edi+. Xudosi Yahova unga yordam bergani uchun, Ezra nimaiki so‘ramasin, shoh unga hadya qildi.  Shoh Artakserks hukmronligining yettinchi yilida isroilliklar, ruhoniylar, levilar+, qo‘shiqchilar+, darvozabonlar+ va ma’bad xizmatchilarining*+ ayrimlari Quddusga yo‘l olishdi.  Shoh Artakserks hukmronligining yettinchi yili, beshinchi oyida, Ezra Quddusga kirib keldi.  Birinchi oyning birinchi kunida u Bobildan safarga chiqqan edi va Xudosining yordami bilan+, beshinchi oyning birinchi kunida Quddusga yetib keldi. 10  Ezra Yahova bergan Tavrotni o‘rganishga, yozilganlarga rioya qilishga+ hamda Isroil o‘g‘illariga qonun-qoidalarni va adolatni o‘rgatishga+ qalbini tayyorlagan edi*. 11  Yahovaning amrlarini va Isroilga bergan qonun-qoidalarini tadqiq qiluvchi*, ko‘chirib yozuvchi kotib va ruhoniy Ezraga, shoh Artakserks bergan xatning mazmuni quyidagicha edi: 12  *«Shohanshoh Artakserksdan+, samoviy Xudo bergan Tavrotni ko‘chirib yozuvchi kotib va ruhoniy Ezraga tinchlik-omonlik bo‘lsin. 13  Shohligimdagi Isroil xalqidan bo‘lgan har bir kishi, ularning ruhoniylari va levilar sen bilan Quddusga bormoqchi bo‘lsa, boraversin deb buyuraman+. 14  Shoh va yettita maslahatchisining amri shundan iborat: qo‘lingdagi, Tangring bergan Tavrotga Yahudo bilan Quddusda rioya qilinyaptimi yoki yo‘qmi, bilib kel. 15  Shuningdek, shoh va uning maslahatchilari, maskani Quddusda bo‘lgan Isroilning Xudosiga ehson qilgan kumush va oltinlarni ham o‘zing bilan olib bor. 16  Bundan tashqari, butun Bobil viloyatidan yig‘ib berilgan kumush va oltinni hamda Quddusdagi Xudoning uyiga atab xalq va ruhoniylar tomonidan ehson qilingan hadyalarni ham olib bor+. 17  Shu pulga buqalarni+, qo‘zilar-u+ qo‘chqorlarni+, shuningdek, bug‘doy+ va ichimlik nazrlari+ uchun kerak bo‘lgan narsalarni darhol sotib ol. Bu narsalarni Quddusdagi Xudoning uyidagi qurbongohga olib bor. 18  Qolgan kumush va oltinni esa, senga va birodarlaringga qanday ma’qul bo‘lsa, Xudoyingizning irodasiga muvofiq ishlatinglar. 19  Xudoying uyida ishlatilishi uchun berilgan barcha idishlarni Quddusdagi Tangringga taqdim et+. 20  Agar o‘z Xudoying uyi uchun yana biror narsa kerak bo‘lsa, uni shoh xazinasidan olishing mumkin+. 21  Men, shoh Artakserks, Furot daryosining g‘arbidagi* barcha xazinabonlarga buyuraman: samoviy Xudo bergan Tavrotni ko‘chirib yozuvchi ruhoniy Ezra+ nimaiki so‘rasa, kechiktirmasdan berilsin. 22  Unga 100 talantgacha* kumush, 100 kor* bug‘doy, 100 bat* sharob+, 100 bat moy+ hamda qancha kerak bo‘lsa shuncha tuz+ berilsin. 23  Shohning boshqaruvi ostida bo‘lgan xalqga va shoh o‘g‘illariga Xudoning qahri kelmasligi uchun+, samoviy Xudo nimaiki buyursa, Uning uyi uchun barchasi qunt bilan bajarilsin+. 24  Sizlarga yana shu ma’lum bo‘lsinki, hech bir ruhoniy, levi, qo‘shiqchi+, darvozabon, ma’bad xizmatchisi+ va Xudoning uyidagi ishchi soliq, o‘lpon+ yoki boj to‘lashga majburlanmasin. 25  Sen esa, Ezra, Xudoying senga bergan donolikni ishga solib, Furot daryosining g‘arbida yashovchi barcha xalqlarni hukm qilish uchun, Xudoying qonunlarini biladiganlarning barchasini qonun posbonlari va qozilar etib tayinla. Qonunlarni bilmaganlarga esa ta’lim ber+. 26  Tangring bergan Tavrotga va shohning qonuniga rioya qilmagan har bir kishi hukm qilinib, darhol jazolansin. U yoki o‘limga topshirilsin, yo quvg‘un qilinsin, yo unga jarima solinsin yoxud qamalsin». 27  Shohning qalbiga Quddusdagi Yahovaning uyini bezash istagini solgan ota-bobolarimizning Xudosi Yahova ulug‘lansin!+ 28  Zero, shoh va uning maslahatchilari+ hamda shohning barcha qudratli beklari oldida U menga mehr-sadoqatini namoyon etdi+. Tangrim Yahova meni qo‘llab-quvvatlagani uchun* jasoratga to‘ldim va Isroil xalqining yo‘lboshchilarini men bilan borishlari uchun yig‘dim.

Izohlar

Ma’nosi «yordam».
Yoki «mohir».
Yoki «ulamo».
Yoki «netinimlar». So‘zma-so‘z «berilganlar».
Yoki «qalbida qaror qilgan edi».
Yoki «so‘zlarni ko‘chiruvchi».
Ezr 7:12–26 gacha oyatlar asl nusxada oromiy tilida yozilgan.
Yoki «Furot daryosining naryog‘idagi».
Bir talant=34,2 kg. Ilovaning B14 mavzusiga q.
Bir kor=220 l. Ilovaning B14 mavzusiga q.
So‘zma-so‘z «Yahovaning qo‘li ustimda bo‘lgani uchun».