Ayub 42:1-17
42 Keyin Ayub Yahovaga javoban dedi:
2 «Endi, Sen barcha narsaga qodir+ ekaningni,Hech bir niyating amalga oshmay qolmasligini bilib oldim.
3 Sen: “Bilimga ega bo‘lmay turib, niyatimga soya solayotgan kim?”+ — deding.
Chindan ham men tushunmay turib gapirdim.O‘zim bilmagan ajoyib narsalar haqida so‘zladim+.
4 Sen: “Qani, aytadigan gaplarimga quloq sol.
Men so‘rayman, sen javob berasan”+,— deding.
5 Sen haqingda eshitgan edim.Ammo endi Seni o‘z ko‘zlarim bilan ko‘rib turibman.
6 Shu bois, aytganlarimni qaytarib olaman+.Tuproq va kulga o‘tirib, tavba qilaman»+.
7 Yahova Ayub bilan gaplashib bo‘lgach, temonlik Elifazga Yahova shunday dedi:
«Senga va ikkita do‘stingga+ g‘azabim alanga oldi. Chunki sizlar xizmatkorim Ayubdan farqli o‘laroq, Men to‘g‘rimda haqiqatni so‘zlamadingiz+.
8 Endi yettita buqa va yettita qo‘chqorni olib, xizmatkorim Ayubning oldiga boringlar-da, qilgan gunohlaringiz uchun kuydiriladigan qurbonlik keltiringlar. U sizlar uchun ibodat qiladi+. Chunki sizlar xizmatkorim Ayubdan farqli ravishda, Men to‘g‘rimda haqiqatni gapirmadingiz. Lekin uning iltijosiga Men albatta quloq solaman va aqlsizligingizga yarasha sizlarni jazolamayman».
9 Shunday qilib, temonlik Elifaz, shuvaxiy Bildad hamda namaxlik Zo‘far borib Yahovaning aytganlarini bajarishdi. Yahova Ayubning ibodatini qabul qildi.
10 Ayub do‘stlari uchun ibodat qilganidan+ so‘ng, Yahova Ayubning boshiga tushgan musibatlarni bartaraf etib+, uni yana boy-badavlat qildi. Yahova unga avvalgidan ko‘ra ikki barobar ko‘proq baraka berdi+.
11 Ayubning barcha aka-ukalari, opa-singillari-yu eski do‘stlari+ uning uyiga kelib, birgalikda taom yeyishdi. Ular Yahova yo‘l qo‘ygan barcha musibatlar uchun unga hamdardlik bildirib, tasalli berishdi. Har biri unga bir bo‘lak kumush va tilla uzuk hadya qildi.
12 Yahova Ayubning so‘nggi yillarini avvalgidan ham barakali qildi+. U 14 000 ta qo‘y, 6 000 ta tuya, 2 000 ta* qoramol hamda 1 000 ta eshakka ega bo‘ldi+.
13 Shuningdek, u yetti o‘g‘il va uch qizli bo‘ldi+.
14 Ayub to‘ng‘ich qiziga Yamima, o‘rtancha qiziga Kaziyo, kenja qiziga Xaranxappux deb ism qo‘ydi.
15 Butun yurt bo‘ylab go‘zallikda Ayubning qizlariga teng keladigani yo‘q edi. Otasi ularga ham o‘g‘illari qatori meros berdi.
16 Bundan so‘ng Ayub yana 140 yil umr kechirdi. U farzandlarini, nevaralarini — to‘rtta avlodni ko‘rdi.
17 Ayub uzoq umr ko‘rib, hayotdan mamnun bo‘lib vafot etdi.
Izohlar
^ So‘zma-so‘z «1 000 juft».