Ayub 31:1-40

  • Ayub benuqsonligini himoyalaydi (1-40)

    • «Men ko‘zlarim bilan ahd qilganman» (1)

    • «Alloh meni to‘g‘ri tarozida tortib ko‘rsin» (6)

    • Zino qilmagan (9-12)

    • Pulparast bo‘lmagan (24, 25)

    • Butparast bo‘lmagan (26-28)

31  Men ko‘zlarim bilan ahd qilganman+.Shunday ekan, boshqa ayolga ehtiros bilan qarashga qanday jur’at etaman?!+   Bunday yo‘l tutsam, ko‘kdagi Xudodan qanday ulush olaman?Samodagi Qodir Tangri menga qanday meros beradi?   Jafokor falokatga uchramaydimi?!Yomonlik qiluvchilar esa kulfatga duchor bo‘lmaydimi?!+   Xudo yo‘llarimni kuzatib+,Har bir qadamimni o‘lchab yurmaydimi?   Men qachondir nohaq yo‘ldan* yurganmanmi? Oyoqlarim aldashga shoshilganmi?+   Alloh meni to‘g‘ri tarozida tortib ko‘rsin+.Shunda benuqson ekanimni bilib oladi+.   Bordi-yu, qadamlarim to‘g‘ri yo‘ldan og‘gan bo‘lsa+,Yoki qalbim ko‘zim ko‘rgan narsalarga ergashgan bo‘lsa+,Yoxud qo‘llarim bulg‘angan bo‘lsa,   Unda men ekkan urug‘dan unib chiqqan hosilni boshqasi yesin+,O‘stirgan narsalarim* ildizi bilan sug‘urib olinsin.   Agar boshqa ayolga ko‘ngil qo‘ygan+,Yaqinimning eshigi oldida pisib yotgan bo‘lsam+, 10  Xotinim boshqa kishining bug‘doyini tuysin,Begona erkaklar u bilan yotsin+. 11  Chunki bu buzuqlik,Hakamlar jazolashiga loyiq qilmish bo‘lardi+. 12  Bu, yiqqan-terganimni tag-tomiri bilan yutib yuboradigan,Yeb bitiradigan olov bo‘lardi+. 13  Qul-u cho‘rilarim menga qarshi shikoyat qilganda,Men adolat o‘rnatishdan bosh tortgan bo‘lsam, 14  Xudo menga qarshi chiqsa men nima qilaman? Meni javobgarlikka tortsa nima deyman?+ 15  Meni onam qornida yaratgan Zot ularni ham yaratmaganmi?!+ O‘sha Zot tug‘ilishimizdan avval bizga shakl bermaganmi?!+ 16  Agar kambag‘alga tilaganini berishdan bosh tortgan+,Bevaning ko‘zlaridagi umid uchqunini so‘ndirgan bo‘lsam+, 17  Bordi-yu, ovqatimni bir o‘zim yeb,Yetimlar bilan bo‘lishmagan bo‘lsam+, 18  (Boisi, yoshligimdan yetimlarga otalik qilganman.Bolaligimdan bevaga yordam berganman.) 19  Kiyimi yo‘qligidan halok bo‘layotgan insonni,Yopinishga hech narsasi yo‘q qashshoq kishini ko‘rganimda+, 20  Isinib olib meni duo qilishi uchun+,Qo‘ylarimning junini unga bermagan bo‘lsam, 21  Shahar darvozasi oldida+ yordamimga muhtoj bo‘lib turganda*,Yetimga qo‘limni musht qilib, do‘q qilgan bo‘lsam+, 22  Unda qo‘lim yelkamdan uzilib tushsin,Qo‘lim tirsagimdan sinib tushsin. 23  Chunki Xudo meni jazolashidan qo‘rqar edim.Uning mahobati oldida tura olmas edim. 24  Agar men oltinga tayanib,Toza oltinga: “Mening himoyamsan!”+ — degan bo‘lsam, 25  Ko‘p mol-dunyo orttirganimdan+,Boy-badavlat ekanimdan sevingan bo‘lsam+, 26  Quyoshning nur sochayotganini,Oy o‘z shu’lasini taratib suzayotganini ko‘rganimda+, 27  Qalbim meni yo‘ldan ozdirgan bo‘lsa,Qo‘llarim bilan havoyi o‘pich yuborib, ularga topingan bo‘lsam*+, 28  Bu, hakamlar jazolashiga loyiq qilmish bo‘lardi,Chunki bu ishim bilan ko‘kdagi Allohdan yuz o‘girgan bo‘lardim. 29  Dushmanim xonavayron bo‘lganida sevinganmanmi?+Boshiga kulfat tushganida ich-ichimdan quvonganmanmi? 30  Men unga o‘lim tilab, qarg‘amaganman,Og‘zim bilan gunoh qilishga aslo yo‘l qo‘ymaganman+. 31  Chodirimdagi hech bir kishi:“Uning dasturxonidan taom yeb to‘ymaganlar bor”+,— deb aytmagan. 32  Hech bir musofir tashqarida tunab qolmagan+.Sayyoh uchun eshigim doim ochiq bo‘lgan. 33  Gunohimni qo‘ynimga bekitishga urinib,Boshqalar singari qilmishimni yashirishga qachondir harakat qilganmanmi?+ 34  Odamlar nima deyishidan hayiqqanmanmi?Yoki el-yurtning nafratiga yo‘liqishdan dahshatga tushganmanmi? Tashqariga chiqishdan qo‘rqib, jim o‘tirganmanmi? 35  Qaniydi gaplarimni biror kishi tinglaganida edi!+ Aytganlarim rost ekanini ko‘rsatish uchun imzo qo‘yardim. Qodir Tangri menga javob berganida edi!+ Meni qoralovchi ayblarimni hujjatga yozib bersa edi! 36  Uni faxr bilan yelkamda ko‘tarib yurardim,Toj qilib boshimga kiyib olardim. 37  Bosadigan har bir qadamim uchun Xudoga hisobot berardim.Shahzoda kabi ishonch bilan Unga yaqinlashardim. 38  Bordi-yu, o‘z yerim menga qarshi faryod qilsa,Uning egatlari birgalashib yig‘lasa, 39  Agar tekinga uning hosilini yegan+,Uning egalarini noumid qilgan bo‘lsam+, 40  Unda bug‘doy o‘rniga tikanak o‘sib chiqsin,Arpa o‘rniga badbo‘y o‘tlar o‘ssin». Shu so‘zlar bilan Ayub gapini tugatdi.

Izohlar

Boshqa variant «yolg‘onchilar bilan».
Yoki «avlodim».
Boshqa variant «Shahar darvozasi oldida meni qo‘llab-quvvatlaydiganlar borligini ko‘rganimda».
Bu, butparastlarga xos odat bo‘lishi mumkin.