Ayub 19:1-29
19 Ayub shunday javob qaytardi:
2 «Qachongacha jonimga ozor berib+,So‘zlaringiz bilan meni ezasizlar?+
3 Shu bilan o‘ninchi marta meni xo‘rlab*,Menga shafqatsizlik qilishdan uyalmadingizlar+.
4 Bordi-yu, xato qilgan bo‘lsam,Aybim o‘z bo‘ynimda.
5 Agar meni ta’naga loyiq deb,O‘zingizni mendan ustun qo‘yayotgan bo‘lsangizlar,
6 Bilib qo‘yinglar, meni yo‘ldan ozdirib,To‘rga ilintirgan Xudoning O‘zidir.
7 Mana, men zo‘ravonlik dastidan nola qilyapman, lekin hech kim javob bermayapti+,Yordam so‘rab faryod qilyapman, ammo adolat topmayapman+.
8 O‘ta olmasligim uchun, U yo‘limni tosh devor bilan to‘sib qo‘ygan,Yo‘llarimni esa zulmat bilan qoplagan+.
9 U meni obro‘yimdan mahrum etib,Boshimdagi tojimni yechib tashladi.
10 Halok etish uchun har tomonimdan zarba berdi,Umidimni daraxtday ildizi bilan sug‘urib oldi.
11 Menga qarshi g‘azabi qaynab,Meni O‘z dushmaniday ko‘rdi+.
12 Qo‘shinlari to‘plandi-da, meni qurshovga olib,Chodirim atrofida qarorgoh qurdi.
13 O‘z aka-ukalarimdan meni uzoqlashtirdi,Meni taniydiganlar mendan yuz o‘girdi+.
14 Qarindoshlarim* g‘oyib bo‘ldi,Tanishlarim meni esdan chiqardi+.
15 Uyimdagi mehmonlarim+ bilan cho‘rilarim menga begonaday qarashdi,Ularning nazarida musofir bo‘ldim.
16 Xizmatkorimni chaqirsam, javob bermaydi,Undan rahm-shafqat so‘rab yolvoraman.
17 Nafasim xotinimga jirkanch bo‘lib qoldi+,Qo‘lansa hidimga aka-ukalarim ham chidamaydi.
18 Hatto yosh bolalar ham mendan hazar qiladi,O‘rnimdan turishim bilan, ular meni mazax qila boshlaydi.
19 Yaqin do‘stlarimning bari mendan nafratlandi+,Yaxshi ko‘rgan odamlarim menga qarshi chiqdi+.
20 Etim qurib, terim suyagimga yopishib qoldi+,Hayotim qil ustida turibdi*.
21 Menga rahm-shafqat ko‘rsatinglar, ey do‘stlarim, rahm qilinglar,Chunki Allohning O‘zi menga qo‘lini tekkizdi+.
22 Nega meni Xudo kabi ta’qib qilib+,Tinmay menga hujum qilyapsizlar?+
23 Qaniydi so‘zlarim qalamga olinib,Kitobga yozib qo‘yilganida edi!
24 Qaniydi ular temir qalam-u qo‘rg‘oshin ilaQoyaga o‘yib yozilib, abadiy qolsa edi!
25 Boisi, xaloskorim+ tirik ekanini yaxshi bilaman,U keyinroq kelib, yerning ustida turadi.
26 Terim shu tariqa irib ketsa-da,Shu etim bilan men Xudoni ko‘raman.
27 Uni o‘zim ko‘raman,Boshqaning ko‘zi bilan emas, o‘z ko‘zim bilan ko‘raman+.
Ammo ich-ichimdan tushkunlikni his etyapman!*
28 Sizlar bo‘lsa: “Qanday qilib biz uni ta’qib qilyapmiz?”+ — deb,
Muammoning negizi menda yotibdi deb o‘ylayapsizlar.
29 Qilichdan sizlar qo‘rqinglar+,Chunki qilich qilmishga yarasha jazolaydi,O‘shanda hakam borligini bilib olasizlar»+.
Izohlar
^ Yoki «tanbeh berib».
^ Yoki «Do‘stlarim».
^ So‘zma-so‘z «Tishim terisi bilan omon qolyapman».
^ Yoki «Buyraklarim ishdan chiqdi».