Amos 6:1-14
6 Siondagi o‘ziga bino qo‘ygan kishilar,Samariya tog‘ida o‘zini xavfsiz his qilayotganlar+,Eng sara xalqning nufuzli kishilari holiga voy!Isroil xonadoni ularning yoniga boradi.
2 Qalneyga borib ko‘ring,
U yerdan gavjum Xomatga+ boring,Filistimliklarning Gat shahriga tushing.
Ular bu shohliklardan* yaxshiroqmi?Yo ularning hududi siznikidan kattaroqmi?
3 Sizlar falokat kuni haqida o‘ylashni istamay+,Zo‘ravonlik orangizda hukmronlik qilishiga yo‘l qo‘yyapsizmi?+
4 Ular fil suyagidan+ yasalgan yotoqlarda cho‘zilib, o‘rindiqlarda yastanib yotadi+,Suruvdagi qo‘chqor-u bo‘rdoqi buzoqlarni yeydi+.
5 Ular arfa ohangi ostida qo‘shiqlar to‘qiydi+,Dovud kabi musiqiy asboblar yasaydi+.
6 Ular katta kosadan sharob ichib+,O‘zlariga a’lo moylar surtadi.
Biroq ular Yusufning boshiga tushadigan falokatga parvo qilmayapti+.
7 Shuning uchun ular birinchilardan bo‘lib surgunga ketadi+,Yastanib yotganlarning aysh-ishrati nihoyasiga yetadi.
8 Qo‘shinlar Sarvari Tangri Yahova shunday demoqda: “Oliy Hukmdor Yahova O‘zi haqqi qasam ichyapti+.Yoqubning mag‘rurligidan jirkanaman+,Uning mustahkam minoralaridan nafratlanaman+,Shaharni va undagi barchani dushmanlar qo‘liga topshiraman+.
9 Agar bir uyda o‘n kishi qolsa, ular ham o‘ladi.
10 O‘lganlardan birining qarindoshi kelib, ularning jasadlarini olib chiqadi-da, birma-bir yoqadi. U ularning suyaklarini uydan olib chiqadi. Keyin uyning ichkari xonasidagi kishidan: “Yoningizda yana kimdir bormi?” — deb so‘raganida, u: “Hech kim yo‘q!” — deb javob beradi. So‘ng o‘sha qarindosh: “Jim bo‘ling! Hozir Yahovaning ismini tilga oladigan vaqt emas”,— deb aytadi.
11 Shu bois Yahova buyruq berib+,Katta uyni xarobaga aylantiradi,Kichik uyni vayron qiladi+.
12 Otlar qoya ustida chopa oladimi?Yoki kimdir qoyani ho‘kiz bilan shudgor qila oladimi?
Sizlar haqqoniyatni zaharli o‘simlikka,Adolat mevasini ermanga aylantirdingiz+.
13 Sizlar befoyda narsa uchun quvonib,“O‘z kuchimiz bilan qudratga erishmaganmidik*+?” — deysizlar.
14 Shuning uchun, ey Isroil xonadoni, sizlarga qarshi bir xalqni qo‘zg‘ataman+.Ular sizlarni Levo-Xomatdan*+ to Araba vodiysigacha* ezadi”,— demoqda Qo‘shinlar Sarvari Tangri Yahova.
Izohlar
^ Ehtimol, Yahudo va Isroil shohliklari nazarda tutilgan.
^ So‘zma-so‘z «O‘zimiz uchun muguzlar olmaganmidik».
^ Yoki «Xomatning ostonasidan».