Filimo‘nga 1:1-25
1 Iso Masih nomi uchun mahbus bo‘lgan+ men Pavlus va ukajonimiz Timo‘tiydan+, aziz do‘stimiz va hamkorimiz Filimo‘nga,
2 singlimiz Affiyaga, safdoshimiz Arxippga+ hamda uyingizda yig‘ilayotgan jamoatga salom+.
3 Otamiz Allohdan va Hazrati Iso Masihdan sizlarga inoyat va tinchlik bo‘lsin.
4 Filimo‘n, ibodatlarimda sizni tilga olganimda, hamisha Xudoga minnatdorchilik izhor etib turibman+.
5 Zero Hazrati Isoga hamda muqaddas kishilarga ko‘rsatgan sevgingiz va imoningiz haqida eshitib yuribman.
6 Siz va imondoshlaringiz ega bo‘lgan imon, Masih orqali ancha yaxshilik ko‘rganimizni tushunishingizga undasin, deb duo qilib turibman.
7 Birodarim, sevgingiz menga ko‘p quvonch va tasalli keltirdi, chunki siz orqali muqaddas kishilarning ko‘ngli shod bo‘ldi.
8 Masih nomidan sizga munosib ish qilishni buyurishga haqliman.
9 Lekin men mo‘ysafid hamda ayni vaqtda Iso Masih uchun mahbus bo‘lgan Pavlus, sizdan sevgi bilan o‘tinaman.
10 Iltimosim O‘nisim+ to‘g‘risida. U zanjirbandligimda menga o‘g‘il kabi bo‘lgan+.
11 Ilgari u sizga foydasiz edi, hozir esa sizga ham, menga ham foydalidir.
12 Bu kishini, qalbimning bir parchasi bo‘lgan aynan uni sizga qaytaryapman.
13 Xushxabar uchun mahbus ekanman+, u sizning o‘rningizga menga xizmat qilishini xohlardim.
14 Biroq yaxshiligingiz majburiy emas, balki ixtiyoriy bo‘lsin deya, roziligingizni olmay turib hech narsa qilishni istamayman+.
15 Ehtimol, uning sizdan vaqtincha ayrilgani, uni batamom qabul qilishingiz uchundir.
16 Chunki u oldingizga endi shunchaki qul emas+, balki suyukli birodar sifatida+ qaytmoqda. Ha, men uchun u juda aziz, siz uchun esa qul hamda Hazratimiz xizmatidagi birodar bo‘lgani yanada qadrliroqdir.
17 Shunday ekan, agar meni do‘st deb bilsangiz, uni xuddi meni qabul qilgandek yaxshi kutib oling.
18 Bordi-yu, uning sizga biror yomonligi o‘tgan yoki biror qarzi bo‘lsa, buni mening zimmamga yuklang.
19 Men Pavlus, buni o‘z qo‘lim bilan yozyapman: ha, o‘zim to‘layman. Siz menga o‘z hayotingiz bilan qarzdor ekaningizni esa yodga solishimga hojat yo‘q.
20 Ha, birodarim, Hazratimiz xizmatida sizdan bir foyda ko‘rishimga ijozat bering. Masihning izdoshi sifatida ko‘nglimni shod qiling.
21 Sizning roziligingizga umid bog‘lab, so‘raganimdan ham ortiqrog‘ini bajarishingizni bilgan holda yozyapman.
22 Shu bilan birgalikda, menga turar joy hozirlab qo‘ysangiz, chunki ibodatlaringiz tufayli oldingizga qaytishga* umid qilyapman+.
23 Menga o‘xshab Iso Masihni deb zanjirband bo‘lgan Epafras+ sizga salom aytyapti.
24 Shuningdek, hamkorlarim Mark, Aristarx+, Dimas+ va Luqo+ ham salom yo‘llashyapti.
25 Hazratimiz Iso Masihning inoyati, sizlar namoyon etayotgan ruhiyatingizga yor bo‘lsin.
Izohlar
^ Yoki «sizlar uchun ozod etilishga».