2 Korinfliklarga 6:1-18
6 Xudo bilan birga mehnat qilar ekanmiz+, Uning inoyatini qabul qilib, bu inoyat nima maqsadda ko‘rsatilganini nazardan chetda qoldirmaslikni sizlardan iltimos qilamiz+.
2 Zero Alloh shunday demoqda: «Maqbul vaqtda senga javob berdim, najot kuni senga ko‘maklashdim»+. Mana, ayni maqbul vaqt keldi! Mana, najot kuni keldi!
3 Xizmatimiz nuqsonsiz bo‘lishi uchun, biror narsada boshqalarning qoqinishiga sababchi bo‘lmayapmiz+.
4 Aksincha, har taraflama o‘zimizni Allohning xizmatchilari sifatida tavsiya etyapmiz+. Buni ko‘p sinovlarga chidashda, g‘am-qayg‘ularda, muhtojlikda, qiyinchiliklarda+,
5 kaltaklanganda, qamoqxonalarda+, tartibsizliklarda, zahmatlarda, uyqusiz tunlarda, ovqatsiz qolgan vaqtlarda+,
6 shuningdek, poklikda, bilimda, sabr-toqatda+, mehribonlikda+, muqaddas ruhda, ikkiyuzlamachilikdan xoli sevgida+,
7 rostgo‘ylikda, Xudoning qudratida+, o‘ng va chap qo‘limizda odillik qurollarini+ tutgan holda*,
8 sharaflanganda va sharmandalikda, yomonotliq bo‘lganda va yaxshi nom qozonganda, haqiqatgo‘y bo‘la turib yolg‘onchi hisoblanganimizda,
9 notanishday ko‘rinsak ham tanish bo‘lganimizda, o‘layotganday tuyulsak-da, tirik yurganimiz bilan+, go‘yo jazolanayotganday bo‘lsak-da, o‘limga topshirilmaganimiz bilan+,
10 qayg‘uli ko‘rinsak-da, doimo quvonib yurganimiz bilan, kambag‘al hisoblansak ham, ko‘plarni boyitayotganimiz bilan, hech narsamiz yo‘qdek tuyulsa-da, hamma narsaga ega ekanimiz bilan ko‘rsatyapmiz+.
11 Ey korinfliklar, biz sizlarga ochiqchasiga gapirdik, bag‘rimizni keng ochdik.
12 Biz mehringizdan voz kechmayapmiz+, balki sizlar o‘z mehringizni bizdan darig‘ tutyapsizlar.
13 Sizlarni bolalarimday ko‘rib gapiryapman: sizlar ham shunday yo‘l tutib, bag‘ringizni keng qilinglar+.
14 Imondosh bo‘lmaganlar bilan bitta bo‘yinturuqga* qo‘shilmanglar+. Axir odillik bilan qonunsizlik o‘rtasida qanday umumiylik bor?+ Yoki nur bilan qorong‘ilik o‘rtasida qanday aloqa bo‘lishi mumkin?+
15 Bundan tashqari, Masih bilan Shayton* o‘rtasida qanday birlik bo‘la oladi?+ Yoki Hazratimizga ishongan kishi bilan unga ishonmaydigan odam orasida qanday sheriklik bo‘lishi mumkin?+
16 Shuningdek, Allohning ma’badi bilan butlar o‘rtasida qanday kelishuv bo‘la oladi?+ Biz esa barhayot Xudoning ma’badimiz+. Uning O‘zi shunday degan: «Men ularning orasida yashab+, o‘rtalarida yuraman. Men ularning Xudosi, ular esa Mening xalqim bo‘lishadi»+.
17 «“Shu bois, ularning orasidan chiqinglar, ulardan ayrilib ketinglar,— demoqda Yahova*,— va bundan buyon nopokka qo‘l tekkizmanglar”+; “shunda Men sizlarni qabul qilaman”+.
18 “Men sizlarga Ota bo‘laman+, sizlar esa Menga o‘g‘illar-u qizlar bo‘lasizlar”+,— demoqda Qodir Tangri Yahova*».
Izohlar
^ Ehtimol o‘ng qo‘ldagisi hujum uchun, chap qo‘ldagisi himoyalanish uchun bo‘lgan.
^ So‘zma-so‘z «teng bo‘lmagan bo‘yinturuqga».
^ So‘zma-so‘z «Beliar». Ibr. ma’nosi «yaramas» demakdir.