Solnomalar birinchi kitob 26:1-32
26 Darvozabonlar+ guruhlari quyidagicha edi: Ko‘rax naslidan bo‘lgan Osif o‘g‘illaridan Korining o‘g‘li Mashalmiyo+.
2 Mashalmiyo o‘g‘illari: to‘ng‘ichi Zakariyo, ikkinchisi Yodiyol, uchinchisi Zabadiyo, to‘rtinchisi Yatniyol,
3 beshinchisi Elam, oltinchisi Yohuxanon, yettinchisi Elixo‘nay.
4 Obid-Edom o‘g‘illari: to‘ng‘ichi Shamayo, ikkinchisi Yohuzabad, uchinchisi Yo‘x, to‘rtinchisi Soxor, beshinchisi Natanil,
5 oltinchisi Omiyol, yettinchisi Issaxor, sakkizinchisi Fullatay edi. Xudo Obid-Edomga mana shunday baraka bergan edi.
6 Uning to‘ng‘ichi Shamayodan tug‘ilgan o‘g‘illar kuchli va qobiliyatli bo‘lgani uchun o‘z xonadonlari boshlari bo‘lishdi.
7 Shamayo o‘g‘illari: O‘tnax, Rafail, Obid va Elzabad. Elzabadning aka-ukalari Elixu bilan Samaxiyo ham qobiliyatli kishilar edi.
8 Bularning bari Obid-Edomning o‘g‘illari edi. Ularning o‘zlari, o‘g‘illari hamda aka-ukalari — jami 62 kishi — qobiliyatli va xizmat qilishga yaroqli edi.
9 Mashalmiyoning+ o‘g‘illari va aka-ukalari — jami 18 nafar — qobiliyatli kishilar edi.
10 Marori naslidan bo‘lgan Xo‘sax o‘g‘illari: boshchi Shimri. U to‘ng‘ich bo‘lmasa-da, otasi uni boshchi etib tayinlagan edi.
11 Ikkinchisi Xilqiyo, uchinchisi Tavaliyo, to‘rtinchisi Zakariyo. Xo‘saxning hamma o‘g‘illari va aka-ukalari soni 13 nafarni tashkil etardi.
12 Ushbu darvozabonlar guruhlarida boshchilik qiladiganlarning ham aka-ukalari kabi Yahovaning uyida o‘z vazifalari bor edi.
13 Katta-yu kichik birday o‘z xonadonlari bo‘yicha qur’a tashlab+, qaysi darvozada kim xizmat qilishini aniqlashdi.
14 Qur’a bo‘yicha sharq tomondagi darvoza Shalamiyoga tushdi. Uning o‘g‘li — dono maslahatchi Zakariyo uchun qur’a tashlanganda, unga shimol tomondagi darvoza tushdi.
15 Obid-Edom janub tomondagi darvozani, o‘g‘illari+ esa omborlarni qo‘riqlaydigan bo‘ldi.
16 Shupim bilan Xo‘saxga+ yuqoriga eltadigan katta yo‘l bo‘yidagi Shallexet darvozasi yonidagi g‘arb tomon tushdi. Qo‘riqchilar guruhlari birin-ketin turishdi.
17 Sharq tomonda — oltita levi, shimol tomonda — har kuni to‘rtta, janub tomonda — har kuni to‘rtta. Omborlarni qo‘riqlash uchun+ yonma-yon ikki juft qo‘riqchi qo‘yildi.
18 G‘arb tomondagi peshayvonda — katta yo‘l+ bo‘yida to‘rt kishi, peshayvon oldida ikki kishi turdi.
19 Bular Ko‘rax va Marori o‘g‘illaridan iborat bo‘lgan darvozabonlar guruhlari edi.
20 Levilardan Oxiyo haq Tangrining uyidagi xazinalarga va bag‘ishlangan*+ narsalar saqlanadigan xazinalarga javobgar bo‘ldi.
21 Laden o‘g‘illaridan, ya’ni Gershon avlodidan kelib chiqqan, Ladenga qarashli xonadonlar boshlaridan biri Yoxiyoli+.
22 Yoxiyolining o‘g‘illari Zatom bilan Yo‘el ham Yahovaning uyidagi xazinalarga+ javobgar etib tayinlandi.
23 Imrom, Izxor, Xevron va Uziyoldan kelib chiqqan avlodlardan+,
24 Musoning o‘g‘li Gershomning avlodidan Shavuvol omborlarga bosh nazoratchi etib qo‘yildi.
25 Uning aka-ukalaridan — Eliazarning+ avlodidan Raxaviyo+, Yeshayo, Yoram, Zixri va Shalumo‘t tanlandi.
26 Shalumo‘t bilan aka-ukalari xazinalarga, ya’ni shoh Dovud+, xonadonlar boshlari+, yuzboshi, mingboshi va lashkarboshilar Xudoga bag‘ishlagan+ narsalar saqlanadigan barcha xazinalarga javobgar etib tayinlandi.
27 Ular janglarda+ qo‘lga kiritgan o‘ljalardan+ bir qismini Yahovaning uyini yaxshi holatda saqlash uchun bag‘ishlashardi.
28 Qolaversa, valiy+ Shomuil, Kish o‘g‘li Shoul, Nir o‘g‘li Abnur+ hamda Zeruya o‘g‘li+ Yo‘ab+ Xudoga bag‘ishlagan har qanday narsalarga Shalumit* bilan aka-ukalari javobgar edi.
29 Izxor+ avlodidan kelib chiqqan Xenaniyo va o‘g‘illari Xudoning uyidan tashqaridagi ishlarga mas’ul edi. Ular Isroil ustidan boshliqlar va hakamlar+ sifatida tayinlangan edi.
30 Xevron+ avlodidan kelib chiqqan Xashaviyo va aka-ukalari — jami 1 700 ta qobiliyatli kishi — Iordanning g‘arbiy hududidagi Isroil yerlariga, Yahova hamda shohning barcha ishlarini boshqarish uchun tayinlandi.
31 Xevron avlodidan bo‘lgan Yoriyo+, Xevron naslining xonadon boshi edi. Dovud hukmronligining 40- yili+ Xevron avlodi orasidan kuchli va qobiliyatli kishilar izlanganda, bunday kishilar Giladdagi Yazirdan+ topildi.
32 Yoriyoning har biri xonadonlar boshi bo‘lgan 2 700 ta qobiliyatli aka-ukalari bor edi. Shoh Dovud ularni haq Xudoning va shohning barcha ishlarini bajarish uchun Ruben, Gad qabilalari va Manashe qabilasining yarmi ustidan bosh etib tayinladi.