Shohlar birinchi kitob 31:1-13
-
Shoul bilan uch o‘g‘lining o‘limi (1-13)
31 Filistimliklar Isroilga qarshi jang qilishdi+ va isroillik askarlar ulardan qocha boshlashdi. Filistimliklar esa ulardan ko‘pini Gilbova tog‘ida+ qirg‘in qilishdi.
2 Filistimliklar Shoul bilan uning o‘g‘illari+ izidan tushib, Shoulning o‘g‘illari Yo‘natan+, Abunadov va Malkishuvani o‘ldirdilar.
3 Shoulga qarshi jang qizg‘in tus oldi va kamonchilar unga o‘q otib, uni og‘ir yaraladilar+.
4 Shoul qurolbardoriga: «Qilichingni sug‘ur-da, menga sanch. Yo‘qsa, bu sunnatsizlar+ kelib, meni xo‘rlaydi»,— deb aytdi. Lekin qattiq qo‘rqqanidan qurolbardorining bunday qilishga yuragi dov bermadi. Shunda Shoul qilichini oldi-da, ustiga o‘zini tashladi+.
5 Shoul o‘lganini ko‘rib+, qurolbardori ham o‘zini qilichi ustiga tashladi-da, u bilan birga halok bo‘ldi.
6 Shunday qilib, Shoul, uning uch o‘g‘li, qurolbardori va barcha odamlari o‘sha kuni halok bo‘ldi+.
7 Vodiydagi va Iordan hududidagi isroilliklar Isroil jangchilari qochganini, Shoul bilan o‘g‘illari esa halok bo‘lganini ko‘rganda, shaharlarini tashlab qocha boshlashdi+. Filistimliklar esa kelib, shaharlarni bosib olishdi.
8 Ertasi kuni filistimliklar o‘ldirilganlarning narsalarini talon-toroj qilgani kelishganda, Gilbova tog‘ida+ Shoul bilan uchta o‘g‘lining o‘ligini topishdi.
9 Ular Shoulning boshini kesib, qurol-aslahalarini olishdi-da, bu haqda butxonalarida+ va xalq orasida e’lon etilishi uchun+, butun Filist yurti bo‘ylab xabar yuborishdi.
10 Shoulning qurol-aslahasini Ashtaret* ibodatxonasiga qo‘yishdi, jasadini esa Bayt-Shan+ devoriga osishdi.
11 Yobosh-Gilad+ aholisi filistimliklar Shoul bilan nima qilishganini eshitganda,
12 barcha jangchilar o‘rinlaridan turib, tuni bilan yo‘l yurishdi. Ular Shoul bilan o‘g‘illarining jasadlarini Bayt-Shan devoridan tushirishdi. So‘ng Yoboshga qaytib, jasadlarni o‘sha yerda kuydirishdi.
13 Keyin ularning suyaklarini olib+, Yoboshdagi yulg‘un daraxti tagiga dafn etishdi+ va yetti kun ro‘za tutishdi.
Izohlar
^ Yoki «Astarta, Ishtar».