Shohlar birinchi kitob 29:1-11

  • Filistimliklar Dovuddan shubhalanishadi (1-11)

29  Filistimliklar+ butun qo‘shinini Ofoqga to‘plashdi. Isroilliklar esa Yizrildagi+ buloq oldida qarorgoh qurishdi.  Filistimlik beklar yuzta va mingta askardan tarkib topgan guruhlari bilan birga kelayotgan edilar. Dovud va odamlari esa orqada Oxish+ bilan birga kelayotgan edi.  Filistimlik beklar: «Manavi ibroniylar bu yerda nima qilib yuribdi?» — deb so‘rashdi. Oxish ularga: «Bu, Isroil shohi Shoulning xizmatkori Dovud. U yonimda yurganiga bir yildan oshib qoldi+. U huzurimga qochib kelgandan to shu kungacha, men undan hech qanday yomonlik ko‘rmadim»,— deya javob berdi.  Ammo filistimlik beklarning achchig‘i chiqib, Oxishga bunday deyishdi: «Uni orqaga qaytaring+, siz unga ajratib bergan joyga qaytib ketsin. U biz bilan birga jangga bormasin, aks holda, jang paytida bizga qarshi chiqishi mumkin+. Axir u uchun bu qulay fursat emasmi? U odamlarimizning kallalarini hukmdoriga tortiq etish orqali uning ko‘nglini topishga urinmaydimi?  U haqda qo‘shiqlar aytib, raqsga tushib: “Shoul minglab dushmanlarni o‘ldirdi,Dovud esa o‘n minglab dushmanlarni o‘ldirdi”+,— deb aytishgan Dovud shu emasmi?»  Shunda Oxish+ Dovudni chaqirib, unga: «Barhayot Xudo Yahova haqqi qasam ichib aytamanki, sen to‘g‘ri odamsan, chunki huzurimga kelganingdan to shu kungacha, men sendan hech qanday yomonlik ko‘rmadim+. Qo‘shinim bilan birga jangga borishingni xohlagan edim+, ammo beklar senga ishonmayapti+.  Shunday ekan, tinchgina orqangga qaytaqol, tag‘in filistimlik beklarning jahlini chiqaradigan biron ish qilib qo‘yma»,— deb aytdi.  Dovud bo‘lsa Oxishga: «Axir men nima qildim? Xizmatkoringiz huzuringizga kelganidan to shu kungacha, siz undan qanday yomonlik ko‘rdingiz? Nega men siz bilan birga bora olmayman? Nega shoh hazratlarining dushmanlariga qarshi jang qilmasligim kerak?» — dedi.  Oxish Dovudga: «Sen Xudoning farishtasiday pok ekaningga aminman+. Lekin filistimlik beklar: “U biz bilan birga jangga bormasin”,— deb aytishyapti. 10  Shu bois, o‘zing ham, sen bilan kelgan odamlar ham ertalab turinglar-da, tong yorishishi bilanoq saharda ketaqolinglar»,— deya javob berdi. 11  Dovud odamlari bilan birga erta tongda turib, filistimliklar yurtiga qaytdi. Filistimliklar esa Yizrilga+ yo‘l olishdi.

Izohlar