1 Korinfliklarga 9:1-27

  • Pavlusning havoriy sifatidagi o‘rnagi (1-27)

    • «G‘alla yanchayotgan ho‘kizning og‘zini bog‘lamang» (9)

    • «Xushxabarni e’lon etmasam, mening holimga voy!» (16)

    • «Har turli insonlar uchun hamma narsa bo‘ldim» (19-23)

    • Musobaqada qatnashuvchilar o‘zlarini tiyishadi (24-27)

9  Mening ixtiyorim o‘zimda emasmi? Axir men havoriy emasmanmi? Hazratimiz Isoni ko‘rmaganmanmi?+ Sizlar esa Hazratimiz yo‘lida qilgan mehnatimning samarasi emasmisizlar?  Bordi-yu, men boshqalar uchun havoriy bo‘lmasam-da, sizlar uchun havoriy ekanim aniq, chunki sizlar Hazratimiz uchun havoriylik qilayotganimni tasdiqlovchi muhrsizlar.  Meni hukm qilmoqchi bo‘lganlar oldida o‘zimni himoya qilib shuni aytaman:  bizning yeb-ichishga haqqimiz bor, shunday emasmi?  Nahotki biz ham boshqa havoriylar kabi, shuningdek, Hazratimizning ukalari+ va Kifa*+ singari imondoshimizga uylanib, uni o‘zimiz bilan olib yurishga haqqimiz+ bo‘lmasa?  Yoki faqat Barnabo+ va men biror joyda ishlamay kun kechirish huquqidan mahrummizmi?  Qaysi askar o‘z hisobidan xizmat qiladi? Kim tok o‘tqazib, uning mevasidan yemaydi?+ Yoki poda boqib, uning sutini ichmaydigan odam bormi?  Men buni inson nuqtai nazari bilan gapiryapmanmi? Axir Tavrotda ham shu haqda aytilmaganmi?  Mana, Musoning Tavrot kitobida nima yozilgan: «G‘alla yanchayotgan ho‘kizning og‘zini bog‘lamang»+. Sizningcha, Alloh ho‘kizlar uchun qayg‘uryaptimi? 10  Yoki buni biz uchun aytganmi? Albatta biz uchun yozilgan, chunki shudgor qilayotgan ham, g‘alla yanchayotgan ham o‘z ulushini olish umidida mehnat qilishi zarur. 11  Agar biz sizlarda ma’naviy narsalarni ekib, moddiy ehtiyojlarimiz uchun hosil o‘rib olsak, nohaqlik qilgan bo‘lamizmi?+ 12  Boshqalarning bunga haqqi bor ekan, bizning yanada ko‘proq haqqimiz bor, shunday emasmi? Ammo biz bu huquqdan foydalanmay+, Masih to‘g‘risidagi xushxabarning yoyilishiga hech narsa to‘sqinlik qilmasligi uchun hammasiga chidab kelyapmiz+. 13  Muqaddas vazifani bajarayotganlar ma’baddagi narsalardan iste’mol qilishlarini va qurbongoh oldida muntazam xizmat qilayotganlar qurbonlikdan ulush olishlarini bilmaysizlarmi?+ 14  Xushxabarni e’lon qilayotganlar ham Hazratimiz bergan ko‘rsatmaga muvofiq shu ish orqali kun kechirishadi+. 15  Men esa bu huquqlarimdan umuman foydalanmadim+. Hozir ham ulardan foydalanish niyatida yozayotganim yo‘q. Bunday qilishdan ko‘ra o‘lganim yaxshi. Maqtanib aytgan bu so‘zlarimni birov aslo puchga chiqara olmaydi!+ 16  Agar xushxabarni e’lon qilayotgan bo‘lsam, bu bilan maqtanishimga asos yo‘q, chunki bu mening burchimdir. Aksincha, xushxabarni e’lon etmasam, mening holimga voy!+ 17  Buni chin ko‘ngildan bajarsam, mukofot olaman. Bordi-yu, ixtiyoriy ravishda qilmasam ham bu mas’uliyat menga ishonib topshirilgan+. 18  Unday bo‘lsa mukofotim nima ekan? Xushxabarni e’lon etayotib, bu tufayli ega bo‘lgan huquqimdan to‘lig‘icha foydalanmay, xizmatimni xolisona ado etsam, shu mening mukofotim bo‘ladi. 19  Shuning uchun, garchi hech kimning oldida burchli bo‘lmasam-da, iloji boricha ko‘proq odamlarni Masihning yo‘liga olib kelay deb, o‘zimni hammaga qul qildim. 20  Xullas, yahudiylarni Masihning yo‘liga olib kelay deb, ular uchun yahudiy kabi bo‘ldim+. O‘zim qonunga tobe bo‘lmasam ham, qonunga tobe bo‘lganlarni Masihning yo‘liga olib kelay deb, ular uchun qonunga tobe kishilarday bo‘ldim+. 21  Tavrotga tobe bo‘lmaganlarni Masihning yo‘liga olib kelay deb, ular uchun qonunsizday bo‘ldim. Aslida men Xudo oldida qonunsiz emasman, balki Masihning qonuniga+ tobeman. 22  Zaiflarni Masihning yo‘liga olib kelay deb, ular uchun zaif odamday bo‘ldim+. Hech bo‘lmasa ayrimlarni qutqarib qolay deb, har turli insonlar uchun hamma narsa bo‘ldim. 23  Bularning barini xushxabar uchun, ya’ni uni boshqalar bilan baham ko‘rish niyatida qilyapman+. 24  Musobaqada qatnashuvchilarning hammasi yuguradi-yu, sovrinni faqat bittasi oladi. Nahotki shuni ham bilmasangizlar? Sizlar ham shunday chopingki, sovrinni qo‘lga kirita oling+. 25  Musobaqada qatnashuvchilar hamma narsadan o‘zlarini tiyishadi. Faqat ular oladigan toj chirib ketadi+, biz olishga intilayotgan toj esa chirimaydi+. 26  Shuning uchun, men maqsadsiz chopmayapman+. Havoga urganday befoyda zarba bermayapman. 27  Ammo boshqalarga xushxabarni aytib yurib, o‘zim Xudoga noma’qul bo‘lib qolmay deb, tanamni savalab+, uni qulday nazorat qilyapman.

Izohlar

Havoriy Butrusning boshqa ismi.