Tangrining irodasi qanday?
Xudo yer yuzidagi jannatda toabad tinch va baxtli hayot kechirishimizni istaydi!
«Buning imkoni bormi o‘zi?» deb hayron bo‘layotgandirsiz. Muqaddas Kitobda aytilishicha, Xudoning Shohligi buni ro‘yobga chiqaradi. Xudo barcha odamlar Uning Shohligi va bizga nisbatan niyati qanaqa ekanligini bilib olishlarini istaydi. (Zabur 37:11, 29; Ishayo 9:7)
Tangri baxtli bo‘lishimizni istaydi.
Yaxshi ota farzandlarining manfaatini ko‘zlaganidek, samoviy Otamiz ham cheksiz baxtga erishishimizni xohlaydi. (Ishayo 48:17, 18) Chunki Uning O‘zi: «Xudoning irodasini bajarayotgan kishi esa abadiy yashaydi»,— deb va’da qilgan. (1 Yuhanno 2:17)
Alloh Uning yo‘llaridan yurishimizni istaydi.
Muqaddas Kitobda aytilganidek, «Uning so‘qmoqlaridan» yurishimiz uchun Xudo bizga «O‘z yo‘llarini» o‘rgatishni xohlaydi. (Ishayo 2:2, 3) Bundan tashqari, Tangri irodasini butun yer yuzida yashovchilarga ma’lum qilish uchun, «O‘z ismi bilan ataladigan xalqni» tanladi. (Havoriylar 15:14)
Xudo Unga yakdil bo‘lib topinishimizni istaydi.
Tangri Yahovaga bo‘lgan sof topinish odamlarni bir-biridan ajratib yubormaydi, aksincha, ularni mehr-muhabbat rishtalari bilan birlashtiradi. (Yuhanno 13:35) Qiziq, dunyo bo‘ylab erkagu ayollarni Xudoga yakdil bo‘lib xizmat qilishga kim o‘rgatyapti? Biz sizni bu risola yordamida ushbu savolga javob topishga taklif qilamiz.