30- BOB
Qo‘rquvni qanday yengish mumkin?
YAHOVAGA xizmat qilish oson, deb o‘ylaysizmi? ~ Ulug‘ Ustozimiz, bu oson bo‘ladi, deb aytmagan. Iso o‘ldirilishidan bir kun oldin havoriylariga shunday degan: «Bordi-yu, dunyo sizdan nafratlansa, bilingki, sizlardan avval u mendan nafratlangan» (Yuhanno 15:18).
Butrus hech qachon Isoni tashlab ketmayman, deb maqtangandi. Ammo Iso: «Mendan shu kechaning o‘zidayoq uch marta tonasan»,— dedi. Haqiqatdan ham Butrus shunday qildi! (Matto 26:31–35, 69–75). Bu qanday yuz berdi? ~ Sababi, Butrus va boshqa havoriylar qo‘rqib ketishgandi.
Nega havoriylar qo‘rqib ketishganini bilasizmi? ~ Ular o‘ta muhim narsani e’tibordan chetda qoldirishdi. Buni bilish, nima bo‘lishiga qaramay Yahovaga xizmat qilishimizga yordam beradi. Ammo, avvaliga Iso o‘ldirilishidan bir kun oldin nima sodir bo‘lganini bilib olishimiz kerak.
Iso havoriylari bilan birgalikda Fisih bayramini nishonladi. Har yili bu bayram o‘tkazilayotganda maxsus taom tayyorlanardi. Shunday qilib, Xudo o‘z xalqini Misr qulligidan ozod qilganini eslashardi. O‘shanda Iso o‘zgacha bir marosim uyushtirdi. Keyingi boblarning biridan, bu o‘zgacha marosim Isoni eslab turishimizga yordam berishini bilib olamiz. Bu marosimda Iso havoriylarini qo‘llab-quvvatlab, dalda berdi. Keyin ulardan ayrimlarini Getsemaniya bog‘iga olib ketdi. Bu ularning yaxshi ko‘rgan va tez-tez borib turadigan joyi edi.
Matto 26:36–47). Bilasizmi nega ular ibodat qilib hushyor bo‘lib turishlari kerak edi? ~ Keling, bilib olamiz.
Iso shogirdlarini bir joyda qoldirib, yolg‘iz o‘zi ibodat qilishga ketdi. U Butrus, Yoqub va Yuhannoni ham ibodat qilib turishga undadi. Lekin ular uxlab qolishdi. Shunday qilib, Iso uch marta ibodat qilib qaytib kelganda ularni uxlayotgan holda ko‘rdi (Iso havoriylari bilan Fisih bayramini nishonlagan kechada Yahudo Ishqariyot ham o‘sha yerda edi. Esingizda bo‘lsa, u o‘g‘riga aylangan edi. Endi esa Yahudo sotqinga aylanadi. U Isoning havoriylari bilan Getsemaniya bog‘ida tez-tez uchrashib turadigan joyni bilardi. Shunday qilib u, o‘sha yerga Isoni hibsga olish uchun askarlarni boshlab keldi. Ularni ko‘rib Iso: «Kimni qidiryapsizlar?» — deb so‘radi.
Askarlar: «Isoni»,— deb javob berishdi. Iso ulardan qo‘rqmasdan: «O‘sha menman»,— dedi. Shunda askarlar Isoning jasoratini ko‘rib, lol qolishdi va orqaga chekinib, yerga yiqilishdi. Keyin Iso davom etib: «Agar meni qidirayotgan bo‘lsangizlar, shogirdlarimni qo‘yib yuboringlar»,— dedi (Yuhanno 18:1–9).
Askarlar Isoni tutib olib, qo‘llarini bog‘lashdi. Havoriylar esa qo‘rqqanlaridan qochib ketishdi. Biroq Butrus bilan Yuhanno endi nima bo‘larkin, deb uni kuzatib borishdi. Shunday qilib, Isoni oliy ruhoniy Kayafaning uyiga olib kelishdi. Yuhanno oliy ruhoniy bilan tanish bo‘lgani uchun cho‘ri qiz uni hamda Butrusni hovliga kirgizdi.
Ruhoniylar Kayafaning uyida allaqachon yig‘ilishgan edi. Ular Isoni o‘limga hukm qilishga tayyor edilar. Shuning uchun ular Iso to‘g‘risida yolg‘on gapiruvchi guvohlarni olib kelishdi. Isoga musht tushirib, yuzlariga tarsaki solishardi. Butun shu payt davomida Butrus yaqin atrofda edi.
Butrus bilan Yuhannoni kirgizgan cho‘ri qiz Butrusni tanidi. Qiz unga: «Sen ham Iso bilan birga eding»,— deb aytdi. Lekin Butrus Matto 26:57–75; Luqo 22:54–62; Yuhanno 18:15–27).
inkor etib, Isoni tanimasligini aytdi. Keyin boshqa bir cho‘ri qiz Butrusni tanib, yonidagilarga: «Bu kishi Iso bilan birga edi»,— dedi. Ammo bu safar ham Butrus Isoni rad etib, uni tanimasligini aytdi. Bir ozdan so‘ng yana bir necha kishi Butrusning oldiga kelib: «Sen aniq ulardan birisan»,— deyishdi. Uchinchi marta ham Butrus Ustozidan tonib: «Men bu kishini tanimayman»,— dedi. Butrus, odamlar unga ishonsin, deya hatto qasam ichdi va o‘sha paytda Iso qayrilib Butrusga qaradi (Butrus nimaga yolg‘on gapirganini bilasizmi? ~ To‘g‘ri, u qo‘rqib ketdi. Nima sababdan? Qanaqasiga unga jasorat yetmadi? Keling, o‘ylab ko‘ramiz. Isoga jasoratli bo‘lishga nima yordam bergan? ~ Iso Xudoga ibodat qilgan va U Isoga jasoratli bo‘lishga yordam bergan. Iso, Butrusga ibodat qilib hushyor bo‘lib turishini uch marta aytgani yodingizdami? Biroq, Butrus nima qildi? ~
U har safar uxlab qolardi. U hushyor bo‘lmasdan, ibodat qilmagan. Shuning uchun Isoni hibsga olishganda u o‘zini yo‘qotib qo‘ydi.
Keyinroq, Isoni urishayotganini va hatto uni o‘ldirishmoqchi ekanliklarini eshitib Butrus qattiq qo‘rqib ketdi. Biroq Iso bir necha soat oldin havoriylarini nima deb ogohlantirgandi? ~ Ulug‘ Ustozimiz, dunyo undan nafratlanganidek, shogirdlaridan ham nafratlanishini aytgan edi.Biz ham Butrusnikiga o‘xshash vaziyatga tushib qolishimiz mumkin. Keling shu haqda o‘ylab ko‘ramiz. Tasavvur qiling, ayrim sinfdoshlaringiz madhiya kuylamayotgan va yangi yilni nishonlamayotganlarni yomonlayaptilar. Shu payt bittasi qayrilib sizga: «Sen ham madhiya kuylamaysanmi?» yoki «Eshitishimizcha, sen hatto yangi
yilni ham nishonlamas ekansan!» — deb aytsa, qo‘rqmasdan rostini ayta olasizmi? ~ Yoki Butrusga o‘xshab yolg‘on gapirasizmi? ~Keyinroq Butrus Isodan tonganidan juda ham afsuslandi. U nima qilib qo‘yganini tushunganidan keyin tashqariga chiqib achchiq yig‘lab yubordi. Ha, u tavba qilib, yana Isoga qaytdi (Luqo 22:32). Keling, bir o‘ylab ko‘raylik. Butrus kabi qo‘rqib ketmasligimizga nima yordam beradi? ~ Butrus hushyor bo‘lmasdan, ibodat qilmaganligi qanday oqibatga olib kelganini yodda tutaylik. Demak, Ulug‘ Ustozning shogirdi bo‘lish uchun nima qilishimiz kerak? ~
Albatta, Yahovadan yordam so‘rab ibodat qilishimiz kerak. Bilasizmi, Xudo Isoning ibodatiga qanday javob bergan? ~ U Isoni qo‘llab-quvvatlash uchun farishtasini yuborgan (Luqo 22:43). Farishtalar bizga ham yordam bera olishadimi? ~ Muqaddas Kitobda aytilishicha: «Egamizdan qo‘rqqanlarning atrofida Egamizning farishtasi qarorgoh qurib, ularga najot baxsh etadi» (Zabur 33:8). Biroq, Yahovadan yordam olish uchun faqat ibodat qilishning o‘zi yetarli emas. Bizdan yana nima talab qilinadi, bilasizmi? ~ Iso shogirdlarini hushyor bo‘lib turishga undagan. Bunday yo‘l tutishimizga nima yordam beradi? ~
Yig‘ilishlarimizda diqqat bilan tinglash va Muqaddas Kitobdan o‘qiyotganlarimizning qadriga yetishimiz zarur. Bundan tashqari, xizmatimizni davom ettirish uchun Yahovaga muntazam ravishda ibodat qilib yordam so‘rashimiz kerak. Shunday yo‘l tutsak, Yahova bizga qo‘rquvni yengishimizga yordam beradi. Shunda qulay fursat tug‘ilganda, Yahova hamda Ulug‘ Ustozimiz haqida boshqalarga aytib berishdan xursand bo‘lamiz.
Quyida keltirilgan oyatlar hech qachon boshqalardan qo‘rqmasdan, to‘g‘ri yo‘l tutishimizga yordam beradi: Hikmatlar 29:25; Yeremiyo 26:12–15, 20–24 va Yuhanno 12:42, 43.