Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

5-QISM

Buyuk To‘fon. Kim Xudoga quloq soldi? Kim quloq solmadi?

Buyuk To‘fon. Kim Xudoga quloq soldi? Kim quloq solmadi?

Nuh davrida ko‘pchilik yomon ishlar qilardi. Ibtido 6:5

Odamato va Momohavo farzandli bo‘lib, yer yuzida odamzod ko‘paydi. Oradan vaqt o‘tib, ba’zi farishtalar Shaytonning isyoniga qo‘shildi.

Ular ayollarga uylanish uchun yerga tushib, inson qiyofasiga kirishdi. Keyin o‘sha ayollar ulardan bola ko‘rishdi. Bu bolalar esa nihoyatda kuchli va shafqatsiz devqomatlar bo‘lib ulg‘ayishdi.

Dunyo yomonlik qiladigan insonlarga to‘lib ketdi. Muqaddas Kitobda: «Yahova, yer yuzida odamlar qabihlikka botib ketganini, ularning qalbidagi niyatlari doim yomon ekanini ko‘rdi»,— deb aytilgan.

Nuh Xudoga quloq solib, kema qurdi. Ibtido 6:13, 14, 18, 19, 22

Nuh yaxshi inson edi. Tangri Yahova kuchli to‘fon yuborib, odamlarni yer yuzidan qirib tashlamoqchi ekanini unga aytdi.

Bundan tashqari, Xudo Nuhga katta kema qurib, ichiga oilasini va turli xil hayvonlarni kirgizishni buyurdi.

Nuh odamlarni to‘fon bo‘lishi haqida ogohlantirdi, ammo ular quloq solishmadi. Ayrimlari Nuhning ustidan kuldi, boshqalari esa undan nafratlanishdi.

Kemaning qurilishi tugatilgach, Nuh uning ichiga hayvonlarni kirgizdi.