Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

19B RAMKASI

Oqib chiqayotgan suv daryoga aylanadi!

Oqib chiqayotgan suv daryoga aylanadi!

Hizqiyo vahiyda Yahovaning ma’badidan oqib chiqayotgan suv mo‘jizaviy tarzda bor yo‘g‘i 2 kilometrcha narida daryoga aylanganini ko‘rgan! Daryo bo‘yida ozuqa va shifo bo‘ladigan daraxtlar gurkirab o‘sayotgan edi. Bularning bari qanday ma’noga ega?

Barakalar keltiruvchi daryo

QADIMDA. Surgunda bo‘lganlar ona yurtiga qaytgach, ma’badda yana pok tarzda topinishni boshlaganida Yahova ularga barakalar yog‘dirgan

BIZNING DAVRIMIZDA. Pok topinish 1919-yili tiklanganidan beri Xudoning sadoqatli xizmatchilari behisob ma’naviy barakalar olmoqda

KELAJAKDA. Armageddondan so‘ng Yahova bizga ham jismoniy, ham ma’naviy tomonlama barakalar yog‘diradi

Hayotbaxsh suv

QADIMDA. Yahova itoatkor xalqiga ularning soni ko‘payib borgan bo‘lsa-da, mo‘l-ko‘l barakalar yog‘dirgan va ular ma’nan gullab-yashnagan

BIZNING DAVRIMIZDA. Kengayib borayotgan ma’naviy jannatda borgan sari ko‘proq odamlar Yahova yog‘dirayotgan ma’naviy barakalardan foyda olib, ma’nan tirilmoqda

KELAJAKDA. Armageddondan omon qolganlarga millionlab tirilgan insonlar qo‘shiladi va Yahovaning barakalari hamma uchun yetarli bo‘ladi

Ozuqa va shifo bo‘ladigan daraxtlar

QADIMDA. Yahova ona yurtiga qaytgan sadoqatli xalqini ma’nan oziqlantirgan. Shuningdek, Xudo ularga butparastlikni va soxta topinish bilan bog‘liq hamma narsani rad etishga ko‘maklashgan

BIZNING DAVRIMIZDA. Mo‘l-ko‘l ma’naviy ozuqa Xudoning xalqiga hozir dunyoda keng tarqalgan ma’naviy kasalliklar va ochlikdan saqlanishga ko‘maklashyapti

KELAJAKDA. Masih va u bilan hukmronlik qiladigan 144 000 kishi itoatkor insoniyatga mukammallikka erishishga va sog‘lom bo‘lib abadiy hayotdan bahra olishga yordam berishadi