Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

Yetakchi kengashdan xat

Yetakchi kengashdan xat

«Muallim bo‘lishingiz kerak». (Ibron. 5:12) Bir tasavvur qiling, koinotdagi eng Buyuk Ustoz bo‘lmish Yahova bizni boshqalarga U haqida ta’lim berishga taklif qilyapti! Oilada, jamoatda yoki va’zgo‘ylik xizmatida Tangri Yahova haqida ta’lim berish ham sharafli, ham mas’uliyatli vazifadir. Xo‘sh, qay yo‘sin bunda muvaffaqiyatli bo‘la olamiz?

Buning javobini havoriy Pavlus Timo‘tiyga yo‘llagan maktubdan topishimiz mumkin. U quyidagicha degan: «Omma oldida g‘ayrat bilan Muqaddas Yozuvlarni o‘qishda, nasihat qilishda va boshqalarga ta’lim berishda davom et». Pavlus shunday qo‘shib qo‘ygan: «Bunday yo‘l tutaversang, ham o‘zingni, ham seni tinglayotganlarni qutqarasan». (1 Tim. 4:13, 16) Siz bo‘lishayotgan xabar insonlarning hayotini saqlab qoladi. Shuning uchun, qiroat qilish va ta’lim berish mahoratingiz ustida ishlash muhim. Bunda sizga yordam berish uchun ushbu risola tayyorlandi. Uning bir nechta xususiyatlarini ko‘rib chiqaylik.

Har bir sahifada oyat keltiriladi. U yerda Muqaddas Kitobdagi prinsip yoki misol o‘rganayotgan mavzu bilan qanday bog‘liq ekanligi aytib o‘tiladi

Tangri Yahova «Buyuk Ustoz»dir. (Ishayo 30:20) Ushbu risola yordamida o‘qish va ta’lim berish mahoratingizni charxlar ekansiz, shuni unutmangki, biz va’z qilayotgan xabarning Manbai Yahovadir va U odamlarni O‘ziga jalb qiladi. (Yuhan. 6:44) Shunday ekan, muqaddas ruh so‘rab ibodat qiling. Xudoning Kalomidan ko‘proq foydalaning. Odamlarning e’tiborini o‘zingizga emas, Yahovaga qarating. Tinglovchilaringizning qalbida Unga nisbatan kuchli sevgini uyg‘otishga jon kuydiring.

Insoniyat tarixidagi eng muhim xabarni yetkazish uchun taklif qilingansiz. Shunda aminmizki, «Xudo bergan kuchga» tayansangiz, muvaffaqiyatga erishasiz. (1 Butr. 4:11)

Hamkorlaringiz,

Yahova Shohidlarining Yetakchi kengashi