9-bo‘limga kirish so‘zlari
Bu bo‘limda Yahovaga nisbatan kuchli imonni namoyon etgan yoshlar, payg‘ambarlar va shohlar haqida bilib olamiz. Suriyaga asir qilib olib ketilgan qizcha Yahovaning payg‘ambari No‘monni davolay olishiga ishongan. Elishay payg‘ambar esa Yahova uni dushman qo‘shinidan himoya qilishiga amin bo‘lgan. Oliy ruhoniy Yohayido hayotini xavf ostiga qo‘yib, kichkintoy Yo‘shni yovuz buvisi Otaliyodan himoya qilgan. Shoh Hizqiyo Yahova Quddusni himoya qilishiga va ossuriyaliklar qo‘liga berib qo‘ymasligiga amin bo‘lgan. Shoh Yo‘shiyo yurtni butparastlikdan tozalagan, ma’badni qayta tiklagan va xalqni haq topinishga boshlagan.
USHBU BOʻLIMDA
52-DARS
Yahovaning otashli qo‘shini
Qanday qilib Elishayning xizmatchisi ular bilan bo‘lganlar dushmanlardan ko‘proq ekanini ko‘rdi
54-DARS
Yahova Yunusga sabr-toqat ko‘rsatadi
Qanday qilib bir payg‘ambarni baliq yutib yubordi? U qanday tirik qoldi? Yahova unga qanday saboq berdi?
55-DARS
Yahovaning farishtasi Hizqiyoni himoyalaydi
Yahudoning dushmanlari Yahova O‘z xalqini himoya qilmaydi, deb qattiq adashadi!
56-DARS
Yo‘shiyo Xudoning Qonunini yaxshi ko‘rardi
Yo‘shiyo sakkiz yoshida Yahudoning shohi bo‘ldi va xalq Yahovaga topinishiga yordamlashdi.