8-bo‘limga kirish so‘zlari
Yahova Sulaymonga donolik va ma’bad qurish sharafini berdi. Biroq sekin-asta u Yahovadan yuz o‘girdi. Ota-ona bo‘lsangiz, Sulaymon Yahovadan uzoqlashishiga butparast odamlar sababchi bo‘lganini bolangizga tushuntiring. Shohlik bo‘linib ketdi va yovuz shohlar xalqni murtadlikka hamda butlarga sig‘inishga boshladi. O‘sha davrda Yahovaning ko‘plab sodiq payg‘ambarlari ta’qib qilindi va o‘ldirildi. Malika Izabel tufayli shimoliy Isroil shohligi murtadlikka mukkasidan ketdi. Bu Isroil tarixidagi qora kunlar edi. Lekin isroilliklar orasida Yahovaning ko‘p sodiq xizmatchilari bor edi. Shoh Yohushafat va Ilyos payg‘ambar ular jumlasidan.
USHBU BOʻLIMDA
44-DARS
Yahovaga atalgan ma’bad
Shoh Sulaymonning iltimosi Xudoga ma’qul keladi va U Sulaymonni buyuk sharafga loyiq deb topadi.
49-DARS
Yovuz malika jazolanadi
Izabel Navo‘tning uzumzorini o‘g‘irlash uchun uni o‘ldirish fitnasini tuzadi. Izabelning yovuzligi Yahovaning nazaridan chetda qolmaydi.
50-DARS
Yahova Yohushafatni himoya qiladi
Dushman xalqlar Yahudoga xavf solganida yaxshi shoh Yohushafat Xudodan yordam so‘rab ibodat qiladi.