Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

3-bo‘limga kirish so‘zlari

3-bo‘limga kirish so‘zlari

Muqaddas Kitobda To‘fondan keyingi yillarda Yahovaga xizmat qilgan juda oz kishining ismi tilga olingan. Ulardan biri Ibrohim edi va u Yahovaning do‘sti deb tanilgan. Nega u Yahovaning do‘sti deb atalgan? Agar ota-ona bo‘lsangiz, farzandingizga Yahova shaxsan u bilan qiziqishini va unga yordam berishni istashini tushuntiring. Ibrohim, Lut va Yoqubday sadoqatli insonlar kabi biz ham Yahovadan bemalol yordam so‘rasak bo‘ladi. Yahova bergan har bitta va’dasining ustidan chiqishiga amin bo‘lishimiz mumkin.

USHBU BOʻLIMDA

7-DARS

Bobil minorasi

Ba’zi odamlar shahar va osmono‘par minora qurishga qaror qilishdi. Nega Xudo odamlarni har xil tilda gapiradigan qilib qo‘ydi?

8-DARS

Ibrohim va Sora Xudoga quloq soladi

Nega Ibrohim va Sora shahardagi hayotni Kan’on yurtida musofir bo‘lib yurishga almashtirishdi?

9-DARS

Uzoq kutilgan o‘g‘il!

Xudo Ibrohimga bergan va’dasini qanday amalga oshirdi? Bu va’da Ibrohimning qaysi o‘g‘liga taalluqli: Is’hoqqami yoki Ismoilgami?

10-DARS

Lutning xotini esingizda bo‘lsin

Xudo Sado‘m va G‘amo‘ra ustiga oltingugurt va olov yog‘dirdi. Nima uchun bu shaharlar vayron bo‘ldi? Nega biz Lutning xotinini esimizda saqlashimiz kerak?

11-DARS

Ibrohimning imoni sinaladi

Tangri Ibrohimga: «Yakka-yu yagona o‘g‘lingni olgin-da, Moriyoxdagi tog‘da uni qurbonlikka keltir»,— deb aytdi. Ibrohim bu sinovdan qanday o‘tdi?

12-DARS

Yoqub merosni qo‘lga kiritadi

Is’hoq va Rivqo Esov va Yoqub ismli egizak o‘g‘illar ko‘rishdi. Esov birinchi tug‘ilgani uchun o‘zgacha meros olishga haqli edi. Nega u merosini bir kosa ovqatga sotib yubordi?

13-DARS

Yoqub bilan Esov yarashadi

Yoqub farishtadan qay yo‘sin duo olgan? U Esov bilan qanday yarashgan?