Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

81-DARS

Tog‘dagi va’z

Tog‘dagi va’z

Iso 12 ta havoriyni tanlaganidan so‘ng, tog‘dan tushib xaloyiq to‘plangan joyga bordi. Bu odamlar Jalila, Yahudiya, Tir, Sidon, Suriya va Iordanning narigi tomonidan kelishgan edi. Ular kasallikdan azob chekayotgan va jinga chalingan odamlarni o‘zlari bilan olib kelishgandi. Iso ularning barini sog‘aytirdi. Keyin u tog‘ yonbag‘riga o‘tirib gapira boshladi. Agar Xudoning do‘sti bo‘lishni istasak, nima qilishimiz kerakligini tushuntirdi. Buning uchun Yahovaga muhtoj ekanimizni tan olib, Uni sevishni o‘rganishimiz darkor. Lekin boshqa insonlarni yaxshi ko‘rmasak, Yahovani yaxshi ko‘ra olmaymiz. Hammaga, hatto dushmanlarimizga nisbatan ham mehribon va adolatli bo‘lishimiz lozim.

Iso shunday dedi: «Faqat do‘stlaringizni yaxshi ko‘rishning o‘zi yetarli emas. Dushmanlaringizni ham yaxshi ko‘rib, odamlarni chin dildan kechirishingiz kerak. Bordi-yu, kimdir sizdan xafa bo‘lsa, o‘sha zahoti borib undan kechirim so‘rang. Sizga qanday munosabatda bo‘lishlarini istasangiz, siz ham ularga shunday munosabatda bo‘ling».

Iso moddiy narsalar borasida ham odamlarga yaxshi maslahatlar berdi. U quyidagicha dedi: «Ko‘p pulga ega bo‘lgandan ko‘ra, Yahova bilan do‘st bo‘lish muhimroq. O‘g‘ri pulingizni o‘g‘irlab ketishi mumkin, ammo Yahova bilan do‘stligingizni hech kim o‘g‘irlay olmaydi. Nima yeymiz, nima ichamiz yoki nima kiyamiz, deb tashvishlanmanglar. Qushlarga qaranglar. Xudo hamisha ularning rizqini beradi. Tashvishlanib hayotingizni bir kunga ham uzaytira olmaysiz. Yodda tuting, Yahova nimaga muhtoj ekaningizni biladi».

Xaloyiq Isoga o‘xshab gapirgan odamni avval hech eshitmagan edi. Din rahbarlari ularga bu narsalarni o‘rgatmasdi. Nega Iso ulug‘ ustoz deb atalgan? Chunki u odamlarga Yahovaning so‘zlarini o‘rgatardi.

«Mening bo‘yinturug‘imni olib, mendan o‘rganinglar, chunki men muloyim va soddadilman. Shunday qilib, jonlaringiz rohat topadi». (Matto 11:29)