O‘zaro kelishmovchiliklarni hal qilish
Kimdir bizni xafa qilganida nega g‘azablanishdan va qasos olishdan qochishimiz kerak?
Hk 20:22; 24:29; Rm 12:17, 18; Yoq 1:19, 20; 1Btr 3:8, 9
-
Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):
-
1Shh 25:9–13, 23–35. Navol Dovud va uning odamlariga oziq-ovqat berishdan bosh tortganida, Dovud uni va xonadonidagilarni o‘ldirishga qaror qilgan. Lekin Obigaylning dono maslahati Dovudni qon to‘kishdan to‘xtatib qolgan
-
Hk 24:17–20. Shoh Sulaymon ilohiy ilhom ostida dushmanlarimiz azob chekkanida xursand bo‘lsak, bu Yahovaga yoqmasligi haqida ogohlantirgan. Shuning uchun, biz hukmni Yahovaning qo‘liga topshiramiz
-
Agar masihiy kimdir bilan bahslashib qolsa, u bilan gaplashmaslikdan yoki gina saqlashdan qochishi kerakmi?
Lv 19:17, 18; 1Kr 13:4, 5; Ef 4:26
-
Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):
-
Mt 5:23, 24. Iso bizga qarshi nimadir qilgan birodarimiz bilan tinchlik o‘rnatish uchun qo‘limizdan kelganini qilishimiz kerakligini aytgan
-
Kimdir bizni ranjitganida sevgi ko‘rsatishning eng a’lo yo‘li qanday?
Nima uchun bizga qarshi qayta-qayta gunoh qilgan inson chin dildan tavba qilsa, uni kechirishimiz kerak?
Qattiq xafa bo‘lgan va kechirolmayotgan kishi, masalan, unga tuhmat qilishgan yoki aldashgan bo‘lsa, u kim bilan gaplashishi kerak va maqsadi nima bo‘lishi lozim?
Bizga tuhmat qilgan yoki aldagan kishi bilan yakkama-yakka gaplashganimizda, u tavba qilishdan bosh tortsa nima qilishimiz kerak?