Keksalik; yoshi kattalar
Yoshimiz o‘tgani sayin nima bo‘ladi?
Shuningdek, «Tasalli. Kasallik yoki yosh o‘tgani tufayli imkoniyatlarning chegaralanishi» mavzusiga qarang
-
Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):
-
Vz 12:1–8. Shoh Sulaymon yosh o‘tgani sayin kelib chiqadigan zaifliklarni, masalan, ko‘rish («derazadan qaragan xonimlar qorong‘ilikni ko‘radi») va eshitish («qo‘shiqchi qizlar ovozi bazo‘r eshitiladi») qobiliyatining pasayishini she’riy uslubda tasvirlagan
-
Qanday qilib keksalar qiyinchiliklarga va yosh o‘tgani tufayli paydo bo‘ladigan cheklovlarga qaramay, quvonchni saqlay olishadi?
-
Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):
-
1Shh 12:2, 23. Keksa Shomuil payg‘ambar Xudoning xalqi uchun ibodat qilishda davom etish qanchalik muhim ekanini bilgan
-
2Shh 19:31–39. Shoh Dovud uni sadoqat ila qo‘llab-quvvatlagan keksa Borzulaydan minnatdor bo‘lgan. Undan kuchidan ortig‘ini qilishni so‘rashganda u imkoniyatlari chegaralanganini kamtarlik ila tan olgan
-
Zb 71:9, 18. Shoh Dovud keksaygani tufayli Yahova undan foydalanmasligidan qo‘rqqan. Shu bois, Dovud Yahovaga yolvorib, U haqda kelgusi avlodga ta’lim bera olishi uchun kuch so‘ragan
-
Lq 2:36–38. Keksa beva payg‘ambar Anna xudojo‘yligi va sadoqatli xizmati uchun mukofotlangan
-
Qay yo‘sin Yahova yoshi kattalarni Uning nazarida qadrli ekanliklariga ishontiryapti?
Zb 92:12–14; Hk 16:31; 20:29; Isha 46:4; Tit 2:2–5
-
Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):
-
Ibt 12:1–4. Ibrohim 75 yoshda bo‘lganida Yahovadan hayotini o‘zgartirgan vazifa olgan
-
Dn 10:11, 19; 12:13. Farishta yoshi 90 dan oshgan Doniyor payg‘ambarning oldiga kelib, u Yahova uchun aziz inson ekaniga va sadoqati uchun kelajakda mukofotlanishiga ishontirgan
-
Lq 1:5–13. Yoshi o‘tgan Zakariyo va Elisabetga Yahova mo‘jizaviy tarzda o‘g‘il — Yahyoni ato etib baraka bergan
-
Lq 2:25–35. Yahova keksa Shimo‘nni bo‘lajak Masihni ko‘rish sharafi bilan mukofotlagan; Shimo‘n ilohiy ilhom ostida bu chaqaloq haqida bashorat qilgan
-
Hv 7:23, 30–36. Yahova Isroil xalqi ustidan boshchilik qilishni Muso payg‘ambarga ishonib topshirganida u 80 yoshda bo‘lgan
-
Yoshi katta sadoqatli kishilarga qanday munosabatda bo‘lish kerak?
-
Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):
-
Ibt 45:9–11; 47:12. Yusuf keksa otasi Yoqubni olib kelish uchun odam yuborgan va unga o‘limiga qadar g‘amxo‘rlik qilgan
-
Rt 1:14–17; 2:2, 17, 18, 23. Rut keksa yoshdagi Naimani so‘zlari va ishlari bilan qo‘llab-quvvatlagan
-
Yuh 19:26, 27. Iso azob ustunida o‘layotganida onasiga g‘amxo‘rlik qilishni sevimli havoriysi Yuhannoga ishonib topshirgan
-
Qaysi amaliy yo‘llar orqali masihiylar jamoatdagi yoshi kattalarga yordam bera olishadi?