107-BOB
Shoh odamlarni nikoh to‘yiga taklif etadi
-
NIKOH TO‘YI HAQIDAGI MASAL
Isoning xizmati o‘z yakuniga yetyapti. U ulamolar-u bosh ruhoniylarni fosh etadigan misollarni keltirishni davom ettiradi. Shuning uchun ular uni o‘ldirmoqchi bo‘lishadi. (Luqo 20:19) Lekin Iso ularni fosh qilishdan to‘xtamaydi. Ularga quyidagi masalni keltiradi:
«Osmon Shohligi, o‘g‘liga nikoh to‘yi qilib bergan podshohga o‘xshaydi. U to‘yga taklif etilgan odamlarni chaqirtirish uchun xizmatkorlarini yuboribdi, lekin ular kelishni xohlashmabdi». (Matto 22:2, 3) Iso masalini «Osmon Shohligi» haqida gapirish bilan boshlaydi. Mantiqan shunday xulosa qilish mumkinki, «podshoh» — Yahova Taolo. Qiziq, podshohning o‘g‘li va xizmatkorlari kim ekan? Podshohning o‘g‘li — Yahovaning O‘g‘li va u hozir bu masalni aytib beryapti. Taklif etilgan odamlar — O‘g‘il bilan birga Osmon Shohligida bo‘ladiganlar.
Birinchi bo‘lib kimlarni taklif etishdi? Iso va havoriylar Shohlik haqidagi xabarni kimga va’z qilib kelishyapti? Yahudiylarga. (Matto 10:6, 7; 15:24) Mil. avv. 1513-yilda Xudo bu xalq bilan ahd qilgan. Demak, «ruhoniylar shohligi» bo‘lish imkoniyatiga birinchi navbatda isroilliklar ega edi. (Chiqish 19:5–8) Biroq ularni «to‘yga» qachon taklif qilishgan? Mantiqan olib qaraganda, bu taklif mil. 29-yilda, ya’ni Iso Osmon Shohligi to‘g‘risida va’z qila boshlaganida yangragan.
Aksariyat isroilliklar bu taklifga qanday munosabat bildirdi? Iso aytganidek, «ular kelishni xohlashmadi». Umuman olganda, din rahbarlari va xalq uni Masih va Xudo tayinlagan Shoh sifatida qabul qilishmadi.
Ammo taklifni qabul qilish uchun yahudiylarda yana bir imkon borligini Iso quyidagicha aytadi: «Shunda u [shoh] boshqa xizmatkorlarini jo‘natib, shunday debdi: “Taklif etilganlarga aytib qo‘yinglar: “Men dasturxon yozib, buqa-yu bo‘rdoqilarimni so‘ydim. Hammasi tayyor. Nikoh bazmiga kelinglar”. Biroq ular parvo qilmay, biri dalasiga boribdi, ikkinchisi oldi-sotdi qilishga ketibdi. Boshqalari esa shohning xizmatkorlarini ushlab, ularni Matto 22:4–6) Bunday holat masihiylar jamoati tashkil topgan paytga to‘g‘ri keladi. O‘sha paytda ham yahudiylar Shohlikka kirish imkoniga ega edi, ammo ko‘plari bu taklifni mensimadi va hatto «shohning xizmatkorlariga» nisbatan yomon munosabatda bo‘lishdi. (Havoriylar 4:13–18; 7:54, 58)
urib o‘ldirishibdi». (Oqibatda Isroil xalqi bilan nima bo‘ldi? Iso quyidagilarni aytadi: «Shunda shoh g‘azabga minib, askarlarini yuboribdi-da, shu qotillarni o‘ldirib, o‘sha shaharga o‘t qo‘yibdi». (Matto 22:7) Yahudiylar bunga mil. 70-yili duch kelishdi. O‘shanda rimliklar «o‘sha shaharni», ya’ni Quddusni vayron qilishdi.
Ular taklifni qabul qilishmagani, endi hech kim taklif etilmasligini anglatadimi? Yo‘q. Iso quyidagicha davom etadi: «Keyin u [shoh] boshqa xizmatkorlariga shunday debdi: “Nikoh bazmi tayyor, ammo taklif etilganlar bunga loyiq emas. Shunday ekan, katta ko‘chalarga borib, yo‘lingizdan chiqqan barchani nikoh bazmiga taklif qilinglar”. Shohning xizmatkorlari ko‘chaga chiqib, yo‘lida uchraganlarning barchasini — yaxshi-yu yomonni chaqirishibdi. Xullas, to‘yxona mehmonlarga to‘libdi». (Matto 22:8–10)
Shunisi e’tiborga loyiqki, keyinchalik havoriy Butrus boshqa xalqlardagi odamlar masihiy bo‘lishiga yordam beradi. Ular na yahudiylar, na yahudiy diniga kirganlar bo‘lishadi. Mil. 36-yili rimlik yuzboshi Korniliy va uydagilarining ustiga Xudoning muqaddas ruhi yog‘iladi va ular Iso aytgan Osmon Shohligiga kirish imkoniga ega bo‘lishadi. (Havoriylar 10:1, 34–48)
Iso bazmga kelganlarning hammasi ham oxir-oqibat «shohga» maqbul kelmasligini ta’kidlab, shunday deydi: «Shoh mehmonlarning oldiga kirganida, to‘y kiyimida bo‘lmagan bitta odamni ko‘rib qolibdi. So‘ng unga savol beribdi: “Do‘stim, siz qanaqasiga bu yerga to‘y kiyimisiz kirdingiz?” U esa indamabdi. Shunda shoh xizmatkorlariga buyurib, shunday debdi: “Oyoq-qo‘llarini bog‘lab, uni tashqariga, zulmatga tashlab yuboringlar. O‘sha yerda u yig‘lab, tishlarini g‘ijirlatadi”. Ha, taklif etilganlar ko‘p, lekin tanlanganlar oz».(Matto 22:11–14)
Isoni tinglayotgan din rahbarlari, ehtimol, u nima demoqchi ekanini oxirigacha tushunishmayotgandir. Qanday bo‘lmasin, ular judayam norozi va ularni fosh qilayotgan bu kishidan qutulishga qarorlari qat’iy.