91-BOB
Lazar tirildi
-
LAZARNING TIRILISHI
-
OLIY KENGASH ISONI O‘LDIRISH REJASINI TUZADI
Baytaniya yaqinida Iso Martani, keyin esa Maryamni uchratgach, ular birga Lazar yotgan qabr oldiga borishadi. Bu qabr g‘or bo‘lib, og‘zi tosh bilan bekitilgan edi. Iso: «Toshni yumalatinglar!» — deydi. Marta Isoning nima qilmoqchi ekanini tushunmay: «Hazrat, u hidlanib qolgan bo‘lsa kerak, axir qabrga qo‘yganimizga to‘rt kun bo‘ldi-ku»,— deydi. Lekin Iso unga: «Agar ishonsangiz, Xudoning ulug‘vorligini ko‘rasiz, demaganmidim?» — deb aytadi. (Yuhanno 11:39, 40)
So‘ng toshni olib qo‘yishadi va Iso osmonga qarab, quyidagicha ibodat qiladi: «Ota, meni eshitganing uchun Sendan minnatdorman. Meni doimo eshitishingga aminman, lekin atrofimdagi odamlar meni Sen yuborganingga Yuhanno 11:41–44)
ishonishlari uchun buni aytdim». Ha, hozir yaratmoqchi bo‘lgan mo‘jizasi Xudoning qudrati bilan qilinishi odamlarga ayon bo‘lishi uchun, Iso ovoz chiqarib ibodat qiladi. Keyin esa u baland ovozda: «Lazar, tashqariga chiq!» — deydi. O‘sha zahotiyoq Lazar tashqariga chiqadi. Uning oyoq-qo‘llari kafan, yuzi esa ro‘mol bilan o‘ralgan. Iso: «Yura olishi uchun kafanini yechinglar»,— deb aytadi. (Marta bilan Maryamga tasalli berishga kelgan ko‘p yahudiylar buni ko‘rib, Isoga ishona boshlashadi. Boshqalari esa, bu haqda farziylarga aytib berish uchun ketishadi. Bundan keyin farziylar va bosh ruhoniylar Oliy Kengashni yig‘ishadi. Oliy ruhoniy Kayafa ham ushbu Kengash a’zosi. Kengash a’zolarining ba’zilari shunday deyishadi: «Nima qilsak ekan? Axir bu odam ko‘p mo‘jizalar yaratyapti-ku! Agarda buni shundayligicha qoldirsak, hamma unga ishonadi. Shunda rimliklar kelib, joyimizni ham, xalqimizni ham bosib oladi». (Yuhanno 11:47, 48) Garchi din rahbarlari Iso ko‘p mo‘jizalar yaratishi haqida guvohlardan eshitishsa ham, Alloh u orqali qilayotgan ishlardan quvonishmaydi. Ularni faqat o‘z martabasi va obro‘si tashvishlantiradi, xolos.
Lazarning tirilishi ayniqsa, tirilishga ishonmaydigan sadduqiylar uchun kuchli zarba bo‘ladi. Sadduqiy bo‘lgan Kayafa so‘z ochib shunday deydi: «Sizlar hech narsani anglamayapsizlar. Butun millat halok bo‘lganidan ko‘ra, bitta kishi xalq uchun o‘lishi siz uchun yaxshiroq ekanini o‘ylamadingizmi?!» (Yuhanno 11:49, 50; Havoriylar 5:17; 23:8)
Kayafa ilohiy martabaga ega va bu so‘zlarni «u o‘zidan aytgani yo‘q», bunga uni Xudo undadi. Aslini olganda, Iso yahudiy din rahbarlarining martaba va obro‘sini boshqa tushirmasligi uchun, Kayafa uni o‘ldirish kerakligini nazarda tutgandi. Biroq u bashorat qildi desa ham bo‘ladi. Ya’ni Iso o‘z o‘limi bilan nafaqat yahudiylar, balki «Xudoning tarqoq farzandlari» uchun ham to‘lov taqdim etishini karomat qiladi. (Yuhanno 11:51, 52)
Kayafa Oliy Kengashni Isoni o‘ldirish rejasini tuzishga ko‘ndiradi. Oliy Kengash a’zosi Nikodim Iso bilan do‘stona munosabatda bo‘lgani uchun unga bu haqda xabar berganmikin? Har holda Iso Quddus atroflarini tark etadi, chunki o‘limi uchun Xudo tayin etgan vaqt hali kelmadi.