Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

5-BO‘LIM

Isoning keyinchalik Iordanning sharqida xizmat qilishi

«O‘sha yerda ko‘plar unga ishondi» (Yuhanno 10:42)

Isoning keyinchalik Iordanning sharqida xizmat qilishi

USHBU BOʻLIMDA

82-BOB

Isoning Pereyadagi xizmati

Iso najot topish uchun nima qilish kerakligini tinglovchilariga tushuntiradi. O‘sha paytda uning nasihati muhim ahamiyatga ega edi. Hozir-chi?

83-BOB

Alloh ziyofatga kimlarni taklif qiladi?

Iso farziynikida mehmon bo‘lganda katta ziyofat to‘g‘risida masal keltiradi. Allohning barcha xizmatchilari undan muhim saboq olishlari mumkin. Bu qanday saboq ekan?

84-BOB

Masihning shogirdi bo‘lish mas’uliyati

Isoning shogirdi bo‘lish katta mas’uliyatdir. Iso bu nimani o‘z ichiga olishini aniq tushuntiradi. Ba’zi izdoshlari uning gapiga hayron qolgandir.

85-BOB

Tavba qilgan gunohkor uchun xursandchilik

Farziylaru ulamolar Isoni oddiy insonlar bilan muloqot qilgani uchun tanqid qilishadi. Javoban Iso Allohning gunohkorlarga bo‘lgan munosabati borasida masallar keltiradi.

86-BOB

Yo‘qolgan o‘g‘ilning qaytishi

Isoning darbadar o‘g‘il haqidagi masalidan qanday saboq olishimiz mumkin?

87-BOB

Uzoqni ko‘rib, donolik bilan yo‘l tuting

Iso ayyor va adolatsiz boshqaruvchi haqidagi masal orqali muhim haqiqatni ochib beradi.

88-BOB

Boy kishi bilan Lazarning o‘rni almashadi

Isoning masalani tushunish uchun ikkita bosh qahramon kimlarni bildirishini aniqlash kerak.

89-BOB

Yahudiyaga borayotib, Pereyada ta’lim beradi

Bizga qarshi qayta-qayta gunoh qilganlarni kechirishga qaysi fazilat yordam berishi mumkinligini Iso ta’kidlab o‘tadi.

90-BOB

«Tirilish va hayot»

Iso: «Menga ishongan har qanday kishi hech qachon o‘lmaydi»,— deganda nimani nazarda tutgan?

91-BOB

Lazar tirildi

Qaysi ikkita sababga ko‘ra, hatto Isoga qarshi chiqqanlar ham u yaratgan mo‘jizani rad eta olishmaydi?

92-BOB

Bitta moxov minnatdorchilik bildiradi

Moxov kasalligidan sog‘aygan kishi Isodan tashqari yana kimga minnatdorchilik bildiradi?

93-BOB

Inson O‘g‘li «oshkor bo‘ladi

Qaysi ma’noda Masihning hozir bo‘lishi chaqmoqday bo‘ladi?

94-BOB

Ibodat va kamtarlikning muhimligi

Beva ayol va adolatsiz qozi haqida masal keltirib, Iso muayyan fazilatning muhimligini ta’kidlaydi.

95-BOB

Ajralish va bolalarni sevish borasidagi nasihatlar

Isoning bolalarga bo‘lgan munosabati shogirdlarnikidan nimasi bilan farq qiladi?

96-BOB

Isoning boy yigitga bergan javobi

Nega Iso: «Boy kishining Xudoning Shohligiga kirishidan ko‘ra, tuyaning igna teshigidan o‘tishi osonroq»,—deb aytgan?

97-BOB

Uzumzordagi mardikorlar haqidagi masal

Qaysi ma’noda birinchilar oxirgi, oxirgilar birinchi bo‘ladi?

98-BOB

Havoriylar yana mansabga intilishadi

Yoqub va Yuhanno Shohlikda o‘zgacha o‘rin egallashni istashadi. Lekin bu faqat ularning istagi emas.

99-BOB

Iso ko‘r kishilarni sog‘aytiradi va Zakkayga yordam beradi

Iso Yerixo yaqinida ko‘zi ojiz kishini sog‘aytirgani haqidagi hikoyada ziddiyat borday tuyulishi mumkin. Lekin nima asosida bu hikoyani uyg‘un desa bo‘ladi?

100-BOB

O‘n mina haqidagi masal

Isoning: «Kimda bor bo‘lsa, unga ko‘proq beriladi. Kimda yo‘q bo‘lsa, qo‘lida bori ham tortib olinadi»,— degan so‘zlari nimani anglatadi?