Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

41-DARS

Jinsiy munosabatlar haqida Muqaddas Kitobda nima deyilgan?

Jinsiy munosabatlar haqida Muqaddas Kitobda nima deyilgan?

Jinsiy munosabatlar haqida gap ketganda ko‘plar o‘zini noqulay his qiladi. Muqaddas Kitobda esa bu mavzu ochiq, lekin o‘rinli tarzda yoritiladi. U yerdagi ma’lumot bizga foyda keltiradi. Sababi u Yaratuvchimiz Yahovaning Kalomi. Xudo biz uchun nima eng yaxshi ekanini biladi. U harakatlarimiz orqali Uni qanday mamnun qilishimiz mumkinligini va hayotdan toabad zavqlanishimizga nima ko‘maklashishini ko‘rsatyapti.

1. Yahova jinsiy munosabatlarga qanday nuqtai nazarda?

Jinsiy munosabatlar Yahovadan tuhfadir. Xudo bu tuhfa turmush qurgan erkak va ayolga zavq keltirishini xohlaydi. U orqali juftliklar nafaqat farzandli bo‘lishi, balki o‘zaro sevgi-muhabbatini tabiiy va yoqimli tarzda izhor etishi mumkin. Shu bois, Kalomda: «Ko‘z ochib ko‘rgan xotining bilan quvon»,— deyilgan. (Hikmatlar 5:18, 19) Yahova turmush qurgan masihiy umr yo‘ldoshiga sodiq bo‘lishini va hech qachon zinoga qo‘l urmasligini kutadi. (Ibroniylarga 13:4 ni o‘qing.)

2. Jinsiy axloqsizlik nima degani?

Kalomda: «Zinokorlar [jinsiy axloqsizlik qiladiganlar]... Xudoning Shohligini meros qilib olmaydi»,— deb yozilgan. (1 Korinfliklarga 6:9, 10) Muqaddas Kitobni yunon tilida yozganlar jinsiy axloqsizlik so‘zini tushuntirish uchun pornia so‘zidan foydalangan. Bunga: 1) rasmiy nikoh qurmaganlar o‘rtasidagi jinsiy yaqinlik a, 2) gomoseksualizm va 3) hayvonlar bilan jinsiy aloqa qilish kiradi. Jinsiy axloqsizlikdan o‘zimizni tiysak, ham Yahovani mamnun qilamiz, ham o‘zimiz foyda olamiz. (1 Salonikaliklarga 4:3)

KO‘PROQ BILIB OLING

Qay yo‘sin jinsiy axloqsizlikdan qochishingiz mumkinligini va axloqiy poklikni saqlab, qanday foyda ko‘rishingizni bilib oling.

3. Zinodan qoching

Xudoning Yusuf ismli sadoqatli xizmatchisi axloqiy poklikni saqlash uchun jon kuydirgan. Ibtido 39:1–12 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savollarni muhokama qiling:

  • Yusufni qochib ketishga nima undagan? (9- oyatga qarang.)

  • Sizningcha, Yusuf to‘g‘ri qaror chiqardimi? Nega bunday fikrdasiz?

Qanday qilib yoshlar Yusufga taqlid qilishi va jinsiy axloqsizlikdan qochishi mumkin? VIDEONI tomosha qiling.

Yahova barchamiz axloqsizlikni rad etishimizni istaydi. 1 Korinfliklarga 6:18 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savollarni muhokama qiling:

  • Qanday vaziyatlar zinoga, ya’ni jinsiy axloqsizlikka yetaklashi mumkin?

  • Qay yo‘sin axloqsizlikdan qocha olasiz?

4. Vasvasaga qarshi tura olasiz!

Jinsiy axloqsizlik qilish vasvasasiga qarshi turishga nima xalaqit berishi mumkin? VIDEONI tomosha qiling, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling.

  • Videodagi birodar xayoli va harakatlari xotiniga xiyonat qilishga yetaklashi mumkinligini tasavvur qilgani uni nima qilishga undadi?

Ba’zida hatto sadoqatli masihiylar ham fikrlarini pok saqlashga qiynaladi. Axloqsiz fikrlarga berilishdan qay yo‘sin qocha olasiz? Filippiliklarga 4:8 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savollarni muhokama qiling:

  • Nimalar haqida o‘ylashimiz kerak?

  • Kalomni o‘qish va Yahovaning xizmatida band bo‘lish gunoh qilish vasvasasiga qarshi turishimizga qay yo‘sin yordam beradi?

5. Yahovaning me’yorlari bizga foyda keltiradi

Yahova biz uchun nima eng yaxshi ekanini biladi. U qay yo‘sin axloqan pok qolishimizni va bu bizga qanday foyda keltirishini aytmoqda. Hikmatlar 7:7–27 ni o‘qing va VIDEONI tomosha qiling, so‘ng quyidagi savollarni muhokama qiling:

  • Qay yo‘sin bir yigit vasvasali vaziyatga duch keldi? (Hikmatlar 7:8, 9 ga qarang.)

  • Hikmatlar 7:23, 26 ga binoan, jinsiy axloqsizlik jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Axloqan pok qolsak, qanday muammolarga duch kelmaymiz?

  • Axloqan pok bo‘lib yashasak, kelajakda qanday barakalarga ega bo‘lamiz?

Ba’zilar Muqaddas Kitobda gomoseksualizm to‘g‘risida aytilganlar adolatdan emas, deb hisoblaydi. Ammo sevgi Xudosi Yahova har bir inson hayotdan toabad zavqlanishini xohlaydi. Bu uchun Uning me’yorlariga muvofiq hayot kechirishimiz lozim. 1 Korinfliklarga 6:9–11 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:

  • Xudoning nazarida faqatgina jinsdoshlar orasidagi ishqiy tuyg‘ular noto‘g‘rimi?

Xudoni mamnun qilish niyatida hammamiz hayotimizga o‘zgarishlar kiritishimiz kerak. Bu arzigulikmi? Zabur 19:8, 11 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savollarni muhokama qiling:

  • Sizningcha, Yahovaning axloqiy me’yorlari oqilonami? Nega bunday fikrdasiz?

Yahova ko‘plarga Uning axloqiy me’yorlari bo‘yicha yashashga ko‘maklashdi. U sizga ham yordam bera oladi

BA’ZILARNING FIKRI: «Istagan kishi bilan jinsiy aloqa qilish mumkin, bir-birini yoqtirsa bas».

  • Siz qanday fikrdasiz?

XULOSA

Jinsiy munosabatlar er-xotin zavqlanishi uchun Yahova bergan tuhfadir.

Takrorlash

  • Jinsiy axloqsizlik nimani o‘z ichiga oladi?

  • Jinsiy axloqsizlikdan qochishimizga nima ko‘maklashadi?

  • Yahovaning axloqiy me’yorlariga amal qilsak, qanday foyda ko‘ramiz?

Maqsad

QO‘SHIMCHA MANBALAR

Juftlik birga yashashi uchun rasmiy nikohdan o‘tishi nega Xudoning nazarida muhim?

«Turmush qurmay birga yashash to‘g‘risida Muqaddas Kitobda nima deyilgan?» (Veb-maqola)

Muqaddas Kitobda gomoseksualizm haqida aytilganlar nega bunday hayot kechirayotganlardan nafratlanishimiz kerakligini anglatmasligiga e’tibor qarating.

«Gomoseksualizm yomonmi?» (Veb-maqola)

Jinsiy hayot borasida Xudoning amrlari bizni qanday himoya qilishi mumkin?

«Oral jinsiy aloqa chindan ham jinsiy aloqa hisoblanadimi?» (Veb-maqola)

Gomoseksual hayot tarzini kechirgan kishi Xudoni mamnun qilish uchun hayotini o‘zgartirishiga nima undagani haqida «Ular men bilan hurmat ila muomala qildi» nomli tarjimai holdan o‘qing.

«Muqaddas Kitob hayotni o‘zgartiradi» («Qo‘riqchi minorasi» 1-aprel, 2011)

a Bu jinsiy aloqa qilish, jinsiy a’zolar vazifasini og‘iz bo‘shlig‘i (oral) va ort teshik (anal) yordamida uddalash hamda insonning jinsiy a’zolarini silashni o‘z ichiga oladi.