Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

19-DARS

Yahovaning Shohidlari Masihning haqiqiy izdoshlarimi?

Yahovaning Shohidlari Masihning haqiqiy izdoshlarimi?

Yahovaning Shohidlari sifatida Masihning haqiqiy izdoshlari ekanimizga ishonamiz. Nega? E’tiqodimiz nimaga asoslangan? Nega Yahovaning Shohidlari deb atalamiz? Bir-birimizni sevishimizni qay yo‘sin ko‘rsatamiz?

1. Yahova Shohidlarining e’tiqodi nimaga asoslangan?

Iso Masih Xudoga shunday degan: «Sening kaloming — haqiqat». (Yuhanno 17:17) Iso kabi Yahovaning Shohidlari ham e’tiqodini doim Xudoning Kalomiga asoslaydi. Masalan, ilgari Muqaddas Kitob Tadqiqotchilari deb tanilgan Yahova Shohidlarining tarixiga e’tibor bering. 19- asrning oxirida Tadqiqotchilar Xudoning Kalomini puxta tadqiq qila boshlagan. Hatto cherkov ta’limotlaridan farq qilsa-da, ular e’tiqodini Kalomga asoslagan. So‘ng ular Kalomdagi o‘sha haqiqatlarni boshqalarga ayta boshlagan a.

2. Nega o‘zimizni Yahovaning Shohidlari deb ataymiz?

Yahova topinuvchilari U to‘g‘risida haqiqatni aytgani tufayli ularni Shohidlarim deb atagan. (Ibroniylarga 11:4–12:1) Masalan, qadimda Xudo O‘z xalqiga: «Sizlar Mening Shohidlarimsiz»,— degan. (Ishayo 43:10 ni o‘qing.) Iso «sodiq Shohid» deb atalgan. (Vahiy 1:5) Shu yo‘sin, 1931-yildan beri «Yahovaning Shohidlari» deb nomlanamiz. Xudoning ismi bilan atalishdan faxrlanamiz.

3. Yahovaning Shohidlari Isoning sevgisiga qanday taqlid qiladi?

Iso shogirdlarini shu qadar sevganki, ular uning oilasidek bo‘lgan. (Mark 3:35 ni o‘qing.) Shu kabi, Yahovaning Shohidlari yakdil, umumjahon oila. Shuning uchun, bir-birimizga aka-uka, opa-singil deb murojaat qilamiz. (Filimo‘nga 1, 2) «Imondoshlaringizni sevinglar»,— degan so‘zlarga ham amal qilamiz. (1 Butrus 2:17) Yahovaning Shohidlari bu sevgini ko‘p yo‘llar orqali ko‘rsatadi. Masalan, qiyin paytlarda dunyo bo‘ylab imondoshlarimizga yordam beramiz.

KO‘PROQ BILIB OLING

Yahova Shohidlarining tarixini yaxshiroq ko‘rib chiqing va biz Isoning haqiqiy izdoshlari ekanimiz borasida qo‘shimcha isbotlarga e’tibor bering.

Isoning chinakam izdoshlari e’tiqodini Muqaddas Kitobga asoslaydi va uni boshqalar bilan bo‘lishadi

4. E’tiqodimiz Muqaddas Kitobga asoslanadi

Yahova Muqaddas Kitobdagi haqiqat oshkor bo‘lishini bashorat qilgan. Doniyor 12:4 va izohni o‘qing, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:

  • Xudoning xalqi Muqaddas Kitobni o‘rganishda davom etar ekan, nima «mo‘l-ko‘l bo‘ladi»?

Bir guruh Muqaddas Kitob Tadqiqotchilari, jumladan, Charlz Rassell qay yo‘sin Xudoning Kalomini tadqiq qilganiga diqqat qarating. VIDEONI tomosha qiling, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:

  • Videodan ko‘rganimizday, Charlz Rassell va uning maslakdoshlari Muqaddas Kitobni qay yo‘sin tadqiq qildi?

Bilasizmi?

Gohida ba’zi tushunchalarimizga o‘zgarishlar kiritiladi. Nima uchun? Quyosh ko‘tarilgani sayin manzara yorishib boravergani kabi Xudo ham Kalomini asta-sekin tushunishimizga yordamlashyapti. (Hikmatlar 4:18 ni o‘qing.) Muqaddas Kitob o‘zgarmasa-da, uni yaxshiroq tushunganimiz sayin tushunchalarimiz o‘zgaradi.

5. Nomimizga muvofiq hayot kechiramiz

Nega Yahovaning Shohidlari deb atalamiz? VIDEONI tomosha qiling, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:

  • Nima sababdan Yahovaning Shohidlari deb atalishimiz o‘rinli?

Nega Yahova O‘zining Shohidlari sifatida odamlarni tanlagan? Ko‘plar haq Xudo to‘g‘risida yolg‘on gapirgani tufayli ular U haqida haqiqatni e’lon qilmoqda. Keling, ushbu yolg‘onlardan ikkitasini ko‘rib chiqamiz.

Ayrim din rahbarlarining o‘rgatishicha, Xudo Unga topinganimizda tasvirlardan foydalanishimizni istaydi. Xo‘sh, bu chindan ham shundaymi? Levilar 26:1 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savollarni muhokama qiling:

  • Bu oyatda qanday haqiqat oshkor bo‘lyapti? Yahova butlarga nisbatan qanday nuqtai nazarda?

Ba’zi din rahbarlarining o‘rgatishicha, Iso Xudodir. Bu to‘g‘rimi? Yuhanno 20:17 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savollarni muhokama qiling:

  • Mazkur oyatda qaysi haqiqat yozilgan? Xudo va Iso bitta shaxsmi?

  • Yahova O‘zi va O‘g‘li to‘g‘risida haqiqatni oshkor etish uchun Shohidlarini yuborgani borasida qanday fikrdasiz?

6. Biz bir-birimizni sevamiz

Muqaddas Kitobda masihiylar tananing turli a’zolariga qiyoslangan. 1 Korinfliklarga 12:25, 26 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savollarni muhokama qiling:

  • Isoning haqiqiy izdoshlari imondoshlari azob chekkanda nima qilishi kerak?

  • Yahovaning Shohidlari orasidagi sevgi borasida nimani kuzatgansiz?

Yerning qaysidir chetida Yahovaning Shohidlari azob cheksa, dunyo bo‘ylab imondoshlari shu zahoti yordam berishga intiladi. Buning bir misolini ko‘rish uchun VIDEONI tomosha qiling, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:

  • Yahovaning Shohidlari tabiiy ofatlardan jabr ko‘rganlarga taqdim etayotgan yordami qay yo‘sin ularning sevgisini oshkor etmoqda?

Isoning chinakam izdoshlari muhtojlikda bo‘lganlarga sevgini namoyon etadi

BA’ZILARNING FIKRI: «Yahovaning Shohidlari yaqinda paydo bo‘lgan».

  • Yahova qachondan beri topinuvchilarini Shohidlarim deb ataydi?

XULOSA

Yahovaning Shohidlari Isoning haqiqiy izdoshlaridir. Ular umumjahon oila bo‘lib, e’tiqodi Muqaddas Kitobga asoslangan topinuvchilardir. Ular Yahova to‘g‘risidagi haqiqatni oshkor etadi.

Takrorlash

  • Nega Yahovaning Shohidlari deb atalamiz?

  • Bir-birimizni sevishimizni qay yo‘sin ko‘rsatamiz?

  • Sizningcha, Yahovaning Shohidlari Isoning chinakam izdoshlarimi?

Maqsad

QO‘SHIMCHA MANBALAR

Tariximiz haqida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘ling.

«Yahovaning Shohidlari — faol imon. 1- qism. Qorong‘ilikdan» 1:00:53

Qay yo‘sin Yahovaning Shohidlari soxta ta’limotlarni fosh etganining misoliga diqqat qarating.

«Xudoning xalqi Uning ismini ulug‘laydi» 7:08

Yahovaning Shohidlari to‘g‘risidagi savollaringizga javob toping.

«Yahovaning Shohidlari haqida ko‘pchilikni qiziqtiradigan savollar» (Veb-sahifa)

Stiven boshqa irqdagi insonlardan nafratlangani tufayli ularga hujum qilardi. Yahovaning Shohidlari orasida ko‘rganlari nega hayotini o‘zgartirishga undadi?

«Hayotim tobora izidan chiqib ketayotgan edi» («Qo‘riqchi minorasi» 1-iyul, 2015)

a 1879-yildan beri Yahovaning xalqi Muqaddas Kitobga asoslangan «Qo‘riqchi minorasi» nomli jurnalni nashr etib kelyapti.