Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

ILOVA

Hazrati Iso qishda tug‘ilganmikin?

Hazrati Iso qishda tug‘ilganmikin?

MUQADDAS KITOBDA Hazrati Iso qaysi kuni tug‘ilgani to‘g‘risida aytilmagan. Biroq ba’zi ma’lumotlardan, bu qishda bo‘lmaganini ko‘ryapmiz.

Iso Masih Baytlahm shahrida tug‘ilgan paytda, u yerda qanday ob-havo bo‘lganini ko‘rib chiqaylik. Yahudiylarning Kislev oyi (noyabr–dekabrga to‘g‘ri keladi) yomg‘ir yog‘adigan sovuq payti edi. Undan keyin Tabat oyi (dekabr–yanvar) kelar edi. Bu oy qishki eng sovuq vaqti bo‘lib, hatto tog‘lik joylarda qor yog‘ar edi. Keling, bu payt qanday iqlimi bilan ajralib turishini Muqaddas Kitobdan bilib olaylik.

Ezra payg‘ambarning yozuvlaridan, Kislev oyi chindan ham yomg‘ir yog‘adigan sovuq payti bo‘lganini bilib olyapmiz. Ezra payg‘ambar, to‘qqizinchi oyning [Kislev] yigirmanchi kunida odamlar Quddusda to‘plangan, deb hikoya qilmoqda. Odamlar maydonda turib va «yomg‘ir tufayli qaltirab», shunday derdilar: «Hozir yomg‘ir yog‘adigan payti va tashqarida turishga toqatimiz yo‘q» (Ezra 10:9, 13, YADT; Yeremiyo 36:22). Bu qishki paytda cho‘ponlar suruvlarini dalada tunagani qoldirishmaganidan taajjublanmasak ham bo‘ladi.

Lekin Muqaddas Kitob, Iso Masih tug‘ilgan tunda cho‘ponlar suruvlari bilan dalada qolishgan deb aytmoqda. Injilda: «O‘sha yurtda [Baytlahm atroflarida] cho‘ponlar bor edi. Ular suruvlarini poylab, dalada tunar edilar»,⁠— deb yozilgan (Luqo 2:8–12). Cho‘ponlar dalada tunashiga e’tibor bering. Cho‘ponlar suruvlarini sovuq paytlari yomg‘ir tagida tunagani qoldirisharmidi? Yo‘q, aslo! Xullas, ko‘rinyaptiki Hazrati Iso qishda tug‘ilishi haqiqatdan yiroq *.

Xudoning Kalomi, Hazrati Iso qaysi kuni tug‘ilgani to‘g‘risida xabar bermasa-da, uning qaysi kuni vafot etgani haqida aytib beryapti. Bu bizga hazrati Sulaymonning quyidagi so‘zlarini eslatadi: «Yaxshi nom qimmatbaho xushbo‘y yog‘dan, o‘lim kuni esa tug‘ilgan kundan yaxshiroqdir» (Voiz 7:1). Aynan shu sababli, Muqaddas Kitob Iso Masihning tug‘ilishi to‘g‘risida qisqacha gapirib, uning faoliyati va o‘limi haqida batafsil ma’lumot bermoqda.

Hazrati Iso tug‘ilganida, cho‘ponlar suruvlari bilan dalada tunar edilar

^ 1- x.b. Bu haqda ko‘proq ma’lumot olish uchun, Yahovaning Shohidlari tomonidan ko‘p tillarda nashr etilgan «Muqaddas Kitob asosida muzokara», deb nomlangan kitobning 176–179- sahifalariga qarang.