Adan bog‘ining sizga ham ahamiyati bormi?
Adan bog‘ining sizga ham ahamiyati bormi?
NEGADIR ba’zi olimlar, Adan bog‘i haqidagi hikoya Muqaddas Kitobning boshqa qismlarida hech uchratilmagan deb ta’kidlashadi. Masalan, ilohiyotshunos professor Pol Morris bu haqda shunday yozgan: «Adan bog‘i to‘g‘risidagi hikoya Muqaddas Kitobning boshqa joylarida eslatib o‘tilmagan». Ehtimol bu kishining fikri boshqa «mutaxassislarga» ma’qul kelar, lekin bu shoshilib chiqarilgan xulosa bo‘lmasin.
Aslini olganda Muqaddas Kitobda Adan bog‘i, Odamato, Momohavo hamda ilon haqida ko‘p marotaba eslatib o‘tilgan a. Biroq ba’zi olimlarning bitta kamchiligi shundaki, ular bu haqiqatni tan olishni istamaydilar. Diniy rahbarlar hamda tanqidchilar Adan bog‘i haqidagi hikoyani rad etib, Muqaddas Kitobga qarshi jang qilishmoqchi bo‘lishadi. Qanday qilib deysizmi?
Adan bog‘i haqidagi voqea chuqur ma’noli bo‘lib, Muqaddas Kitobning qolgan qismlarini tushunishga katta hissa qo‘shadi. Misol uchun, Xudoning Kalomida odamlarga tinchlik bermayotgan ko‘pgina savollarga javob topish mumkin. Qizig‘i shundaki, Muqaddas Kitob bu savollarga javob berayotganda qayta-qayta Adan bog‘ida sodir bo‘lgan voqeaga ishora qiladi. Keling, ba’zi misollarni ko‘rib chiqaylik.
● Nima uchun biz qariymiz va o‘lamiz? Odamato bilan Momohavo Yahovaga itoat qilishganida, abadiy yashashlari mumkin edi. Faqat Xudoga isyon ko‘tarishsa ular o‘limga mahkum etilishardi. Shu sababli ular Xudoga qarshi chiqqan kundan boshlab, o‘ladigan bo‘lishdi (Ibtido 2:16, 17; 3:19). Ular mukammallikni yo‘qotib, avlodlariga gunoh va o‘limni meros qilib qoldirishdi. Bu haqda Injilda shunday tushuntirilgan: «Bitta odam dastidan dunyoda gunoh paydo bo‘ldi, gunoh orqali esa o‘lim. Shu tariqa o‘lim barcha insonlarga o‘tdi, demak ularning barchasi gunoh qilgan» (Rimliklarga 5:12).
● Nega Xudo yovuzlikka yo‘l qo‘yyapti? Adan bog‘ida Shayton, Alloh Yahovani odamlardan Ibtido 3:3–5). Shu yo‘sin u, Yahovaning adolatli boshqaruvini shubha ostiga qo‘ydi. Odamato bilan Momohavo esa Shaytonga ergashib, Xudoning hukmronligini rad etishdi. Ular, nima yaxshi va nima yomon ekanini inson o‘zi hal qila olishini isbotlamoqchi bo‘lishdi. Ammo adolatli va dono Yahova, bu munozarali savolga javob berishning faqatgina bitta yo‘li borligini yaxshi bilardi. Chunonchi, odamlar o‘zlari xohlagancha yashashlariga imkon berdi. Oqibatda Shaytonga xos bo‘lgan yovuzlik hamma yoqda hukmron bo‘lgan. Bu esa achchiq haqiqatni, ya’ni insoniyat Xudodan mustaqil bo‘lsa, hech qachon baxtga erisha olmasligini isbotlab berdi (Yeremiyo 10:23).
yaxshilikni yashirayotgan yolg‘onchiga chiqarib qo‘ydi (● Allohning yer uchun qanday niyati bor? Adan bog‘ida Yahova Taolo yerni go‘zal jannatga aylantirish uchun muayyan me’yorlarni berdi. U Odamato bilan Momohavoga farzandlar ko‘rib yer yuzini to‘ldirishni hamda ularning avlodlari ham ko‘payib, butun sayyoramizni go‘zal jannatga aylantirishni buyuradi (Ibtido 1:28). Shu yo‘sin, Xudovand birinchi juftlikning mukammal farzandlari ahil oila bo‘lib, jannatmakon yer yuzida yashashlarini niyat qilgan edi. Xudoning ushbu niyati qanday qilib amalga oshishi to‘g‘risida, Muqaddas Kitobdan batafsil o‘qishimiz mumkin.
● Nima uchun Iso Masih yer yuziga kelgan? Adan bog‘idagi isyon dastidan Odamato bilan Momohavo hamda ularning avlodlari o‘limga mahkum etilishdi. Lekin mehribon Xudovand shu bilan birgalikda umid ham baxsh etgan. U yer yuziga O‘ziga o‘g‘il kabi aziz Zotni yuborib, Muqaddas Kitobda yozilgan to‘lovni taqdim qildi (Matto 20:28). Bu nimani anglatadi? Xudoning Kalomida Iso «oxirgi Odam [Odamato]» deb nomlangan. Lekin mukammal odam bo‘lgan Iso Odamatodan farqli o‘laroq, Yahovaga oxirigacha sadoqatli qolgan. U o‘z ixtiyori bilan hayotini qurbonlik yoki to‘lov sifatida taqdim etdi. Bu orqali esa barcha xudojo‘y odamlarning gunohlari kechiriladi va Odamato bilan Momohavo Adan bog‘ida yo‘qotgan hayotga ega bo‘lishadi (1 Korinfliklarga 15:22, 45; Yuhanno 3:16). Isoning bunday harakati, Yahova yer yuzini qaytadan Adan bog‘i kabi jannatga aylantirishiga kafolat beradi b.
Xudoning niyati quruq gap yoki qanaqadir mavhum nazariya emas. Bu haqiqat. Adan bog‘i muayyan hududga ega bo‘lib, u yerda chindan ham hayvon va odamlar yashagan. Shu kabi, Xudoning kelajak uchun qilgan niyati ham albatta amalga oshadi. Bu, sizning ham kelajagingiz bo‘lishini istaysizmi? Ko‘p narsa sizga bog‘liq. Xudovand mana shunday kelajakni barchaga, hatto hozircha Uning qonunlarini buzayotgan insonlarga ham bermoqchi (1 Timo‘tiyga 2:3, 4).
Iso jon berayotgan paytda, jirkanch hayot kechirgan bir kishiga gapirgan edi. Bu odam jinoyatchi bo‘lib, o‘limga loyiq ekanligini tushunardi. Biroq tasalli olish uchun Isoga murojaat qiladi. Xo‘sh, Iso qanday javob qaytardi? U: «Sen men bilan birga Jannatda bo‘lasan»,— dedi (Luqo 23:43). Agar Iso ashaddiy jinoyatchi tirilishiga va jannatmakon yerda abadiy yashashiga imkoniyat bergan bo‘lsa, nahotki sizga ham bu kabi qut-barakalarni berishni xohlamasa?! Albatta istaydi! Shubhasizki Alloh Yahova ham! Siz ham kelajakda shunday yashashni orzu qilayotgandirsiz? Unda Adan bog‘ini barpo qilgan Alloh haqida ko‘proq bilim olishga intiling.
[Izohlar]
a Misol uchun, mana bu oyatlarni ko‘rib chiqing: Ibtido 13:10; Amrlar 32:8; 2 Shohlar 7:14; 1 Solnomalar 1:1; Ishayo 51:3; Hizqiyo 28:13; 31:8, 9; Luqo 3:38; Rimliklarga 5:12–14; 1 Korinfliklarga 15:22, 45; 2 Korinfliklarga 11:3; 1 Timo‘tiyga 2:13, 14; Yahudo 14; hamda Vahiy 12:9.
b Isoning to‘lov qurbonligi haqida ko‘proq ma’lumot olish uchun, Yahovaning Shohidlari tomonidan chop etilgan «Muqaddas Kitob ta’limotlari» kitobining 5- bobiga qarang.
[10- sahifadagi ramka va rasmlar]
MUQADDAS KITOBNING MAZMUNINI OCHIB BERUVSHI BASHORAT
«Dushmanlik paydo qilaman sen bilan xotin o‘rtasida, sening urug‘ing bilan uning urug‘i orasida. Uning urug‘i ezib tashlaydi sening boshingni, sen chaqib olasan uning tovonini» (Ibtido 3:15).
Muqaddas Kitobdagi ushbu bashoratni Xudovandi Karim Adan bog‘ida aytgan edi. Xotin va uning urug‘i, ilon hamda uning urug‘i kimlarni tasvirlaydi? Ularning orasidagi dushmanlik esa nimani anglatadi?
ILON
Shayton Iblis (Vahiy 12:9).
XOTIN
Ruhiy shaxslardan iborat bo‘lgan Yahovaning samoviy tashkiloti (Galatiyaliklarga 4:26, 27). Ishayo payg‘ambar kelajakda bu xotindan ramziy xalq kelib chiqishini karomat qilgan edi (Ishayo 54:1; 66:8).
ILONNING URUG‘I
Shaytonning irodasini bajarayotgan shaxslar (Yuhanno 8:44).
XOTINNING URUG‘I
Iso Masih urug‘ning asosiy qismi bo‘lib, Yahovaning samoviy tashkilotidan kelgan. Mazkur «urug‘»ga, Iso bilan birgalikda samoda hukmronlik qiladigan uning «moylangan», ya’ni Xudo tanlagan birodarlari ham kiradi. Ular yangi bir xalqni, ya’ni «Xudoning Isroili»ni tashkil qilishadi (Galatiyaliklarga 3:16, 29; 6:16; Ibtido 22:18).
TOVONNI CHAQISH
Masihga qattiq zarba yetkaziladi, ammo bu uzoq vaqtga cho‘zilmadi. Shayton Isoning yer yuzida o‘ldirilishiga muvaffaq bo‘ldi. Biroq Iso tiriltirildi.
BOSHNI EZIB TASHLASH
Shayton halokatga uchraydi. Iso Masih Shaytonni butkul yakson qiladi. Lekin bundan oldin u, Shaytonning Adan bog‘ida asos solgan yovuzligiga batamom chek qo‘yadi (1 Yuhanno 3:8; Vahiy 20:10).
Muqaddas Kitobning asosiy mavzusi nimadan iboratligini bilib olishni istasangiz, Yahovaning Shohidlari tomonidan chop etilgan «Muqaddas Kitobda qanday xabar yozilgan?» nomli risolaga (rus) qarang.
[11- sahifadagi rasm]
Odamato bilan Momohavo oqibati ayanchli bo‘lgan gunohni sodir etishdi