Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

1 Azob-uqubatlarimizda Xudo aybdormi?

1 Azob-uqubatlarimizda Xudo aybdormi?

Nega buni bilish muhim?

Ko‘pchilik azob-uqubatlar Xudoning irodasi bilan sodir bo‘lyapti, deb o‘ylaydi.

Bu haqda o‘ylab ko‘ring

Aksariyat din rahbarlari bevosita yoki bilvosita Xudo azob-uqubatlarimizga sababchi, deb o‘rgatishadi. Misol uchun, ulardan ba’zilari shunday deyishadi:

  • Tabiiy ofatlar bu — Allohning jazosi.

  • Bolalar Tangriga osmonda ko‘proq farishtalar kerak bo‘lgani uchun o‘lishadi.

  • Ko‘pdan-ko‘p azob-uqubatlarga sababchi bo‘layotgan urushlarda Xudo u yoki bu tomonni qo‘llab-quvvatlaydi.

Agar din rahbarlari Alloh haqida noto‘g‘ri ta’lim berayotgan bo‘lsa, unda ularning: «Azob-uqubatlarga Alloh sababchi»,— degan so‘zlariga ishonsak bo‘ladimi?

KO‘PROQ BILIB OLING

jw.org saytidagi «Nega Muqaddas Kitobni tadqiq qilish kerak?» nomli videoni tomosha qiling.

Muqaddas Kitobda nima deyilgan?

Azob-uqubatlarimizga Xudo sababchi emas.

Bordi-yu, U sababchi bo‘lganida, bu Muqaddas Kitobda ochib berilgan Uning fazilatlariga zid kelardi. Masalan:

«[Xudoning] barcha yo‘llari adolatli,.. U odil va haqdir». (QONUNLAR 32:4)

«Haq Tangri yovuz ishga qo‘l urishiga, Qodir Alloh yomonlik qilishiga aql bovar qilmaydi!» (AYUB 34:10)

«Qodir Tangri adolatni buzmaydi». (AYUB 34:12)

Xudo U haqda noto‘g‘ri ta’limotlarni o‘rgatayotgan dinlarni rad etadi.

Ular qatoriga azob-uqubatlarimizga Alloh sababchi, deb o‘rgatayotgan dinlar hamda urushlar-u zo‘ravonlikni ma’qullayotganlar kiradi.

«Payg‘ambarlar Mening nomimdan [Xudoning nomidan] yolg‘on bashoratlar qilishyapti. Men ularni yuborganim ham, ularga buyurganim ham, gapirganim ham yo‘q. Ular yolg‘on vahiy ko‘rib,.. uydirmalarini sizlarga bashorat qilishyapti». (YEREMIYO 14:14)

Iso ikkiyuzlamachilikni qoralagan.

«Menga: “Hazratim, Hazratim”,— deb murojaat qilgani bilan, har kim ham Samoviy Shohlikka kirolmaydi, faqat osmondagi Otamning xohishini bajargan kishigina bunga erishadi. O‘sha kuni ko‘pchilik menga: “Hazratim, Hazratim, axir biz sizning nomingiz bilan bashorat qilmaganmidik, sizning nomingiz bilan jinlarni quvib chiqarmaganmidik va sizning nomingiz bilan qudratli ishlarni bajarmaganmidik?” — deydi. Shunda men ularga: “Sizlarni hech ham tanimayman! Ketinglar yonimdan, ey qonunbuzarlar!” — deb aytaman». (MATTO 7:21–23)