Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

Haqiqatni o‘rgatish

Haqiqatni o‘rgatish

Ey Yahova,.. kaloming asosi haqiqatdir. ZAB. 119:159, 160

QO‘SHIQLAR: 34, 45

1, 2. a) Isoning hayotida eng birinchi o‘rinda nima bo‘lgan va nega? b) «Tangrining xizmatdoshlari» sifatida samarali bo‘lishimiz uchun nima qilishimiz kerak?

ISO MASIH duradgor hamda ustoz edi. (Mark 6:3; Yuhan. 13:13) Ushbu ikkita ishni u a’lo tarzda uddalagan. Duradgor sifatida u asboblardan qanday foydalanish kerakligiga o‘rganib, yog‘ochlardan foydali anjomlar yasagan. Xushxabarni va’z qilib esa u Muqaddas Yozuvlarni mohirlik ila qo‘llab, oddiy odamlarga Xudoning so‘zlarini tushunishga yordam bergan. (Mat. 7:28; Luqo 24:32, 45) Iso 30 yoshida duradgorlik ishini chetga surib qo‘ygan, chunki va’z qilish faoliyati bundan ham muhimroq ekanini bilgan. Uning aytishicha, Xudoning Shohligi haqidagi xushxabarni e’lon qilish ishi Alloh uni yer yuziga yuborganining sabablaridan biri edi. (Mat. 20:28; Luqo 3:23; 4:43) Va’zgo‘ylik uning hayotida eng birinchi o‘rinda bo‘lgan va u boshqalar ham bunda ishtirok etishini xohlagan. (Mat. 9:35–38)

2 To‘g‘ri, ehtimol, biz duradgor emasmiz, lekin xushxabarni va’z qilamiz. Bu faoliyat shunchalik muhimki, unda hatto Xudo qatnashadi; shuning uchun biz «Tangrining xizmatdoshlari» deb atalamiz. (1 Kor. 3:9; 2 Kor. 6:4) Sano bastakorining: «Kaloming asosi haqiqatdir»,— degan so‘zlariga qo‘shilamiz. (Zab. 119:159, 160) Shu bois, xizmatda «haqiqat kalomini to‘g‘ri» yetkazayotganimizga ishonch hosil qilishni istaymiz. (2 Timo‘tiyga 2:15 ni o‘qing.) Bundan tashqari, Muqaddas Kitobdan foydalanish qobiliyatlarimizni rivojlantiramiz, zero u Yahova, Iso va Shohlik haqida ta’lim berayotganda asosiy asbobimizdir. Xizmatimizda yanada samarali bo‘lishimiz uchun Yahovaning tashkiloti boshqa asboblarni ham taqdim etdi, biz ularni bilishimiz lozim. Ular «Ta’lim berish “qutimizdagi” asboblar»da joy olgan.

3. Shohidlik berish uchun vaqt borligida, diqqatimiz nimaga qaratilgan bo‘lishi kerak va Havoriylar 13:48 bunda bizga qay yo‘sin qo‘l keladi?

3 Ehtimol: «Nega bu “Va’zgo‘ylik “qutimizdagi” asboblar” emas, “Ta’lim berish “qutimizdagi” asboblar”,— deb nomlanadi?» — degan savol tug‘ilgandir. Gap shundaki, «va’z qilish» xabarni e’lon qilishni anglatadi; biroq «ta’lim berish» xabarni odamning ongiyu qalbiga yetkazishni bildiradi. Shundagina u bilib olganlariga muvofiq yo‘l tutadi. Shohidlik berish uchun vaqt borligida, diqqatimiz Muqaddas Kitob tadqiqlarini boshlab, odamlarga haqiqatni o‘rgatishga qaratilgan bo‘lishi darkor. Bu degani, biz «mangu hayotga eltuvchi haqiqatni qabul qilishga moyil bo‘lgan» barcha insonlarni izlab-topib, ularga Xudoning xizmatchisi bo‘lishga ko‘maklashamiz. (Havoriylar 13:44–48 ni o‘qing.)

4. Odam «mangu hayotga eltuvchi haqiqatni qabul qilishga moyil» ekanini qayerdan bilamiz va bunday kishilarni qay yo‘sin topsak bo‘ladi?

4 Odam «mangu hayotga eltuvchi haqiqatni qabul qilishga moyil» ekanini qayerdan bilamiz? Birinchi asrda bo‘lganidek, buning yagona yo‘li va’z qilish orqali ularni izlab-topishdir. Shunday ekan, Iso: «Qaysi shahar yoki qishloqqa kirsangiz, u yerda tashrifingizga munosib bo‘lganlarni izlanglar»,— deb aytgani bo‘yicha yo‘l tutishimiz kerak. (Mat. 10:11) Samimiy bo‘lmagan, mag‘rur yoki ma’naviy narsalarni qadrlamaydigan kishilar xushxabarni qabul qilishini kutmasligimiz lozim. Haqiqatga tashna, kamtar va rostgo‘y insonlarni izlaymiz. Buni Iso duradgor sifatida eshik, bo‘yinturuq va hokazolarni yasash uchun to‘g‘ri keladigan yog‘ochni izlagani bilan solishtirsa bo‘ladi. Ularni topgach esa, u qutisidagi asboblarni va qobiliyatlarini ishga solib, turli narsalar yasagan. Biz ham samimiy odamlarni topib, ular Isoning shogirdlari bo‘lishiga yordam berishimiz kerak. (Mat. 28:19, 20)

5. «Ta’lim berish “qutimizdagi” asboblar» haqida nimani bilishimiz kerak? Misol keltiring. (Ochqich oyatning yuqorisidagi rasmlarga qarang.)

5 Qutidagi asboblarga keladigan bo‘lsak, har biri muayyan maqsadda ishlatiladi. Masalan, Iso foydalangan asboblarga e’tibor qaratish mumkin *. Ularning yordamida yog‘ochlarni o‘lchash, belgilash, kesish, shakl berish, tenglashtirish va bir-biriga mahkamlash mumkin edi. Shu singari, «Ta’lim berish “qutimizdagi” asboblar»ning har biri muayyan maqsadda qo‘llaniladi. Shunday ekan, keling, bu qutiga diqqat qaratib, qanday qilib ushbu muhim asboblarni ishlatishimiz mumkinligini bilib olaylik.

TANISHTIRUVCHI ASBOBLAR

6, 7. a) JW.ORG kartochkalaridan foydalanganmisiz? b) Taklifnomaning qanday ikkita maqsadi bor?

6 JW.ORG kartochkalari *. Bu kartochkalar kichkina, ammo odamlarga o‘zimizni tanishtirish va ularni veb-saytimizga yo‘naltirish uchun qo‘l keladigan samarali asbob. Saytimiz yordamida ular biz haqimizda ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lishi va hatto Muqaddas Kitob tadqiqini o‘tishga xohish bildirishi mumkin. Shuningdek, jw.org saytimiz orqali 400 000 dan oshiq so‘rov yuborilgan va har kuni yuzdan ziyod odam bunday so‘rov yubormoqda. Bunday kartochkalarni o‘zingiz bilan olib yursangiz, shohidlik berish fursati tug‘ilib qolganda undan foydalana olasiz.

7 Taklifnomalar. Bu asbobning ikkita maqsadi bor bo‘lib, bittasi yig‘ilishlarga taklif qilishdan iborat. U yerda shuningdek: «Yahovaning Shohidlari bilan Muqaddas Kitobni tadqiq qilishga sizni ham taklif qilamiz»,— deb yozilgan. U yerda «uchrashuvlarimizda» yoki «tadqiq o‘tkazuvchi bilan» sarlavhalaridan birini tanlash mumkin. Xullas, bu asbob nafaqat bizni tanitadi, balki «ma’naviy narsalarga chanqoq bo‘lgan» odamlarni ham Muqaddas Kitobni biz bilan birga o‘rganishga chorlaydi. (Mat. 5:3) Albatta, odamlar tadqiq o‘tish istagini bildiradimi yoki yo‘qmi, ularni jamoat uchrashuvlarimizga taklif qilamiz. U yerga borib, ular Muqaddas Kitob asosida berilayotgan ta’limni o‘zlari eshitishi hamda ko‘rishi mumkin.

8. Odamlar jamoat uchrashuvlarining hech bo‘lmasa bittasiga kelishi qanchalik muhim? Misol keltiring.

8 Odamlarni yig‘ilishga taklif qilishda davom etsak yaxshi bo‘lardi. Nega deganda, ular jamoat uchrashuvlarimizdagi ma’nan boy ozuqa va Buyuk Bobilning ma’nan vayronligi o‘rtasidagi farqni ko‘ra oladi. (Ishayo 65:13) Bir necha yil oldin Qo‘shma Shtatlardagi Rey va Linda buni o‘zlarida his etdi. Ular cherkovga borish qaroriga keldi. Bu juftlik Xudoga ishonib, ma’nan och bo‘lgani uchun shahridagi hamma cherkovga birma-bir bora boshladi. Har bir cherkovning xususiyati bo‘lib, ko‘pgina oqimlari bo‘lgan. Boshida ular borishni tanlagan cherkovning ikkita xususiyatiga e’tibor qaratishga kelishib oldi. Birinchidan, ular diniy uchrashuv paytida biron narsaga o‘rganamiz deyishgan, ikkinchidan esa, o‘zini Xudoning xizmatchisi deb ta’kidlaydigan kishi munosib ko‘rinishda bo‘lishi kerak edi. Bir necha yil o‘tgach, ular shahridagi har bir cherkovga bordi, lekin hafsalasi pir bo‘ldi. Ular hech narsa bilib olmadi va cherkovga qatnaydiganlarning kiyimi ham nomunosib edi. Ro‘yxatidagi cherkovlarning oxirgisiga borgach, Linda ishiga, Rey esa uyga ketdi. Yo‘l-yo‘lakay Rey Yig‘ilish zalini ko‘rib: «Bu yerga ham borib, nimalar bo‘layotganini ko‘rsakmikan?» — deb o‘yladi. Ha, bu eng yaxshi qaror edi! Yig‘ilish zalidagi har bir kishi mehribon va muloyim, o‘rinli tarzda kiyingan edi. Rey eng oldingi qatorga o‘tirdi va bilib olayotganlari unga juda yoqdi. Bu xuddi havoriy Pavlus aytganiday, kimdir imonlilar jamoatiga ilk bor kelib: «Chindan ham Alloh sizlar bilan ekan»,— deganday bo‘ldi. (1 Kor. 14:23–25) Rey o‘shandan beri yig‘ilishga har yakshanba kuni boradigan bo‘ldi, keyin esa qolgan jamoat uchrashuvlariga ham qatnay boshladi. Linda ham yig‘ilishlarni qoldirmadi va ularning ikkovi 70 yoshida Muqaddas Kitob tadqiqini o‘tib, suvga cho‘mdi.

SUHBATNI BOSHLASHGA MO‘LJALLANGAN ASBOBLAR

9, 10. a) Nima uchun buklamalardan foydalanish qulay? b) «Xudoning Shohligi nima?» nomli buklamani qanday qo‘llash mumkinligini tushuntiring.

9 Buklamalar. Suhbatni boshlashga mo‘ljallangan foydalanishda oson bo‘lgan sakkizta buklamamiz bor. Ular 2013-yildan beri chiqishni boshlagan bo‘lsa-da, bunday buklamalar deyarli besh milliard nusxada chop etildi. Ushbu asboblarning qulayligi shundaki, ularning bittasini qanday qo‘llash mumkinligiga o‘rgansangiz, qolgan barchasidan foydalana olasiz, chunki hammasi o‘sha-o‘sha hajmda. Xo‘sh, suhbatni boshlash uchun buklamadan qay yo‘sin foydalanish mumkin?

10 Aytaylik, «Xudoning Shohligi nima?» buklamasini tanladingiz. U yerdagi savolni ko‘rsatib: «Xudoning Shohligi nima? Sizningcha, bu..?» — deb so‘rarsiz. So‘ng keltirilgan uchta savolning bittasini tanlashini so‘rang. Tanlagan javobi to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri demay, buklamani ochib «Muqaddas Kitobda nima deyilgan» yozuvini ko‘rsating va Doniyor 2:44 hamda Ishayo 9:6 ni o‘qib bering. Agar imkon bo‘lsa, suhbatni davom eting. Keyin, uning diqqatini buklamaning oxiridagi «Bu haqda o‘ylab ko‘ring: “Xudoning Shohligi boshqaruvi ostida hayot qanday bo‘ladi?”» degan savolga qarating. Bu keyinchalik ham u bilan suhbatlashish uchun yaxshi asos bo‘la oladi. Ushbu buklamada «Xudodan kelgan xushxabar» nomli risolaning 7- darsiga ishora qilingan. O‘sha kishi bilan yana uchrashganingizda, undan foydalansangiz bo‘ladi, chunki u Muqaddas Kitob tadqiqini boshlashga mo‘ljallangan asboblardan biridir.

QIZIQISH UYG‘OTADIGAN ASBOBLAR

11. Jurnallarimiz qay tarzda ishlab chiqariladi va biz ular haqida nimalarni bilishimiz lozim?

11 Jurnallar. Dunyo bo‘ylab «Qo‘riqchi minorasi» va «Uyg‘oning!» jurnallari eng ko‘p tarjima qilinadigan va chop etiladigan adabiyot hisoblanadi. Ular xalqaro miqyosda chop etilayotgani uchun, muqovasidagi mavzular hamma joyda yashovchi odamlarga mos keladigan tarzda ishlab chiqariladi. Ulardan foydalanib, odamning e’tiborini bugungi kunda dolzarb masalalarga qaratib, qiziqishini uyg‘otsak bo‘ladi. Bu jurnallar xushxabarni qadrlaydigan insonlarning qo‘liga tushishini xohlar ekanmiz, ular qaysi odamlarga mo‘ljallangan ekanini bilishimiz kerak.

12. a) «Uyg‘oning!» jurnali qanday odamlarga mo‘ljallangan va uning maqsadi nimadan iborat? b) Bu asbobdan foydalanib, qanday muvaffaqiyatga erishdingiz?

12 «Uyg‘oning!» Muqaddas Kitob haqida oz-moz biladigan yoki umuman bilmaydigan kishilarga mo‘ljallangan. Ular Muqaddas Kitob ta’limotlarini, u yerdagi maslahatlar amaliy ekanini bilmasligi yoki dindan ko‘ngli qolgan bo‘lishi mumkin. «Uyg‘oning!» jurnalining asosiy maqsadi Xudo mavjud ekanini isbotlashdan iborat. (Rim. 1:20; Ibron. 11:6) Qolaversa, odamlarga Muqaddas Kitob «haqiqatan ham... Alloh kalomi» ekaniga ishonch hosil qilishga ko‘maklashadi. (1 Salon. 2:13) 2018-yili chiqadigan bu jurnalning uchtasi quyidagicha nomlangan: «Nima baxtga yetaklaydi?», «Oilaviy baxtning 12 ta siri» va «Qayg‘uni yenga olasiz».

13. a) «Qo‘riqchi minorasi» jurnalining tarqatish soni kimlarga qaratilgan? b) Bu asbobdan foydalanib, qanday muvaffaqiyatga erishdingiz?

13 «Qo‘riqchi minorasi» jurnalining tarqatish soni Xudoni hurmat qiladigan va Uning Kalomini qadrlaydigan ma’nan chanqoq kishilarga mo‘ljallangan. Garchi Muqaddas Kitobdagi ba’zi ta’limotlardan xabari bo‘lsa-da, ular aniq bilimga ega emas. (Rim. 10:2; 1 Tim. 2:3, 4) Mazkur jurnalning 2018-yilgi sonlarida quyidagi uchta savoldan iborat mavzular ko‘rib chiqiladi: «Muqaddas Kitob bugungi kunda ham amaliymi?», «Bizni qanday kelajak kutyapti?» va «Xudo sizga g‘amxo‘rlik qilyaptimi?»

UNDASHGA QARATILGAN ASBOBLAR

14. a) «Ta’lim berish “qutimizdagi” asboblar»da keltirilgan to‘rtta videoning maqsadi qanday? b) Bu videolardan foydalanib, qanday muvaffaqiyatga erishdingiz?

14 Videolar. Isoning davrida duradgor faqat qo‘lda ishlata oladigan asboblardan foydalangan. Biroq bugungi kunda duradgorlar zamonaviy asboblarni qo‘llaydi, masalan, arra, elektr drel, randa, bolg‘a va hokazolarni. Adabiyotlardan tashqari bugungi kunda odamlarga ajoyib videolarni ko‘rsatamiz. Qutimizda bunday to‘rtta video mavjud: «Nega Muqaddas Kitobni tadqiq qilish kerak?», «Muqaddas Kitob tadqiqi qanday o‘tkaziladi?», «Yig‘ilish zalida nimalar bo‘ladi?» va «Yahovaning Shohidlari o‘zi kim?» Ushbu videolar ikki yoki bundan ham kamroq vaqt davom etib, birinchi suhbat uchun juda qo‘l keladi. Uzoqroq vaqt davom etadigan videolardan esa takroriy tashriflarda va ko‘proq vaqti bo‘lgan kishilarga ko‘rsatish uchun foydalanish mumkin. Bu qiziqarli asboblar odamni Muqaddas Kitob tadqiqini boshlashga va jamoat uchrashuvlariga qatnashga chorlashi hech gap emas.

15. Videolarni ona tilida tomosha qilishning qanday foydasi bor? Misol keltiring.

15 Misol uchun, imondoshimiz Mikroneziyadan bo‘lgan bir ayolga uning yap tilida «Nega Muqaddas Kitobni tadqiq qilish kerak?» nomli videoni ko‘rsatganda, bu unga juda ta’sir qilgan. Video boshlanganda ayol: «Voy, ona tilimda-ku! Ko‘zlarimga ishonmayapman. Orolimdagi shevada, mening tilimda gapiryapti!» — degan. So‘ng u jw.org saytiga kirib, uning tilidagi barcha narsani o‘qib, tomosha qilmoqchi ekanini aytdi. (Havoriylar 2:8, 11 ni solishtiring.) Mana yana bir misol. Qo‘shma Shtatlardagi imondoshimiz jiyani ona tilidagi ushbu videoni tomosha qila olishi uchun manzilni yuborgan. Uni tomosha qilgach, jiyani elektron pochta orqali shunday deb yozgan: «E’tiborimni bu dunyoni yovuz shaxs boshqarayotgani jalb qildi. Muqaddas Kitobni tadqiq qilish haqidagi so‘rovni to‘ldirib yubordim». Imondoshimizning jiyani faoliyatimiz taqiqlangan mamlakatda yashaydi.

HAQIQATNI O‘RGATISH UCHUN MO‘LJALLANGAN ASBOBLAR

16. Ushbu har bir risolaning maqsadi nimadan iborat: a) «Xudoga quloq solib abadiy yashang», b) «Xudodan kelgan xushxabar», d) «Bugungi kunda Tangri Yahovaning irodasini kim bajaryapti?»

16 Risolalar. O‘qishga qiynaladigan yoki tilida adabiyot bo‘lmagan kishilarga haqiqatni qay tarzda yetkaza olamiz? Bizda «Xudoga quloq solib abadiy yashang» * nomli risola bor va u bunda qo‘l keladi. Tadqiqni boshlashga qo‘l keladigan ajoyib asbob, ya’ni «Xudodan kelgan xushxabar» risolasi ham bor. Kishiga risolaning oxirgi sahifasida keltirilgan 14 ta mavzuni ko‘rsatishingiz mumkin va undan qaysi biri yoqqanini so‘rang. Keyin esa, bu risoladan foydalanib tadqiq boshlang. Siz ham takroriy tashriflaringizda bunday yo‘l tutyapsizmi? Qutimizda «Bugungi kunda Tangri Yahovaning irodasini kim bajaryapti?» nomli uchinchi risola bor. Uni qo‘llab tadqiq o‘tayotgan kishilarga tashkilotimiz haqida ma’lumot yetkazsa bo‘ladi. Undan har bir tadqiqda qanday foydalanish mumkinligini bilish uchun «Hayot tarzimiz va xizmatimiz. Ta’lim dasturi»ning 2017-yil mart soniga qarang.

17. a) Tadqiq uchun mo‘ljallangan har bir kitobning maqsadi nimadan iborat? b) Suvga cho‘mgan kishi uchun qanday talab bor va nega?

17 Kitoblar. Risola bo‘yicha tadqiq o‘tishni boshlagach, istagan paytingizda «Muqaddas Kitob ta’limotlari» kitobi orqali tadqiqni davom etib ketsangiz bo‘ladi. Bu asbob yordamida odamning Muqaddas Kitob borasidagi bilimlari yanada oshadi. Ushbu kitobni tugatgach, agar kishi ma’nan o‘sayotgan bo‘lsa, u bilan «O‘zingizni Xudoning mehr-muhabbati soyasida saqlanglar» * kitobini tadqiq qilishingiz mumkin. Bu asbob yordamida u kundalik hayotida Muqaddas Kitobdagi prinsiplarga qanday amal qilish kerakligiga o‘rganadi. Unutmangki, u hatto suvga cho‘mgandan keyin ham ushbu ikkita kitobni tadqiq qilib tugatishi lozim. Bu uning imoni uchun mustahkam poydevor bo‘la oladi. (Kolosaliklarga 2:6, 7 ni o‘qing.)

 18. a) Odamlarga haqiqatni yetkazamiz ekan, 1 Timo‘tiyga 4:16 ga ko‘ra nima qilishimiz darkor? b) «Ta’lim berish “qutimizdagi” asboblar»dan foydalanganda qanday maqsadni ko‘zlaymiz?

18 Yahovaning Shohidlari ekanmiz, odamlarni abadiy hayotga yetaklovchi «haqiqat bo‘lmish xushxabar» bizga ishonib topshirilgan. (Kolos. 1:5; 1 Timo‘tiyga 4:16 ni o‘qing.) Biz muhtoj bo‘lgan «Ta’lim berish “qutimizdagi” asboblar»imiz bor. ( «Ta’lim berish “qutimizdagi” asboblar» ramkasiga qarang.) Keling, barcha asboblardan mahorat ila foydalanaylik. Har bir va’zgo‘y qiziqish bildirgan kishiga qaysi adabiyotni taqdim etishni va buni qachon qilishni o‘zi tanlay oladi. Biroq maqsadimiz shunchaki adabiyot tarqatish emas; umuman qiziqish bildirmaydigan insonga adabiyot qoldirmaymiz. Maqsadimiz rostgo‘y, kamtar va ma’nan chanqoq — «mangu hayotga eltuvchi haqiqatni qabul qilishga moyil bo‘lgan» odamlardan shogird tayyorlash. (Havor. 13:48; Mat. 28:19, 20)

^ 5- x.b. «Qo‘riqchi minorasi»ning 2010-yil 1- avgust sonidagi (rus) «Duradgorlik hunari» nomli maqola va «Duradgorning asboblari» nomli ramkaga qarang.

^ 6- x.b. JW.ORG kartochkalari va taklifnomalardan foydalanganda mahalliy qonunlarni inobatga oling. Bu borada savollaringiz bo‘lsa, jamoat oqsoqollariga murojaat qiling.

^ 16- x.b. Agar kishi o‘qishni bilmasa, asosan rasmlardan iborat bo‘lgan «Xudoga quloq soling» nomli risoladan foydalanishingiz mumkin.

^ 17- x.b. Agar sizning tilingizda «Muqaddas Kitob haqiqatlari» va «Keling, Xudoning mehr–muhabbatida qolaylik» nomli kitoblar chiqsa, ulardan foydalanishingiz kerak.