39-TADQIQ MAQOLASI
«Ulkan olomon» kimlardan iborat?
Hech kim sanay olmaydigan ulkan olomonni ko‘rdim. Ular... taxt va Qo‘zining qarshisida turishardi. VAH. 7:9
60-QO‘SHIQ Najotbaxsh xabar
BU MAQOLADA *
1. Milodiy birinchi asrning oxirida havoriy Yuhanno qanday vaziyatga duch kelgan?
MILODIY birinchi asrning oxirida havoriy Yuhanno og‘ir vaziyatda edi. Uning yoshi o‘tgan bo‘lib Patmos orolida qamoqda edi va, ehtimol, hayot bo‘lgan yolg‘iz havoriy edi. (Vah. 1:9) U shuni bilardiki, murtadlar jamoatdagilarni adashtirib, bo‘linishlarga sabab bo‘layotgan edi. O‘shanda ko‘p o‘tmay Isoning izdoshlaridan hech kim qolmaydiganday tuyulgan bo‘lishi mumkin. (Yahd. 4; Vah. 2:15, 20; 3:1, 17)
2. Vahiy 7:9–14 ga ko‘ra, Yuhanno qanday ajoyib vahiy ko‘radi? (Muqovadagi rasmga qarang.)
2 Bu og‘ir sharoitlarda Yuhanno kelajak borasida ajoyib vahiy oladi. Vahiyda Alloh qullarining peshonasiga muhr bosilmaguncha, farishtalarga buyuk musibatning vayron qiluvchi to‘rtta shamolini ushlab turish aytilgan edi. (Vah. 7:1–3) Peshonasiga muhr bosiladiganlar Iso bilan samoda shohlik qiladigan 144 000 moylanganlarni bildiradi. (Luqo 12:32; Vah. 7:4) So‘ng Yuhanno yana bir guruh haqida yozadi; o‘sha guruh shunchalik ulkan bo‘lganki, u quyidagicha deydi: «Keyin qaradim-u, har bir millatdan, qabiladan, xalqdan va tildan bo‘lgan, hech kim sanay olmaydigan ulkan olomonni ko‘rdim. Ular... taxt va Qo‘zining qarshisida turishardi». (Vahiy 7:9–14 ni o‘qing.) Bir tasavvur qiling, Yuhanno kelajakda tumonat odam haq Xudoga topinishini bilib, qanchalar quvongan bo‘lsa kerak!
3. a) Qay yo‘sin Yuhannoning vahiysi imonni mustahkam qiladi? b) Bu maqolada nimani bilib olamiz?
3 O‘sha vahiy Yuhannoning imonini mustahkamlagani shubhasiz. Bu vahiy imonimizni yanada ko‘proq mustahkamlashi lozim, zero biz o‘sha vahiy amalga oshayotgan paytda
yashayapmiz! Buyuk musibatda omon qoladigan va yer yuzida abadiy yashashga umid qilayotgan millionlab odamlar yig‘ilayotganining guvohi bo‘lyapmiz. Yahova o‘sha ulkan olomon kimni anglatishini sakson yildan oshiq vaqt ilgari O‘z xalqiga ochib bergan. Bu maqolada U buni qay yo‘sin qilganini bilib olamiz. Shuningdek, buyuk olomonning ikkita jihatiga — 1) qancha ekaniga va 2) uning a’zolari dunyoning turli chekkalaridan ekaniga diqqat qaratamiz. Bu tufayli esa, ajoyib umidga ega bo‘lgan ulkan olomon a’zolarining imoni mustahkamlanadi.BUYUK OLOMON QAERDA YASHAYDI?
4. Xristian olami qaysi haqiqatni tushunmaydi va Muqaddas Kitob Tadqiqotchilari ulardan nimasi bilan farq qilardi?
4 Xristian olami itoatkor odamlar bir kun kelib yer yuzida abadiy yashashi borasidagi haqiqatni o‘rgatmaydi. (2 Kor. 4:3, 4) Hozirda xristian olamining aksariyati odam o‘lganidan keyin osmonda yashaydi degan g‘oyani o‘rgatadi. Ammo 1879-yildan boshlab «Qo‘riqchi minorasi» jurnalini chop etishni boshlagan Muqaddas Kitob Tadqiqotchilari bunday fikrda bo‘lmagan. Ular shuni tushunganki, Xudo yer yuzidagi jannatni tiklaydi va millionlab itoatli insonlar osmonda emas, balki yer yuzida yashaydi. Lekin bu itoatkor insonlarga kimlar kirishini aniq tushunishlari uchun vaqt kerak bo‘ldi. (Mat. 6:10)
5. Muqaddas Kitob Tadqiqotchilari 144 000 moylanganlar borasida nimaga ishongan?
5 Albatta, Muqaddas Kitob tadqiqotchilari Kalomdan shuni anglashganki, ba’zi odamlar Iso bilan samoda boshqarish uchun «sotib olinadi». (Vah. 14:3) Bu yer yuzidagi hayoti davomida Allohga sadoqat ila xizmat qilgan g‘ayratli va bag‘ishlangan 144 000 ta masihiydan tashkil topgan guruhni anglatadi. Xo‘sh, ulkan olomon haqida-chi, nima desa bo‘ladi?
6. Muqaddas Kitob Tadqiqotchilari ulkan olomon borasida nimaga ishongan?
6 Yuhanno vahiyda ulkan olomon «taxt va Qo‘zining qarshisida turganini» ko‘rgan. (Vah. 7:9) Mana shu so‘zlar tufayli Muqaddas Kitob Tadqiqotchilari ulkan olomon 144 000 moylanganlar singari osmonga ko‘tariladi, degan xulosaga kelgan. Agar 144 000 moylangan va ulkan olomon osmonga ko‘tariladigan bo‘lsa, ular nimasi bilan farq qilgan bo‘lardi? Muqaddas Kitob Tadqiqotchilari ulkan olomon yer yuzidagi hayoti davomida Xudoga to‘laligicha itoat qilmagan insonlardan tashkil topadi, deb o‘ylashgan. Garchi ular Muqaddas Kitobdagi axloqiy me’yorlar bo‘yicha yashashsa-da, ba’zilari xristian olamining a’zosi bo‘lishda davom etishgandir. Muqaddas Kitob Tadqiqotchilari shunday xulosaga kelganki, bu kabi odamlarda Xudoga nisbatan qandaydir sevgi bor, biroq bu Iso bilan boshqarish uchun yetarli emas. Ular ulkan olomon a’zolari Xudoni qattiq sevishmagani bois, taxtda emas, balki taxtning qarshisida turishga loyiq deb o‘ylashgan.
7. Ming yillik boshqaruv davomida yer yuzida kimlar yashashi borasida Muqaddas Kitob Tadqiqotchilari qanday fikrda edi va qadimdagi sadoqatli kishilar borasida ular nimaga ishongan?
7 Xo‘sh, unda yer yuzida kim yashaydi? Muqaddas Kitob Tadqiqotchilari shunga ishonganki, 144 000 moylanganlar va ulkan olomon osmonda yig‘ilgach, millionlab boshqa odamlar Masihning Ming yillik boshqaruvi paytida yer yuzida barakalardan bahramand bo‘lib yashaydi. Tadqiqotchilar o‘sha millionlab odamlar Masih boshqaruvidan avval Yahovaga xizmat qiladi deb o‘ylamagan. Aksincha, Tadqiqotchilar Ming yillik boshqaruv davomida o‘sha odamlar Yahova haqida bilim oladi degan fikrda edi. Shu yo‘sin, ular Yahovaning me’yorlari bo‘yicha yashashni Zab. 45:16)
tanlaganlar yer yuzida abadiy yashash barakasiga ega bo‘lishiga, buni rad etganlar esa, yo‘q qilinishiga ishonishardi. Bundan tashqari, Tadqiqotchilar Ming yillik boshqaruv davomida yer yuzida «beklar» bo‘lib xizmat qiladiganlarning ba’zilari, bu boshqaruvning so‘ngida osmonga ko‘tarilishiga ishonishgan. Qolaversa, ular «beklar» «azaldagi qadrli insonlarni» (yoki Masihdan oldin vafot etgan sadoqatli kishilarni) anglatishiga va ular Ming yillik boshqaruv davomida tiriltirilishiga ishonishgan. (8. Muqaddas Kitob Tadqiqotchilari qanday uchta guruh bo‘lishiga ishongan?
8 Bu tufayli Muqaddas Kitob Tadqiqotchilari uchta guruh bo‘lishiga ishongan: 1) Osmonda Iso bilan boshqaradigan 144 000 moylanganlar; 2) Xudoni unchalik qattiq sevmay osmonda Isoning taxti qarshisida turadiganlar; va 3) Masihning Ming yillik boshqaruvi davomida Yahova to‘g‘risida bilimga ega bo‘ladigan millionlab odamlar *. Ammo keyinchalik Yahova ularga bu masalani aniqroq tushunishga yordam berdi. (Hik. 4:18)
HAQIQAT NURI YANADA YORQIN PORLADI
9. a) Qaysi ma’noda ulkan olomon «taxt va Qo‘zining qarshisida» tura oladi? b) Nega Vahiy 7:9 borasidagi tushunchamiz o‘zgargani mantiqan to‘g‘ri?
9 Yahovaning Shohidlari Yuhanno vahiyda ko‘rgan ulkan olomon kimni anglatishini 1935-yili aniq tushundi. Ular ulkan olomon tom ma’noda osmonga ko‘tarilmasligini hamda «taxt va Qo‘zining qarshisida» turmasligini anglashdi. Ulkan olomon buni ramziy ma’noda qiladi. Ular hatto yer yuzida yashasa-da, Yahovaning boshqaruvini tan olib va Uning hukmdorligiga itoat etib, «taxt... qarshisida» tura olishadi. (Ishayo 66:1) Isoning to‘lov qurbonligiga ishonib, «Qo‘zining qarshisida» tura olishadi. Shu singari, Matto 25:31, 32 da Iso ulug‘vor taxtiga o‘tirganda, «barcha xalqlar», jumladan, yovuzlar uning «oldida... to‘planishi» haqida aytilgan. Shunisi aniqki, barcha xalqlar osmonda emas, yer yuzida bo‘ladi. 1935-yili o‘zgargan bu tushunchamiz mantiqan to‘g‘ridir. Bu tufayli nima uchun ulkan olomon osmonga ko‘tarilishi haqida Muqaddas Kitobda hech nima yozilmaganini tushunsa bo‘ladi. Ha, faqat bittagina guruhga, ya’ni Iso bilan «yer yuzi ustidan shohlik qiladigan» 144 000 moylanganlarga osmonda abadulabad yashash va’da qilingan. (Vah. 5:10)
10. Nima uchun ulkan olomon Ming yillik boshqaruv boshlanishidan oldin Yahova haqida bilim olishi kerak?
10 Yahovaning Shohidlari 1935-yildan boshlab, Yuhanno vahiyda ko‘rgan ulkan olomon yer yuzida abadiy yashash umidiga ega sadoqatli masihiylardan iborat bo‘lgan guruhni anglatishiga ishonadi. Buyuk musibatda omon qolish uchun ulkan olomon Masihning Ming yillik boshqaruvi boshlanishidan oldin Yahova to‘g‘risida bilim olishi kerak bo‘ladi. Masihning Ming yillik boshqaruvi boshlanishidan avval «yuz beradigan bu voqealardan omon qolish» uchun ular kuchli imonni namoyon etishi kerak. (Luqo 21:34–36)
11. Nega ba’zi Tadqiqotchilar Ming yillik boshqaruvdan so‘ng ayrimlar samoga ko‘tariladi deb o‘ylagan bo‘lishi mumkin?
11 Ming yillik boshqaruvdan so‘ng namunali bo‘lganlarning ba’zilari samoga ko‘tarilishi borasidagi fikr haqida nima desa bo‘ladi? «Qo‘riqchi minorasi»ning 1913-yil 15-fevral sonida mazkur taxmin keltirilgan edi. Kimlardir shunday fikrga borishi mumkin edi: «Nima sababdan Xudoning qadimgi sadoqatli xizmatchilari shunchaki yer yuzida yashaydi-yu, butkul sadoqatli bo‘la olmagan masihiylar esa, samoviy mukofotga erishadi?» Albatta
ular 1) ulkan olomon osmonga ko‘tariladi va 2) ulkan olomon Xudoga butkul sadoqatli bo‘la olmagan masihiylardan iborat degan noto‘g‘ri fikrlar ta’sirida bunday xulosaga kelgandir.12–13. Ham moylanganlar, ham ulkan olomon mukofotlari borasida nimani tushunishadi?
12 Bilib olganimizday, 1935-yildan beri Yahovaning Shohidlari shuni aniq tushundiki, Yuhanno vahiyda ko‘rgan ulkan olomon Armageddonda omon qolganlarni bildiradi. Ular yer yuzidagi «buyuk musibatdan chiqib keladi» va «baland ovozda shunday deya xitob qilishadi: “Najotimiz uchun taxtda o‘tirgan Xudoyimizdan hamda Qo‘zidan qarzdormiz”». (Vah. 7:10, 14) Shuningdek, Muqaddas Yozuvlarga ko‘ra, samoviy hayot uchun tirilganlar qadimgi sadoqatli xizmatchilardan «yaxshiroq narsaga» umid qiladi. (Ibron. 11:40) Shu yo‘sin, imondoshlarimiz odamlarni Yahovaga xizmat qilishga va yer yuzida abadiy yashashga g‘ayrat ila taklif qila boshladi.
13 Ulkan olomon umidi ila quvonadi. Ular Yahova sadoqatli xizmatchilaridan kimlar osmonda-yu, kimlar yer yuzida xizmat qilishini O‘zi tanlashini tushunishadi. Ham moylanganlar, ham ulkan olomon ularning mukofoti faqatgina Yahova Iso Masihning to‘lovi orqali namoyon etgan mehr-inoyat ekanini tushunishadi. (Rim. 3:24)
ULARNING SONI SANOQSIZ
14. Nima uchun 1935-yildan so‘ng ko‘plar ulkan olomon haqidagi bashorat qanday amalga oshar ekan, deb qiziqqan?
14 Tushunchamiz 1935-yili o‘zgargach, yer yuzida yashashga umid qiladiganlarning soni qay yo‘sin oshar ekan, deb ko‘plar qiziqardi. Masalan, ulkan olomon borasidagi tushunchamiz oydinlashganida birodar Ronald Parkin 12 yoshda edi. U shunday eslaydi: «O‘sha payt dunyo bo‘ylab, taxminan 56 000 ta va’zgo‘y bor edi va, ehtimol, ularning aksariyati moylangan edi. Shu sababli, ulkan olomonning soni katta emasday tuyulardi».
15. Qay yo‘sin ulkan olomonning soni o‘sishda davom etmoqda?
15 Keyingi o‘n yillar davomida ko‘p yurtlarga to‘la vaqtli maxsus va’zgo‘ylar yuborildi va Yahova Shohidlarining soni o‘sishda davom etdi. So‘ng 1968-yili «Abadiy hayotga yetaklaydigan haqiqat» nomli kitob yordamida Muqaddas Kitobni tadqiq qilish dasturi boshlandi. O‘sha kitobda Kalomdagi ko‘pgina haqiqatlar osongina tushuntirilgani bois, u har qachongiga qaraganda anchagina kamtarin kishilarni Yahovaga jalb qildi. To‘rt yil ichida besh yuz mingdan oshiq yangi shogird suvga cho‘mdi. Lotin Amerikasida va boshqa mamlakatlarda Katolik cherkovining kuchi susayishni boshlaganida, Afrikaning ba’zi Ishayo 60:22) So‘nggi yillarda Yahovaning tashkiloti odamlarga Muqaddas Kitobdagi ta’limotlarni tushunishga yordam berish maqsadida, bir qancha samarali adabiyotlarni taqdim etdi. Shubhasizki, soni sakkiz milliondan oshgan ulkan olomon yig‘ilmoqda.
joylarida hamda Sharqiy Yevropada faoliyatimizga tegishli taqiqlar olib tashlanganida, millionlab odamlar suvga cho‘mdi. (DUNYONING CHEKKALARIDAN YIG‘ILAYOTGAN ULKAN OLOMON
16. Ulkan olomon kimlardan tashkil topadi?
16 Yuhanno ko‘rgan vahiysini qalamga olar ekan, ulkan olomon «har bir millatdan, qabiladan, xalqdan va tildan» bo‘lganini aytib o‘tgan. Bundan oldin esa, Zakariyo payg‘ambar quyidagicha bashorat qilgan edi: «O‘sha kunlarda barcha xalqlardan bo‘lgan, turli tillarda gapiradigan o‘n kishi bir yahudiyning kiyimidan ushlab oladi. Ha, mahkam ushlab olib: “Biz siz bilan boramiz, chunki Xudo sizlar bilan ekanini eshitdik”,— deyishadi». (Zakr. 8:23)
17. Turli xalqdan bo‘lgan va turli tillarda gapiradigan odamlarga yordam berish uchun nimalar qilinmoqda?
17 Yahovaning Shohidlari shuni tushunadiki, turli tillarda gapiradigan odamlar yig‘ilishi uchun xushxabar ko‘p tillarda va’z qilinishi kerak. 130 yildan ziyod vaqt davomida Muqaddas Kitobga asoslangan adabiyotlarni tarjima qilib kelyapmiz va hozirda faoliyatimizni Mat. 24:14; Yuhan. 13:35)
yuzlab tillarda va’z qilib insoniyat tarixidagi eng ulkan tarjima ishini olib boryapmiz. Darhaqiqat, Yahova turli xalqlardan bo‘lgan odamlarni yig‘ib, zamonaviy mo‘jiza ko‘rsatmoqda. Muqaddas Kitob va unga asoslangan adabiyotlar juda ham ko‘p tillarda chiqayotgani sababli, dunyoning turli chekkalarida bo‘lsak ham yakdillikda topinyapmiz. Shuningdek, Yahovaning Shohidlari g‘ayrat ila va’z qilishi va birodarlarcha sevgisi bilan tanilgan. Bu imonni mustahkamlaydi, shunday emasmi?! (BU VAHIYNING BIZGA QANDAY AHAMIYATI BOR?
18. a) Ishayo 46:10, 11 ga ko‘ra, Yahova ulkan olomon borasidagi bashoratni amalga oshirganidan nega hayron qolmaymiz? b) Nima uchun yer yuzida yashashga umid qiladiganlar o‘zlarini biron nimadan mahrum bo‘lganday his etmaydi?
18 Ulkan olomon haqidagi bashoratdan suyunishimiz uchun sabablarimiz bisyordir! Yahova bu bashoratni mo‘jizaviy tarzda amalga oshirayotganidan hayron qolmaymiz. (Ishayo 46:10, 11 ni o‘qing.) Ulkan olomon a’zolari Yahova ularga bergan umid uchun minnatdor. Ular samoda Iso bilan boshqarish uchun muqaddas ruh bilan moylanmaganidan o‘zlarini nimadandir mahrum bo‘lganday his etmaydi. Chunki Xudoning Kalomida muqaddas ruh ta’sirida bo‘lgan, ammo 144 000 moylanganlar qatoriga kirmagan sadoqatli erkag-u ayollar to‘g‘risida o‘qiymiz. Ulardan biri suvga cho‘mdirib yurgan Yahyodir. (Mat. 11:11) Yana boshqa bir misol — Dovud. (Havor. 2:34) Ular va son-sanoqsiz odamlar yer yuzidagi jannatda yashash uchun tiriltiriladi. Ular ulkan olomon bilan birgalikda Yahovaga hamda Uning hukmdorligiga bo‘lgan sadoqatini ko‘rsatish imkoniga ega bo‘lishadi.
19. Yuhanno ulkan olomon haqida ko‘rgan vahiyning ma’nosini tushunsak, qanday yo‘l tutamiz?
19 Insoniyat tarixida Xudo turli millatdan bo‘lgan millionlab insonlarni oldin hech ham birlashtirmagan edi. Osmonda yashashga umid qilamizmi yoki yer yuzidami, iloji boricha ko‘proq odamga «boshqa qo‘ylar»dan bo‘lgan ulkan olomonning bir qismi bo‘lishiga yordam berishimiz kerak. (Yuhan. 10:16) Tez orada Yahova bashorat qilgan buyuk musibat bo‘ladi va odamlar azob chekishiga sabab bo‘layotgan boshqaruvchilar-u dinlar yo‘q qilinadi. Darhaqiqat, ulkan olomon a’zolari yer yuzida Yahovaga abadiy xizmat qilish kabi ajoyib sharafga ega! (Vah. 7:14)
139-QO‘SHIQ Yangi dunyoga sayr etaylik
^ 5- x.b. Ushbu maqolada Yuhanno «ulkan olomon»ning yig‘ilishi haqida ko‘rgan bashoratli vahiyni muhokama qilamiz. Shubhasizki, bu tufayli ajoyib umidga ega bo‘lgan ulkan olomon a’zolarining imoni mustahkamlanadi.
^ 8- x.b. «Yahovaning Shohidlari — Xudo Shohligining xabarchilari» kitobining (rus) 159–163-sahifalariga qarang.