TARJIMAI HOL
Ma’naviy meros ravnaq topishimga ko‘maklashdi
ZIM-ZIYO tun; oqimi tez va kengligi taxminan 1,6 km bo‘lgan ulkan Niger daryosi qarshisida turgan edik. Nigeriyada fuqarolar urushi avjiga chiqqan edi, shuning uchun o‘sha daryoning narigi tomoniga o‘tish xavfli bo‘lgan. Bunday vaziyatga bir necha marotaba tushganmiz. Qanday qilib bu vaziyatga duch keldik? Keling, tug‘ilishimdan avval nimalar bo‘lganini aytib beray.
1913-yili otam Jon Mills 25 yoshida Nyu-York shahrida suvga cho‘mgan. Rassell birodarimiz suvga cho‘mmoqchi bo‘lganlarga atalgan nutqni aytgan. Ko‘p o‘tmay, otam Trinidadga borgan va Muqaddas Kitob Tadqiqotchisi bo‘lgan g‘ayratli Konstansa Farmerga uylangan. Otam do‘sti Uilyam Braunga * «Yaratilish fotodramasi»ni ko‘rsatishga yordam bergan. Ular buni birodarimiz Braun 1923-yili Afrikaning g‘arbiga tayinlanguniga qadar amalga oshirib kelishgan. Ota-onam samoviy hayotga umidvor bo‘lgan. Ular Trinidad shahrida xizmat qilgan.
OTA-ONAMIZ BIZNI SEVARDI
Oilada to‘qqizta farzandmiz. Akamga «Qo‘riqchi Minorasi Muqaddas Kitob va Adabiyot Jamiyati»da boshchilikni o‘z zimmasiga olgan Ruterford birodarimizning ismini qo‘yishgan. Men 1922-yili 30-dekabrda tug‘ilganman va meni «Oltin davr» (hozir «Uyg‘oning!») nomli jurnalning muharriri Kleyton Vudvortning ismi bilan atashgan. Ota-onam barchamizni o‘qitgan, lekin ayniqsa ma’naviy maqsadlar sari intilishimizga undagan. Onam Muqaddas Yozuvlar asosida chuqur mulohaza yuritgan. Otam Muqaddas Kitobdagi hikoyalarni bizga aytib berishni yoqtirgan va imo-ishoralar bilan ularni jonli tarzda ko‘rsatib berishga intilgan.
Ota-onamning harakatlari o‘z samarasini berdi. Beshta o‘g‘ildan uchtasi, ya’ni men va ikkita ukam Gilad maktabida o‘qidik. Uchta singlim esa Trinidad va Tobagoda ko‘p yillar davomida kashshof bo‘lib xizmat qilishdi. Ota-onam bizga ta’lim berish va namunali o‘rnagi bilan «Yahovaning uyida» o‘stirishdi. Ularning undovi tufayli biz bu uyda qolib, «Allohimizning hovlilarida» gullab-yashnay oldik. (Zab. 92:13)
Uyimiz va’zgo‘ylik faoliyatining markaziga aylangan edi. Kashshoflar biznikiga kelishardi va Trinidadga tashrif buyurgan kanadalik Jorj
Yang ismli to‘la vaqtli maxsus va’zgo‘y haqida tez-tez gapirib berishardi. Ota-onam o‘sha paytda Afrikaning g‘arbida xizmat qilgan oldingi hamkori birodarimiz Braun to‘g‘risida xursand bo‘lib bizga aytib berishardi. Bularning bari o‘n yoshimda voizlik xizmatini boshlashimga turtki bo‘ldi.ILK FAOLIYATIM
O‘sha paytda jurnallarimizda tijoratning ochko‘zligi, siyosatning yolg‘onlari va soxta din haqida ochiqdan-ochiq aytilardi. Bu tufayli 1936-yili mahalliy din rahbarlarining undovi bilan Trinidad shahrining hokimiyati tomonidan adabiyotlarimiz taqiqlandi. Ularni yashirib qo‘ydik, ammo bor adabiyotimiz tugamaguniga qadar ulardan foydalanardik. Taklifnoma va plakatlarni qo‘llab, informasion marsh hamda velosipedlardan foydalangan holda parad o‘tkazardik. Tunapuna shahridan karnayli mashina mingan bir guruh va’zgo‘ylar bilan Trinidadning hatto olis joylarigacha borib va’z qilganmiz. Bu juda ajoyib edi! Bunday ma’naviy muhit bo‘lgani uchun 16 yoshimda suvga cho‘mdim.
Oilamning ko‘magi va shu kabi voqealar tufayli menda to‘la vaqtli maxsus va’zgo‘y bo‘lish istagi paydo bo‘ldi. 1944-yili Aruba oroliga borib, Edmund Kammings birodar bilan hamkorlik qilganimda ham bu istak so‘nmagan edi. 1945-yili u yerda Qutlug‘ Kechlik marosimiga 10 ta kishi kelganida juda quvongan edik. Keyingi yili esa o‘sha orolda ilk jamoat tashkillashtirildi.
Ko‘p o‘tmay, hamkasbim Oris Uilyamsga va’z qildim. U e’tiqodini himoya qilish maqsadida isbotlar keltirishga urindi. Ammo Muqaddas Kitobni tadqiq qilish jarayonida u haqiqatni bilib oldi va 1947-yili 5-yanvarda suvga cho‘mdi. Vaqt o‘tgach, bir-birimizni sevib qoldik va turmush qurdik. Oris 1950-yili noyabrda kashshoflik qila boshladi. Oris bilan oila qurgach, hayotim yanada gullab-yashnay boshladi.
NIGERIYADAGI QUVONCHLI XIZMATIMIZ
1955-yili biz Gilad maktabiga taklif etildik. U yerga borishdan avval Oris ikkimiz ishdan bo‘shadik, uyimizni-yu mol-mulkimizni sotdik va Aruba bilan xayrlashdik. 1956-yili 29-iyulda Gilad maktabining 27-sinfini bitirdik va Nigeriyaga tayinlandik.
Ortga qarab Oris quyidagilar bilan bo‘lishdi: «Yahovaning yordami bilan to‘la vaqtli maxsus va’zgo‘ylikning baland-pastliklarini yengib o‘tdik. Erimdan farqli ravishda, hech qachon to‘la vaqtli maxsus va’zgo‘y bo‘lishni istamaganman. Uyda o‘tirib, bola boqishni yoqtirardim. Xushxabarni va’z qilish qanchalar shoshilinch ekanini tushunganimda esa, nuqtai nazarim o‘zgardi. Gilad maktabini bitirish arafasida esa, to‘la vaqtli maxsus va’zgo‘y bo‘lishga qat’iy qaror qildim. “Kvin Mari” kemasiga ko‘tarilayotganimizda esa, birodar Norr bilan hamkorlik qilgan Vord Fornton keldi va bizga oq yo‘l tilab, Baytilda xizmat qilishimizni aytdi. “Bo‘lishi mumkin emas!” — deb o‘yladim. Biroq tez orada fikrimdan qaytdim va keyinroq Baytilni yoqtirib qoldim. U yerda turli topshiriqlarni bajarganman. Ulardan eng yaxshi ko‘rganim qabulxona edi. Men odamlarni yaxshi ko‘raman va bu ishim tufayli nigeriyalik imondoshlarim bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilardim. Ko‘plari qabulxonaga kir, charchagan, chanqagan va och holda kelardi. Ularga dalda va tasalli berib, ehtiyojlariga g‘amxo‘rlik qilish menga yoqardi. Bularning bari Yahovaga atalgan muqaddas xizmat edi. Bu menga mamnuniyat va baxt keltirdi». Ha, har bir topshiriq tufayli men va Oris yanada gullab-yashnardik.
1961-yili oilamiz bilan birga Trinidadda yig‘ilganimizda, birodar Braun Afrikada yuz bergan ajoyib voqealarni aytib berdi. Men esa Nigeriyadagi o‘sish haqida gapirib berdim. Birodar Braun meni mehr ila quchoqlab, otamga: «Jonni, siz Afrikaga bormadingiz, lekin Vudvort bordi»,— dedi. Otam esa javoban: «Davom et Vud, davom et!» — deb aytdi. Bu ma’nan yetuk birodarlardan bunday daldali so‘zlarni eshitish, xizmatimni to‘la ado etish istagimni kuchaytirdi.
1962-yili men Gilad maktabining 37-sinfida o‘n oy davomida yana ta’lim olish sharafiga ega bo‘ldim. Nigeriyadagi filialda nozir bo‘lgan Uilfred Guch birodarimiz Gilad maktabining 38-sinfida o‘qib, Angliyaga tayinlandi. Nigeriyadagi * (ikki yoni ochiq mahalliy avtobusda) kelardi. Ko‘pincha bu avtobuslarda e’tiborni jalb qiladigan shiorlar yozilgan bo‘lardi. Bittasida shunday aytilgan edi: «Toma-toma ko‘l bo‘lur».
filialga esa nozir sifatida meni tayinlashdi. Braun birodarimiz kabi men ham Nigeriya bo‘ylab sayohat qilib, ko‘plar bilan tanishdim. U yerdagi qadrdon imondoshlarimga bog‘lanib qoldim. Rivojlangan mamlakatlardagi odamlarda bor bo‘lgan oddiy narsalarga ega bo‘lishmasa-da, ular xursand bo‘lib, mamnuniyat his etishardi va hayotning mazmuni pul yoki mol-mulkka bog‘liq emasligini ko‘rsatardi. Ular sharoitiga qaramay, yig‘ilishlarga toza va pokiza bo‘lib kelishganini ko‘rish ajoyib edi. Anjumanlar bo‘lganda esa ko‘plar yuk mashinalarda va bolekajasdaBu shior ma’noli edi. Har bir kishining hatto kichik bo‘lgan harakati va bizning urinishlarimiz ham qo‘shilardi. 1974-yilga kelib, va’zgo‘ylarning soni 100 000 taga yetdi. Shu yo‘sin, Nigeriya va’zgo‘ylar soni bo‘yicha Qo‘shma Shtatlardan keyin turgan birinchi mamlakat bo‘ldi. Voizlik ishi gullab-yashnar edi!
O‘sha o‘sish, Nigeriyada 1967–1970-yillar davomida bo‘layotgan fuqarolar urushi paytiga to‘g‘ri kelgan edi. Bir necha oy mobaynida Niger daryosining narigi tomonidagi Biafradagi birodarlarimiz filialdan uzilib qoldi. Biz ularga ma’naviy ozuqani yetkazib berishimiz kerak edi. Yuqorida aytganimday, Yahovaga ibodat qilib, Unga tayanib o‘sha daryoni bir necha marotaba kechib o‘tganmiz.
Niger daryosini kechib o‘tganlarimiz hali ham esimda, o‘shanda jahldor askarlar, kasalliklar va boshqa qiyinchiliklarga qaramay o‘z hayotimizni xavf ostiga qo‘yardik. Masalan, harbiy qo‘shin o‘rnashgan taraf orqali o‘tish oson emas edi, lekin bundan ham qo‘rqinchlirog‘i Biafradagi qurshab olingan taraf orqali o‘tish edi. Bir safar Niger daryosi orqali kechasi kanoeda (qayiqda) Asabadan Onichagacha bordim. U yerdan oqsoqollarga dalda berish uchun Enuguga yo‘l oldim. Boshqa safar esa Abaga borib, oqsoqollarga dalda berdik, u shahardagi barcha xonadon va binolarda kechki payt chiroq yoqish man etilgan edi. Xarkart shahrida esa, federal kuchlar shahar tashqarisidagi Biafra mudofaasini yorib o‘tishganda, jamoat uchrashuvi darrov ibodat ila yakunlandi.
Bu yig‘ilishlar aziz birodarlarimiz uchun o‘ta muhim edi, chunki shu yo‘sin Yahova ularga g‘amxo‘rlik qilayotganini sezib, betaraflik va birlik masalasida U kerakli maslahat berayotganini ko‘rishardi. Nigeriyadagi birodarlar o‘sha dahshatli qiyinchiliklarni muvaffaqiyat ila yengishdi. Ular irqlar aro nafrat bo‘lishiga qaramay, sevgini namoyon etib, o‘zaro yakdil bo‘lishga jon kuydirishdi. Bunday mushkul davrda ular bilan birga bo‘lish katta sharaf edi!
1969-yili Milton Xenshel birodarimiz Nyu-Yorkdagi Yanki stadionida bo‘lib o‘tgan «Yer yuzida tinchlik» nomli xalqaro anjumanida dastur raisi bo‘lgan. Bu ayni kerakli edi, boisi biz 1970-yili Lagosda (Nigeriya) «Iltifotga ega bo‘lganlar» nomli xalqaro anjumanini o‘tkazgan edik. Bunday tadbir fuqarolar urushidan ko‘p vaqt o‘tmay o‘tkazilgani faqat Yahovaning barakasidan dalolat. O‘sha anjumanda dastur 17 ta turli tilda eshittirildi va 121 128 ta odam tashrif buyurdi. Birodarlarimiz Norr, Xenshel va Qo‘shma Shtatlardan hamda Angliyadan kelgan imondoshlarimiz 3 775 kishi suvga cho‘mganining guvohi bo‘lishdi. O‘tmishdagi Hosil bayramidan beri shuncha ko‘p odam suvga cho‘mishi kuzatilmagan edi. Menimcha, bu tadbirni tashkillashtirish hayotimdagi eng band bo‘lgan paytim edi. Boshqa mamlakatlar bilan solishtirganda, va’zgo‘ylar sonining o‘sishi rosa tez edi!
Nigeriyada 30 yildan ziyod vaqt xizmat qilganim davomida G‘arbiy Afrikada gohida ko‘chma va mintaqa noziri bo‘lish xursandchilik keltirdi. U yerdagi to‘la vaqtli maxsus va’zgo‘ylar shaxsiy qiziqish ko‘rsatilgani va dalda berilganidan rosa minnatdor edi! Bu imondoshlarimiz unutilmaganini eshitganda suyunishardi. Ushbu xizmatimdan, odamlarga shaxsiy qiziqish ko‘rsatish ularning gullab-yashnashiga, kuch ato etishiga va Yahovaning tashkilotida birlik bo‘lishiga yordam berishning siri ekanini tushundim.
Fuqarolar urushi va kasalliklar dastidan yuz bergan muammolarni faqat Yahovaning ko‘magi bilan yenga oldik. Yahovaning qut-barakalari yaqqol ko‘rinib turardi. Oris shunday degan edi:
«Biz bir necha marotaba bezgak (malyariya) kasalligiga chalindik. Bir safar, Vud behush holatda Lagosdagi kasalxonaga tushib qoldi. U tirik qolmaydi deb o‘ylagandim, ammo Xudoga shukur, u omon qoldi! Vud o‘ziga kelganida, unga g‘amxo‘rlik qilgan tibbiy xodimga Xudoning Shohligi haqida gapira boshladi. Vaqt o‘tgach, Vud bilan men Nvambive ismli bu kishinikiga borib, Muqaddas Kitob borasida suhbatlar qura boshladik. U haqiqatni qabul qilib, keyinchalik Abada oqsoqol bo‘lib xizmat qildi. Ko‘pgina odamga ma’nan yordam berishga, hatto musulmon kishilar Yahovaga xizmat qila olishiga hissa qo‘shishga muyassar bo‘ldim. Eng quvonchlisi, Nigeriyadagi odamlar bilan tanishib, ularga, ularning madaniyati, urf-odatlari va tiliga bo‘lgan sevgimiz oshdi».
Biz yana bir saboq oldik: chet eldagi xizmatimizda gullab-yashnab, birodar-u opa-singillarimizning madaniyati biznikidan qanchalar farq qilishidan qat’i nazar, ularni yaxshi ko‘rishga o‘rgandik.
YANGI TOPSHIRIQLAR
Nigeriyadagi Baytilda xizmat qilganimizdan keyin, 1987-yili bizga yangi vazifa topshirildi, Karib dengizidagi ko‘rkam Sent-Lyusiya oroliga to‘la vaqtli maxsus va’zgo‘y etib tayinlandik. Bu ajoyib topshiriq edi, biroq o‘zgacha qiyinchiliklari ham bor edi. Masalan, Afrikada bitta erkak ko‘p xotin olishi mumkin edi, Sent-Lyusiyada esa juftlik qonuniy nikoh qurmay yashashi mumkin edi. Xudoning kuchiga ega bo‘lgan Kalom tufayli uni tadqiq qilgan anchagina kishilar kerakli o‘zgarishlar qila oldi.
Bizning yoshimiz o‘tganini inobatga olib, Yetakchi kengash sevgi ila bizni 2005-yili Bruklindagi (AQSH, Nyu-York) bosh idoraga ko‘chirdi. Har kuni hali ham Yahovaga Oris uchun minnatdorchilik bildiraman. 2015-yili dushmanimiz bo‘lmish o‘lim uni yengdi, bu judolik tuyg‘usini so‘z bilan ifodalash qiyin. Oris zo‘r hamkor edi. Rafiqam juda mehribon va latofatli ayol edi. Azizam bilan 68-yil birga umr kechirdik. Biz baxt sirini topdik: ham oilada, ham jamoatda boshchilikni hurmat qilish, chin ko‘ngildan kechirish, kamtarlikni rivojlantirish va muqaddas ruh samarasini namoyon etish kerak.
Ruhimiz tushgan paytlarda, ko‘rsatgan fidoyiligimiz besamar ketmasligi uchun Yahovadan yordam so‘rar edik. O‘zgarishlar qilishda davom etganimizda, hammasi yaxshi tomonga o‘zgarayotganini, eng yaxshisi esa hali oldinda ekanini ko‘rganmiz. (Ishayo 60:17; 2 Kor. 13:11)
Trinidad va Tobagoda Yahova ota-onam va boshqalar olib borgan faoliyatga baraka berdi, oxirgi hisobotga ko‘ra, u yerda 9 892 ta va’zgo‘y bor. Arubada tashkil etilgan ilk jamoat o‘sishi uchun ko‘plar mehnat qildi. Men ham o‘sha jamoatga borganman. O‘sha orolda hozirgi kunda 14 ta gullab-yashnayotgan jamoat bor. Nigeriyada esa va’zgo‘ylar soni buyuk olomonni tashkil etib, 381 398 tagacha yetdi. Sent-Lyusiya orolida 783 ta va’zgo‘y Yahovaning Shohligini qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.
Hozir yoshim 90 dan oshgan. Zabur 92:14 da Yahovaning uyida o‘tqazilganlar haqida shunday deyilgan: «Keksalikda ham ular gurkirab o‘saveradi, baquvvat va shirador bo‘lib turaveradi». Butun hayotimni Yahovaga xizmat qilishga bag‘ishlaganimdan juda minnatdorman. Ma’naviy merosim tufayli Yahovaga to‘la ravishda xizmat qila oldim. Yahova mehr-sadoqati ila meni Uning «hovlilarida gullab-yashnashga» muyassar qildi. (Zab. 92:13)
^ 5- x.b. Uilyam Braunning tarjimai holini 2014-yilgi «Yilnoma»ning (rus) 100–101-sahifalaridan topishingiz mumkin.
^ 18- x.b. «Uyg‘oning!» jurnalining 1972-yil, 8-mart sonidagi (ingl.) 24–26- sahifalariga qarang..