Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

HAYOT TARZIMIZ

Xizmatda mahorat oshirish. Qiziquvchini tayyorgarlik ko‘rishga o‘rgatish

Xizmatda mahorat oshirish. Qiziquvchini tayyorgarlik ko‘rishga o‘rgatish

BUNING MUHIMLIGI. Qiziquvchilar tayyorgarlik ko‘rishsa, biz o‘rgatadigan bilimlarni yanada tezroq tushunib, ularni yodda saqlay olishadi. Ular qancha ko‘proq tushunishsa va qancha ko‘proq yodida saqlashsa, shuncha tezroq ma’nan o‘sishadi. Hatto suvga cho‘mganidan keyin ham, «hushyor turish» uchun ular yig‘ilishlarga hamda va’zgo‘ylikka tayyorgarlik ko‘rishlari kerak bo‘ladi. (Mt 25:13) Shu sababli, qay yo‘sin tadqiq qilishni bilish va tadqiq qilishga odatlanish ularga hayoti davomida asqatadi. Qiziquvchiga tadqiqqa tayyorgarlik ko‘rish odatini rivojlantirishga boshidanoq ko‘maklashishimiz darkor.

AMALGA OSHIRISH YO‘LLARI.

  • Yaxshi o‘rnak bo‘ling. (Rm 2:21) Har bir tadqiqqa qiziquvchining ehtiyojlarini inobatga olgan holda tayyorgarlik ko‘ring. (km 11/15 4) O‘z adabiyotingizdan matnni belgilaganingizni ko‘rsating

  • Uni tayyorgarlik ko‘rishga undang. Tadqiq o‘tishni boshlaganingizda oldindan tayyorgarlik ko‘rish Muqaddas Kitob tadqiqining bir qismi ekanini va buning foydasini tushuntiring. Tayyorgarlik ko‘rish uchun u qanday qilib vaqt ajratishi mumkinligi borasida amaliy maslahatlar bering. Qiziquvchi tadqiq paytida foydalanib turishi uchun, ba’zi va’zgo‘ylar o‘zlari matn tagiga chizgan adabiyotni ularga berib turishadi va matnni belgilashning foydali tomonlarini ko‘rsatishadi. Qiziquvchi tayyorgarlik ko‘rsa, uni maqtang

  • Unga qanday tayyorgarlik ko‘rish kerakligini ko‘rsating. Ba’zi va’zgo‘ylar boshida butun tadqiq paytini qiziquvchilarga darsga qay yo‘sin tayyorlanish kerakligini ko‘rsatishga sarflashadi