HAYOT TARZIMIZ

Xizmatda mahorat oshirish. Savollardan mohirona foydalanish

Xizmatda mahorat oshirish. Savollardan mohirona foydalanish

BUNING MUHIMLIGI. «Inson qalbidagi o‘y-niyatlar chuqur suvday» bo‘lsa, savollar ularni tashqariga chiqaradigan chelakka o‘xshaydi. (Hk 20:5) Savollar tinglovchilarimizni qiziqtirishga ko‘maklashadi. Agar savollarimiz yaxshi tanlangan bo‘lsa, ularga berilgan javoblar ko‘pincha muhim ma’lumotni ochib beradi. Iso savollardan mohirona foydalangan. Bunda unga qanday taqlid qila olamiz?

Iso shogirdiga savol beryapti

AMALGA OSHIRISH YO‘LLARI.

  • Nuqtai nazarni bilishga ko‘maklashadigan savollar bering. Iso shogirdlarining nuqtai nazarini bilib olish uchun bir qator savollar bergan. (Mt 16:13–16; be 238- sah., 3–5- x.b.) Nuqtai nazarni bilishga ko‘maklashadigan qanday savollar berishingiz mumkin?

  • To‘g‘ri xulosaga kelishga ko‘maklashadigan savollar bering. Iso Butrusning fikrlash tarzini o‘zgartirish maqsadida unga savollar va taxminiy javoblar berib, to‘g‘ri xulosaga kelishiga yordamlashgan. (Mt 17:24–26) Insonga to‘g‘ri xulosaga kelishga ko‘maklashadigan qanday savollar berishingiz mumkin?

  • Tinglovchingizni maqtang. Ulamo «oqilona javob berganida», Iso uni maqtagan. (Mrk 12:34) Savolga javob bergan kishini qay yo‘sin maqtashingiz mumkin?

«ISO QILGAN ISHNI BAJARING — TA’LIM BERING» NOMLI VIDEONING BIRINCHI QISMINI TOMOSHA QILIB, QUYIDAGI SAVOLLARGA JAVOB BERING:

  • Garchi ma’lumot to‘g‘ri yetkazilgan bo‘lsa-da, nega bu ta’lim berishning yomon namunasi?

  • Nega ma’lumotni tushuntirishning o‘zi yetarli emas?

VIDEONING IKKINCHI QISMINI TOMOSHA QILIB, QUYIDAGI SAVOLLARGA JAVOB BERING:

  • Qay yo‘sin birodarimiz savollardan mohirona foydalandi?

  • Yana qaysi jihatdan uning ta’lim berish usuliga taqlid qila olamiz?

Noto‘g‘ri ta’lim berilganda kishining boshi qotib qoladi; yaxshi ta’lim berilganda kishi haqiqatni aniq tushunadi

Biz berayotgan ta’lim boshqalarga qanday ta’sir qiladi? (Lq 24:32)