102-QO‘SHIQ
«Muhtojlarga yordam bering»
-
1. Ko‘p bizda illat va gard,
Rab buni bilar.
Lek shunda ham U bizni
Jon-dildan sevar.
Mo‘ldir Uning mehri,
Yo‘qdir bunda tengi.
Biz ham U kabi bo‘lib,
Qattiq sevaylik.
-
2. Ma’nan sust bo‘lib qolar
Ba’zida inson.
Gar unga yordam bersak,
U topar darmon.
Kuch baxsh etar Tangri,
Hech qoldirmas uni.
Biz ham bu inson uchun
Yor-do‘st bo‘laylik.
-
3. Gar zaif va xor qalbga
Biz bersak dalda,
U qayta turmoq uchun
Kuch topgay shunda.
Gar jonkuyar bo‘lsak,
Har gal maqtab tursak,
Bunday qalb taskin olgay,
Dard-g‘ami ketgay.
(Shuningdek, Ishayo 35:3, 4; 2 Kor. 11:29; Galat. 6:2 ga qarang.)