Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

1-DARS

Xushxabar nima haqida?

Xushxabar nima haqida?

1. Xudodan qanday xabar kelgan?

Xudo insonlar yer yuzida hayotdan bahra olib yashashini xohlaydi. U odamlarni sevgani uchun, yerni va undagi hamma narsani yaratgan. Yaqinda Tangri barcha insonlarning hayotini yaxshi tomonga o‘zgartiradi. U odamlarni azob-uqubatlardan xalos etadi. Yeremiyo 29:11 ni o‘qing.

Hech bir hukumat zo‘ravonlik, kasallik va o‘limni bartaraf eta olmadi. Lekin bir xushxabar bor. Tez orada Alloh barcha insoniy hukumatlarning o‘rniga O‘z hukumatini o‘rnatadi. O‘shanda bu hukumatning fuqarolari tinch-osoyishta yashab, sog‘-salomat bo‘lishadi. Ishayo 25:8; 33:24; Doniyor 2:44 ni o‘qing.

2. Nega ushbu xushxabar bugun o‘ta muhim?

Tangri yovuz insonlarni yo‘q qilgandagina azob-uqubatlarga chek qo‘yiladi. (Zafaniyo 2:3) Bu qachon sodir bo‘ladi? Xudoning Kalomida hozir yuz berayotgan narsalar bashorat qilingan edi. Ushbu voqealar Alloh chora ko‘radigan vaqt yaqin qolganidan darak beryapti. 2 Timo‘tiyga 3:1–5 ni o‘qing.

3. Nima qilishimiz kerak?

Muqaddas Kitob — Xudoning Kalomi. Undan Xudo haqida bilib olishimiz darkor. Bu kitobni mehribon ota farzandlariga yuborgan maktub bilan solishtirsa bo‘ladi. Unda hozirning o‘zida hayotimizni qay yo‘sin yaxshilashimiz va kelajakda yer yuzidagi abadiy hayotga qanday erishishimiz mumkinligi haqida aytilgan. Ayrimlarga Muqaddas Kitobni o‘rganishni boshlaganingiz yoqmasligi mumkin. Ammo kelajakda yaxshi sharoitlarda abadiy yashash imkonini qo‘ldan boy bermang. Hikmatlar 29:25; Vahiy 14:6, 7 ni o‘qing.