Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

Tayyormanmi?

Tayyormanmi?

Jamoat bilan va’z qilishga tayyormanmi?

Quyidagilarga amal qilayotgan bo‘lsangiz, balki suvga cho‘mmagan va’zgo‘y bo‘lishga tayyordirsiz:

  • Muntazam ravishda Muqaddas Kitobni tadqiq qilyapsiz, ibodat qilyapsiz va yig‘ilishlarga boryapsiz.

  • Bilib olayotganlaringiz sizga yoqyapti va ularga ishonib, boshqalar bilan bo‘lishishni xohlayapsiz.

  • Yahovani yaxshi ko‘rasiz va Uni sevadiganlar bilan do‘stlashyapsiz.

  • Siyosat va soxta din bilan bog‘liq ishlarga aralashmayapsiz.

  • Yahovaning me’yorlari bo‘yicha yashayapsiz va Yahovaning Shohidi bo‘lmoqchisiz.

Agar jamoat bilan va’z qilishga tayyor ekaningizni his qilayotgan bo‘lsangiz, siz bilan tadqiq o‘tkazayotgan va’zgo‘y bunga mos kelish-kelmasligingizni muhokama qilish uchun sizni oqsoqollar bilan uchrashtirishni rejalashtirishi mumkin.

Suvga cho‘mishga tayyormanmi?

Quyidagilarga amal qilayotgan bo‘lsangiz, balki suvga cho‘mishga tayyordirsiz:

  • Suvga cho‘mmagan va’zgo‘ysiz.

  • Qo‘lingizdan kelgancha, muntazam ravishda va’zgo‘ylik ishida qatnashyapsiz.

  • «Ishonchli va aqlli xizmatkor»ning yo‘l-yo‘rig‘ini qo‘llab-quvvatlab, unga amal qilyapsiz. (Matto 24:45–47)

  • Ibodat qilib, o‘zingizni Yahovaga bag‘ishlaganingizni va Unga toabad xizmat qilmoqchi ekaningizni aytdingiz.

Agar suvga cho‘mishga tayyor ekaningizni his qilayotgan bo‘lsangiz, siz bilan tadqiq o‘tkazayotgan va’zgo‘y bunga mos kelish-kelmasligingizni muhokama qilish uchun sizni oqsoqollar bilan uchrashtirishni rejalashtirishi mumkin.